Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 5,19 Mb.
bet38/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

Dehqonchilik. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i dehqonchilikdir. Uning hissasiga 2/3 qismi qishloq xo‘jalik mahsuloti to‘g‘ri keladi.Dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i bo‘lib texnika ekinlari, xususan paxtachilik hisoblanadi. U jami ekin maydonlarining 34,6 % da ekilmoqda. Vaxsh, Hisor vodiylari va Shimoliy Tojikistonning tog‘ oldi tekislikda asosiy ekin maydonlarini egallaydi. Markaziy Osiyoda 50 % ingichka tolali paxtani Tojikiston yetkazib beradi.
Donli ekinlar ikkinchi tarmoq bo‘lib, jami ekin maydonlarining 33,2 % ni egallaydi, asosan tog‘ oldi va tog‘li xududlardagi bahorikor mintaqalar va qisman sug‘oriladigan maydonlarda joylashtiriladi. 3 % ga yaqin maydonlar sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari bilan band. Qolgan maydonlarda asosan yem-xashak ekinlari yetishtiriladi.
Chorvachilik. Chorvachilik–dehqonchilikdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Unda qishloq xo‘jalik mahsulotining 30 % tayorlanadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qoramolchilik va qo‘ychilikdir. Qoramolchilik sut–go‘sht ixtisosligiga ega.
Qo‘ychilik qoramolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qo‘ylar asosan respublikadagi tabiiy yaylovlarda boqiladi. Mamlakatda hisori zotdor qo‘ylari mavjud. Bu qo‘ylar yirikligi, tez semirishi bilan dunyoga mashhur, og‘irligi 120–130 kg dan ortadi. Respublikada qorako‘l qo‘ylarini boqish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Pomirda tog‘li xalqlarning asosiy chorvachiligi bo‘lgan qo‘toslar boqiladi. Bu hayvonlar sovuq iqlimga moslashgan bo‘lib, ulardan sut olish bilan birga yuk tashishda foydalaniladi.
Respublikaning barcha hududlarida (Tog‘li Badaxshondan tashqari) qadimgi qishloq xo‘jalik tarmog‘i-pillachilik rivojlangan. Pilla yetishtirish bo‘yicha Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida ikkinchi o‘rinda turadi.
Respublikada 2018 yilda 1,25 mln bosh qoramol, 2,9 mln bosh qo‘y va echkilar, 54,9 ming bosh yilqi, 40 ming bosh cho‘chqa, 3,0 mln bosh turli xildagi parrandalar hisobga olingan.
Tojikiston respublikasidagi tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar asosida o‘ziga xos transport tizimi shakllandi va rivojlanmoqda.
Barcha kontinental davlatlarda bo‘lgani kabi bu respublikada ham quruqlikda xarakat qiladigan transport tarmoqlari, ayniqsa avtomobil transportining ahamiyati benihoya katta.
Avtomobil transporti jami yuk tashish ko‘rsatkichiga ko‘ra eng ommaviy transport tarmog‘idir. Uning hissasiga yil davomida tashiladigan yuklarning 90 % to‘g‘ri keladi. Jami yuk aylanmasining esa uning hissasiga 48,6 % to‘g‘ri keladi. Respublika hududi tog‘lardan iborat bo‘lganligi uchun avtomobil transportining ahamiyati ichki, rayonlararo yuklarni tashishda ayniqsa katta. Hozirgi vaqtda jami avtomobil yo‘llarining uzunligi 28 ming km ni (shundan 13 ming km asfaltlangan) tashkil etadi. Asosiy magistral avtomobil yo‘llari: Dushanbe -Xo‘jand, Dushanbe - Xorog, O‘sh-Xorog, Dushanbe - Termiz, Dushanbe - Qo‘rg‘ontepa va boshqalar. Baland tog‘ yo‘llarida avtomobillar qatnovi faqat mavsumiy hususiyatga ega. Temir yo‘l transportining ahamiyati asosan tashqi va qisman ichki (Shimoliy va Janubiy Tojikiston o‘rtasida) iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhimdir. Temir yo‘llarining umumiy uzunligi 0,5 ming km dir. Shuning 1/3 qismiga yaqini Shimoliy va qolgan qismi Janubiy Tojikiston hududlariga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘llar: Xovos-Qo‘qon oralig‘ida 1896 yilda, Termiz - Dushanbe oralig‘ida 1926 - 1929 yillarda, Termiz - Qo‘rg‘ontepa oralig‘ida 1970 yillar boshlarida qurildi. Kelgusida Dushanbe-Fayzobod, Samarqand-Panjikent, Qo‘rg‘ontepa - Ko‘lob temir yo‘llari qurilishi ham ko‘zda tutiladi.
Havo transporti respublikaning tog‘li sharoitida alohida ahamiyatga ega. Chekka tog‘li rayonlarni markaziy rayonlar bilan bog‘lashda va tashqi aloqalarni tez va samarali tashkil qilishda bu transport tarmog‘i katta o‘rin tutadi. Boshqa transport tarmoqlari (daryo, quvur, elektron) ning roli yuk tashish va iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda ancha cheklangan.
MDH davlatlari orasida bu yunalish ko‘rsatkichlari Tojikistonda o‘ziga xosdir. Ittifoq davrida respublika jahonning 50 davlati bilan eksport - import aloqalariga ega edi. Asosan rangdor metal konsentratlari, alyuminiy, paxta tolasi, ayrim xildagi gazlamalar, meva va sabzavot konservalari va boshqalar tashqi bozorga chiqarib kelingan. Mustaqillik yillarida eksport mahsulotlari assortimenti u qadar o‘zgarmagan bo‘lsada, Tojikistondagi murakkab siyosiy - ijtimoiy vaziyat tufayli, tashqi iqtisodiy aloqalarda u qadar ijobiy o‘zgarishlarga erishilmadi. Hozirgi vaqtda respublika tashqi aloqalarining mutloq katta qismi Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda. Temir yoʻl uzunligi 490 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 13 ming km. 1991-yilda tashkil etilgan "Tajikistan Airlines" va "Somon Air" aviatsiya kompaniyalari samolyotlari muntazam ravishda MDH mamlakatlarining MoskvaSamaraNovosibirskOlmaotaBishkekAshxobod va boshqa shaharlarga hamda BAA Sharja), Pokiston (Karochi), Afgʻoniston (Qobul), Eron (Mashhad), shuningdek, Xoʻjand va Xorugʻga uchadi. Dushanbe va Xoʻjand shaharlarida xalqaro aeroport bor.
Eksport — 1,6 mlrd doll. (2008-yil). Tojikiston chetga alyuminiypaxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, hoʻl meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Asosiy eksport qiluvchi davlatlari — Niderlandlar 36,7 %, Turkiya 26,5 %, Rossiya 8,6 %, Eron 6,6 %, Xitoy 5,7 %.
Import — 3,7 mlrd doll. (2008-yil). Chetdan isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Import qiluvchi asosiy davlatlari — Rossiya 32,3 %, Xitoy 11,9 %, Qozogʻiston 8,8 %, Oʻzbekiston 4,7 %. Pul birligi — somoniy.
4. Tojikiston respublikasida tabiiy sharoitiga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga va ixtisoslashuviga ko‘ra Janubi–g‘arbiy, Shimoliy, Janubi–sharqiy iqtisodiy rayonlar ajralib turadi.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish