Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Janubi-G‘arbiy Tojikiston



Download 5,19 Mb.
bet39/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

Janubi-G‘arbiy Tojikiston. Tojikiston respublika xududining 37 foizini, aholisining esa 66 foizini tashkil etadi. Mintaqada aholi zichligi 1 km2 ga 40 kishi to‘g‘ri keladi. Hisor vodiysi respublikadagi qulay tabiiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarga egadir. Vodiyda respublikaning 1/3 qismdan ortiq sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlanadi.
Mintaqa tabiiy resurslarga ancha boy bo‘lib, qurilish xom ashyolari, volfram, ko‘mir, neft, gaz va boshqalar topilgan.
Asosiy transport turlari avtomobil va temir yo‘l transportlari hisoblanadi.
Sanoatida mashinasozlik va metallni qayta ishlash, rangli metallurgiya, ip gazlama, trikotaj tarmog‘i va boshqalar yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi paxta yetishtirish (respublikaning 50 foiz paxtasi) chorvachilik. bog‘dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan.
Rayonda respublikaning nisbatan yirik shaharlaridan Dushanbe, Tursunzoda, Norak va boshqalar joylashgan.
Respublikaning poytaxti Dushanbe yirik sanoat va madaniyat markazi hisoblanadi. Yirik korxonalardan "Tojiktekstilmash", "Tojikqishloq xo‘jalikmash", "Tojikgidroagregat" va boshqa ko‘plab og‘ir sanoat korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqarishda sement zavodi, uysozlik va yog‘ochni qayta ishlash kombinatlari, temir - beton konstruksiyalari zavodlari muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan.
Yirik sanoat markazlaridan biri Tursunzoda shahridir. Shahar alyuminiy zavodining qurilishi bilan yana ham rivojlandi. Shuningdek, shaharda farfor zavodi, paxta tozalash, efir moyi ishlab chiqaruvchi, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kabi korxonalar ishga tushirilgan.
Mintaqada Norak GES i qurilishi bilan Norak shahri ham bunyod etilgan. Hozirgi kunda Norak–yirik gidro energetika, oziq–ovqat va yengil sanoat markazi hisoblanadi.
Vaxsh vodiysi respublikaning eng issiq iqlimli hamda tekisliklardan iborat hududi hisoblanadi. Yanvar oyida ham o‘rtacha havo harorati 0°S dan yuqori bo‘ladi. Shu sababli, Vaxsh vodiysi respublikaning asosiy ingichka tolali paxta yetishtiradigan va subtropik ekinlar yetishtiruvchi markazi xamdir.
Vodiy gidro-energetika resurslariga boy. Bu yerda neft va gaz konlari topilgan. Shuningdek, kimyoviy xom ashyolardan osh tuzi (Tut buloq), dalomit (Yovon), qurilish materiallaridan gips, sement xom ashyosi, ohaktosh va boshqalar topilgan.
Vodiy qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ko‘ra Tojikistonda Hisor va Shimoliy mintaqalardan keyin turadi, bu yerda respublikaning 20 foizdan ortiq sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Yengil sanoat nisbatan yaxshi rivojlangan; bunda paxta tozalash sanoati asosiy o‘rinda turadi. Vodiyda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmida yengil sanoatning ulushi 70 foizga yaqin, oziq - ovqat sanoati 20 foizini, og‘ir sanoat esa 15 foizni tashkil etadi. Vodiy sanoatining ixtisoslashgan tarmoqlariga elektr energetika, kimyo, paxta tozalash, yog‘ moy tarmoqlari kiradi.
Vaxsh vodiysida qishloq xo‘jaligi yuqori drajada rivojlangan. Mamlakatda yetishtirilayotgan ingichka tolali paxtaning 1/3 qismi shu yerga to‘g‘ri keladi. Paxtachilik bilan birga bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va poliz ekinlari yetishtirish ham rivojlangan. Shuningdek, sitrus mevalari ham yetishtiriladi.
Vodiyda respublikaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri - Qo‘rg‘ontepa shahri joylashgan. Bu yerda elektrotexnika, yengil, oziq - ovqat sanoatlarining yirik korxonalari mavjud. Shaharda ingichka tolali paxtaning yangi navlarini yaratadigan seleksiya markazi bor. Shahar va vodiy iqti-sodiyotining rivojlanishiga Termiz - Qo‘rg‘ontepa - Yovon temir yo‘li katta ta’sir ko‘rsatadi. Mintaqadagi Vaxsh azot zavodi respublika qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi.
Vaxsh vodiysining yuqori qismida Ko‘lob zonasi joylashgan . Zona qulay tabiiy va iqlimiy sharoitga ega. Uning hududida respublikadagi yirik osh tuzi konlari (Xo‘ja Mo‘min, Xo‘ja Sartis) topilgan. Bu yerda qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Agroiqtisodiyotda paxtachilik va chorvachilik yetakchi o‘rinda turadi. Shuningdek, don yetishtirish, pillachilik ham yaxshi rivojlanmoqda.
Asosiy sanoat markazi Ko‘lob shahri. Shahar atrofida yirik qishloq xo‘jaligi rayonlari joylashganligi sababli, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Garm vodiysida baland tog‘liklar ko‘p. Uning xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinda turadi. Chorvachilik, bog‘dorchilik, kartoshka yetishtirish, tamakichilik kabi sohalar yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning asosiy qismi yaylovlar bilan qoplangan. Sug‘orib dexqonchilik qilish mavjud. Sanoati maxalliy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish