Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-mavzu. Markaziy Osiyo sanoati



Download 5,19 Mb.
bet5/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

2-mavzu. Markaziy Osiyo sanoati
Reja:
1. Markaziy Osiyo davlatlarida sanoat tarmoqlarining shakllanishi
2. Markaziy Osiyo sanoatining xududiy va tarkibiy tuzilishi.
3. Yoqilg‘i-enegetika va metallurgiya sanoati
4. Markaziy Osiyo davlatlarida mashinasozlik, kimyo va yengil sanoat rivojlanishi
Tayanch so‘z va iboralar: sanoat markazlari, sanoat punkti, og‘ir sanoat, yengil sanoat, sanoat tuguni, kooperatsiya, kombinat, energiya tizimi, sanoat korxonalrini joylashtirish omili.


1. Markaziy Osiyo MDH davlatlari asosan xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlari, qisman sanoat mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-ganligi bilan ajralib turadi. Markaziy osiyo davlatlarisanoatida undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bularga yoqilg‘a-energetika, metallurgiya, kimyo sanoatlari kiradi. Qurilish, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlanib kelmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Milliy daromad aholi jon boshiga hisoblaganda boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori 1999 yilda Qozog‘istonda 4790$, (O‘zbekistonda 2230$, .Tojikistonda 350$). Markaziy Osiyoda eng urbanizatsiya darajasi yuqori davlat ham Qozog‘iston bo‘lib, aholisining 56 %ni shaharlarda istiqomat qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston Respub-likasi xo‘jaligining kam rivojlanganligi bilan ajralib tugradi. Respublika hududining katta qismi tog‘lardan iborat bo‘lganligi sababli, hamda mamlakatdagi nosog‘lom vaziyatlar hozirgi kunda iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda. Umuman olganda bu ko‘rsatkichlar Tojikiston Respub-likasida nisbatan past.
Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgandan so‘ng xo‘jalik tizimida qator o‘zgarishlar yuz berdi. Markaziy Osiyo respublikalari murakkab rivojlanish jarayonini bosib o‘tdi. Ular ilk rivojlanish davrlari hisoblanadigan Buyuk Ipak yo‘li faoliyat ko‘rsatib kelgan eradan oldingi 2-asrlardan boshlab to XVI asr o‘rtalarigacha jahon sivilizatsiyasida yetuk darajada rivojlanishga erishdilar. Bu davrlarda Markaziy Osiyo mintaqasining G‘arb va Sharq, issiq janub va sovuq shimol mamlakatlari o‘rtasida o‘tadigan serqatnov karvon yo‘llari chorrahasida joylashganligi unda hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, shahar hayoti va ilm-fanning o‘z davrida yuksak rivojlanishiga olib kelgan edi. Bunda mintaqaning ancha qulay iqtisodiy–geografik o‘rni, agroiqlim va boshqa iqtisodiy geografik omillar ham katta ijobiy rol o‘ynagan.
Bu davrlarda Markaziy Osiyo hududi jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biriga aylandi va jamiyat taraqqiyotiga ana shu davrlarda o‘z hissasini qo‘shdi.Ijtimoiy-iqtisodiy hayot haqiqatdan ham yuksak rivojlanish darajasiga erishgan edi. Darhaqiqat, hozirgacha ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishda qoldirgan boy ilmiy meroslari va aql-zakovatlari bilan dunyoni lol qoldirib kelayotgan M..Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Imom al-Buhoriy, Imom at-Termiziy, Ulug‘bek kabi o‘nlab buyuk allomalar aynan ana o‘sha buyuk Sharq Rennesansi deb nom olgan davrlarda yashab ijod etgan edilar. Aslida, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot taraqqiyot darajasi bu davrlarda qanday bo‘lganligini yuqorida nomlari zikr qilingan buyuk zotlar ham isbotlaydi. Zero, ilmu-fan, ma’rifat, madaniyat iqtisodiy-ijtimoy taraqqiyot hosilasi hisoblanadi.
Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi bilan Buyuk Ipak yo‘li faoliyati inqirozga yuz tuta boshladi. Iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotda katta salbiy oqibatlarga olib keladigan bu jarayon tufayli moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanishi susaydi, ularning hududiy joylanishi va tarkibidagi chuqur turg‘unlik davri boshlandi. Oqibatda mintaqa qisqa vaqt ichida u Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Markaziy Osiyo mamlakatlari xalq xo‘jaligida Chor Rossiyasi davrida chuqur hududiy va tarkibiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Ilgarilari asosan natural xo‘jalik shaklidagi mintaqa iqtisodiyoti asta-sekin kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ta’siri ostiga o‘ta boshladi. Birinchi navbatda Chor Rossiyasi uchun nihoyatda zarur qimmatli tovar mahsulot bo‘lib hisoblanadigan paxta yetishtirish imkoniyati katta bo‘lgan o‘lkalarga temir yo‘llar keltirishga kirishildi. Xali Sibir rayonlariga nisbatan ham ancha oldinroq XIX asr 80-yilllari davomida Kaspiy bo‘ylaridan (Krasnovodsk, hozirgi Turkmanboshi) Samarqandga, so‘ngra Farg‘ona vodiysi va Toshkentga olib kelingan temir yo‘llarni faqat paxta tufayligina deb tushunish lozim.
Paxta yetishtirish va uni dastlabki qayta ishlash bilan bog‘liq barcha ishlab chiqarish sohalarining rag‘batlantirilishi natijasida Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida Toshkent vohasida dastlabki sanoat korxonalari yuzaga kela boshlagan edi. Shu bilan birga tog‘-kon sanoati. Transportga xizmat qilish sohasi, qurilish materiallari sanoati kabi tarmoqlar ham o‘zining dastlabki odimlarini tashlagan edi. Shunday qilib, mintaqa xalq xo‘jaligining asosan tovar xom-ashyo mahsulotlarini bilan ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga asos solingan edi.
Ittifoq davrida bu jarayon yana chuqurlashdi va oxiriga yetqazildi. Dastavval mintaqada totalitar Qizil imperiya–Sovet davlatining asl manfaatlariga xizmat qiladigan strategik mahsulotlar-paxta, pilla, sabzavot, meva, tog‘-kon mahsulotlari, yoqilg‘i, rangli, qimmatbaho va nodir metallarni yetishtiruvchi tarmoqlarni rivojlantirishga zo‘r berildi. Xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga (mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, elektroenergetika, yengil, oziq-ovqat sanoatlari) esa yuqorida qayd qilingan strategik ahamiyatli mahsulotlarni yanada ko‘proq va arzonroq ishlab chiqarishga yordam beruvchi yo‘nalishlar sifatida qaraldi.
Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarida mashinasozlik sanoati asosan mahalliy qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchungina zaruriy mashina va uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, kimyo sanoatining esa asosiy vazifasi deb qishloq xo‘jaligi uchun zaruriy mineral o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy ishlab chiqarish vositalarni belgilangan edi. Xatto mintaqada rivojlanish imkoniyatlari o‘ta yuqori hisoblanadigan turli yengil va oziq ovqat sanoati tarmoqlari ham ancha sust rivojlanishga erishgan edi. Yillar davomida hududdagi respublikalar ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha sobiq ittifoqning paxta, pilla, qora ko‘l terilari, quritilgan va xo‘l mevalar, poliz ekinlari hamda rangli, nodir va qimmatbaho metallar (mis, qo‘rg‘oshin, volfram, uran, simob, surma, oltin va x.k) kabi qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi rayon bo‘lib keldi. Shuningdek neft, gaz, elektr energiyasi, paxtachilik ishlab chiqarish majmuasida xizmat qiladigan mashina va asboblar yetkazib berishda ham Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi katta bo‘ldi.
Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududidagi xo‘jalik tarmoqlarining ishlab chiqarishda qatnashuvchi va uning boshqa hududlardagi tarmoqlari bilan bog‘langan xolda olib borilganligi sababli, respublikalarda tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirishda ularga tobe’lik sezilar edi. Birgina misol, O‘zbekiston samolyot yaratish uchun 1500 dan ortiq kerakli uskunalarni, paxta terish mashinasini barpo etish uchun 100 dan ortiq kerakli qismlarni Sobiq Ittifoqning turli hududlaridagi korxonalaridan olib kelishga majbur bo‘lar edi. Bu holatlar Markaziy Osiyo respublikalarida xo‘jalik tarmoqlarini sharoit va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda barpo etishga to‘sqinlik qilib keldi. Bularning barchasi sobiq markazning ko‘p yillar davomida olib borgan siyosati oqibati edi. Ushbu xolat istiqlol tufayli mustaqillikka erishgan respublikalar iqtisodiyotining qayta tiklash va rivojlantirishning dastlabki o‘tish davrida o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarigacha xududdagi davlatlar sobiq ittifoqning 5% sanoat va 16% qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib bergan. Markaziy Osiyo mustaqil davlatlar hamkorligidagi davlatlar orasida ko‘proq xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi bilan farqlanib turadi. Uzoq yillar davomida mintaqadagi xo‘jalik tarmoqlarining sobiq ittifoqdagi ishlab chiqarish tarmoqlari bilan bog‘langanligi hozirgi kunda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun MDHdagi davlatlar bilan shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish kerak. Bular tezkorlik bilan hal bo‘ladigan vazifalar emasligini davr ko‘rsatmoqda.
2. Mustaqil davlatlar hozirgi kunga kelib siyosati, iqtisodiyoti va davlat qurilishini tuzishda o‘ziga xos yo‘nalish va tamoyillarini belgilab olishgan. Jumladan, O‘zbekiston respublikasi 5 ta tamoyil va o‘ziga mos yo‘nalishlarga asoslanib iqtisodiyotni shakllantirish, rivojlantirish hamda joylashtirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirayotir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishga, xo‘jalik yuritishda davlat nazoratining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga, qo‘shni va xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning tenglik asosida yaxshilashga e’tibor qaratilmoqda. Hududdagi barcha davlatlarda mulkni xususiylashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xo‘jalikni o‘z maqsadida vazifasidan kelib chiqqan holda shakllantirish, takomillashtirish hamda ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish va rivojlantirish uchun mintaqadagi davlatlar MDH va xorijdagi mamlakatlar bilan hamkorlik qilishga kirishdilar, nufuzli xalqaro tashkilotlarga, aksionerlik uyushmalarga a’zo bo‘ldilar. Kredit, investitsiya olmoqdalar, chet el investorlarini jalb qilishayotirlar. Yangi texnika va texnologiyani xo‘jalik tarmoqlariga olib kirishmoqda. Xo‘jalik yuritishda fan va texnika yutuqlariga, kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirishmoqda.
Markaziy Osiyo xududida xo‘jalik tarmoqlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun turli iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar mavjud. Regionda ayniqsa mehnat resurslari zahirasi yetarli. Gidroenergetik, yer, mineral va boshqa resurslar ham mavjud. Hozirda davlatlar iqtisodiyoti xom ashyo va ayrim xom ashyo mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslanishning o‘rniga mahsulotlarni qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashmoqda.
Markaziy Osiyo xo‘jaligining asosiy tarkibi sanoat va qishloq xo‘jalik hamda ularning tarmoqlaridan iboratdir. Bu xo‘jalik tarkiblari va ularning respublikalar iqtisodiyotidagi xissasi turli-tuman. Ularning shakllanishi, rivojlanishi va joylanishi respublikalarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy geografik sharoitlari bilan bog‘liq. Shuning uchun ham mamlakatlar iqtisodiyotida xo‘jalik tarmoqlarining o‘rni, ishlab chiqarishdagi salmog‘i turlichadir.
Mintaqadagi davlatlarning geografik o‘rni, tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, geodemografik vaziyati ularning iqtisodiyotini, xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishini, ishlab chiqarishni xududiy joylashuvini, shuningdek iqtisodiyotini, uning o‘rnini belgilaydi. Jumladan, hozirgi kunda ham MDH davlatlarida yetishtiriladigan paxtaning 95%i, sholi, meva, sabzavot, pilla, qorako‘l terining 45 % i Markaziy Osiyo davlatlariga to‘g‘ri keladi. Bulardan tashqari ko‘plab rangli metallar, surma, mis, katta miqdorda neft, gaz qazib chiqariladi. Qozog‘istonda 2005 yilda qariyb 60 mln. t. neft (Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda MDH davlatlari orasida), O‘zbekiston va Turkmanistonda 60 va 85 mlrd. m3 gaz qazib chiqarilgan. (MDHda Rossiyadan keyin 3 va 2-o‘rinda). Shuningdek, ko‘mir qazib chiqarishda Qozog‘iston respublikasi MDHda 3-o‘rinda (90 mln.t.), oltin qazib chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida 2, dunyoda 10-o‘rinda turadi.
Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda ham MDH va xorijiy davlatlar orasida o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega. Bu borada Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlarining xissalari salmoqlidir.
Mintaqadagi davlatlar orasida Qozog‘iston iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Milliy daromadi aholi jon boshiga hisoblanganda ancha yuqori. Mintaqada xo‘jalik rivojlanish hususiyatlari respublikalar tanlab olgan tamoyil va yo‘nalishlarga bog‘liq. Ishlab chiqarishning ko‘rsatkichlariga tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va geodemografik vaziyatlar bilan bir qatorda davlatning tanlangan tadbir-choralari ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. 1991-1995 yillar oralig‘ida neft, gaz qazib chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish ko‘rsatkichlari shuni ko‘rsatadiki, Qozog‘istonda neft, gaz qazib chiqarish, don, kartoshka, go‘sht va sut yetishtirish miqdorlari kamayib borgan. O‘zbekistonda esa aksincha. Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikistonda ham ko‘rsatkichlar ko‘lami kamaygan. Sut yetishtirish Turkmanistonda biroz ortgan xolos.
Markaziy Osiyo respublikalarida xo‘jalikni rivojlantirida ularning tabiiy geografik sharoitidan tashqari iqtisodiy geografik o‘rni muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Qozog‘iston respublikasining Rossiya Federatsiyasining rivojlangan Volga bo‘yi, Ural, G‘arbiy Sibir, iqtisodiy rayonlariga qo‘shniligi va yaqinligi, dengiz bilan tutashligi, tranzit temir, avtomobil, havo yo‘llarining bo‘lishligi, yer va mineral resurslarga boyligi tinch va rivojlangan mamlakatlarga chegaradoshligi va boshqalar uning iqtisodiy jihatdan rivojlanganligini belgilaydi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi davlatlar Yevropa, Fors qo‘ltig‘i atrofidagi davlatlarga Hind va Tinch okeani qirg‘oq bo‘ylariga chiqishga katta e’tibor berishmoqda. Bularning hammasi Markaziy Osiyodagi davlatlarda xo‘jalikni rivojlantirishga imkon yaratadi.
3. Markaziy Osiyo respublikalari orasida Qozog‘iston davlati sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha ajralib turadi. Buning uchun yetarli miqdorda tarmoqlar mavjud. Xududda yoqilg‘i sanoati uchun ko‘mir, neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud.
Markaziy Osiyo hududida sanoat tarmoqlarini shuningdek qishloq xo‘jaligini shakllantirish va rivojlantirishda yoqilg‘i-energetika sanoatining ahamiyati beqiyosdir. Har bir respublika shu sanoat tarmoqlarini shakllantirish, hududlar bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirishga harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlarida yiliga 200 mlrd. kVt. soatga yaqin elektr-energiyasi ishlab chiqariladi. Ba’zi bir respublikalarda elektroenergiyaning asosiy qismi issiqlik, bazi-birlarida gidroelektrostansiyalarda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, Qozog‘iston elektroenergiyasining asosiy qismi issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bu xol O‘zbekistonga ham tegishlidir. Issiqlik elektrostansiyalarining ichida eng yirigi Aqsu GRESi bo‘lib, uning quvvati 2,4 mln kVt.dir. Yirik elektrostansiyalar Almati, Qarag‘anda, Petropavlovsk, Taraz, Shimkent, Pavlodar shaharlarida qurilgan, gidroelektrostansiyalar: Uskemen va Buxtarma GESlaridan iborat.
Turkmaniston respublikasida ham neft va gaz zahiralari yetarli . Gaz zahiralari hajmiga ko‘ra Turkmaniston MDHda Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham mamlakatning asosiy sanoat tarmog‘i tabiiy gaz va neftni qazib olish va qayta ishlash bilan bog‘liq. Bu davlatda ham asosan issiqlik elektrostansiyalari energiya ishlab chiqaradi. Turkmaniston Rossiya, Ukraina, Eron va Turkiyaga gaz va neft eksport qiladi. Yaponiyaga gaz sotishni rejalashtirgan.
Tojikiston Respublikasida mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir, neft va gaz konlari mavjud. Ammo gidroenergetik potensiali yuqori. MDH davlatlari orasida gidroenergiya quvvati bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidan so‘ng 2-o‘rinda to‘radi. Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GES-i asosiy energiya manbai hisoblanadi. Rogun, Pomir GES-lari qurish mo‘ljallangan. Farg‘ona vodiysidagi hududlari asosan O‘zbekistondagi GES va GRESlar energiyasidan bahramand bo‘lishadi.
Qirg‘izistonda ham qo‘ng‘ir va toshko‘mir konlari mavjud. Neft va gaz zahirasi mahalliy ahamiyatga ega. Lekin gidroenergetik resursga boy. Gidroenergiya potensiali bo‘yicha Markaziy Osiyoda Tojikiston Rsspublikasidan so‘ng 2-o‘rinda to‘radi. Norin daryosida To‘xtag‘ul GESi ishga tushirilgan. Yoqilg‘i va energiyaning malum qismini O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalaridan oladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida gaz zahiralari, neft va qo‘ng‘ir ko‘mir hamda mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan toshko‘mir konlari mavjud. O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida neft va gaz, Ohangaron vodiysida qo‘ng‘ir ko‘mir, Buhoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qo‘yi Amudaryo iqtisodiy rayonida gaz va neft zahiralarining yirik konlari mavjud. Asosiy elektroenergiya manbai issiqlik elektrostansiyalaridir. Bular: Toshkent, Yangi Angren, Angren, Shirin, Navoiy, Taxiatosh GRESlari. Yiliga 49,7 mlrd. kVt. soatdan ko‘proq energiya ishlab chiqariladi. Respublika tabiiy gaz va elektrenergiyani eksport qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlarida yoqilg‘i-energetika sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Shulardan biri Markaziy Osiyoda yagona energetika sistemasini vujudga keltirish, neft va gaz boyliklarini o‘zlashtirish va ularni jahon bozoriga olib kirishdir.
Metallurgiya sanoati og‘ir sanoat tarmoqlari ichida yetakchi xisoblanadi.Ushbu tarmoqda ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar boshqa tarmoqlarni rivojlantirishda hamda iqtisodi-yotni yuksaltirishda muhim ahamiyatga egadir.
Markaziy Osiyoda metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar ya’ni mineral va mehnat resurslari, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar yetarli darajada mavjud.
Metallurgiya sanoati asosan xom ashyo qazib olish, keraksiz metallarni to‘plash, ularni ajratib olish va boyitish, eritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Bu sanoat tarmog‘i qora va rangdor metallurgiya tarmoqlaridan iboratdir.
Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazlari Qozog‘iston va O‘zbekistonda mavjud. Bekobod shahrida respublikamizda yagona qora metallurgiya korxonasi ishlaydi.
Qozog‘istonning markazi va Qustanay oblastida temir rudasi, qora metallurgiya uchun kerakli marganets, xrom va boshqa rudalar Uskemen, Pavlodar, Temirtauda mavjud bo‘lib, arzon qung‘ir ko‘mir Ekibastuzda, toshko‘mir va kokslanuvchi ko‘mir Qarag‘andada qazib olinadi. Shular asosida urush yilarida Markaziy Osiyo hududida dastlabki qora metallurgiya markazi Temirtau shahrida Qarag‘anda metallurgiya kombinati tashkil topdi. Qozoq «magnitkasi» nomini olgan to‘liq sikldagi zavodda cho‘yan, po‘lat va prokat ishlab chiqariladi. Qustanayda Markaziy Osiyodagina emas, balki MDHda ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha yirik hisoblangan respublika metallurgiya bazasi tashkil etilgan. Sokolov-Sarbayda tog‘-kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibdi. Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondirish uchun qora metallarga ishlov beradigan kichik korxonalar ham tashkil etilgan. Bunday korxonalar Toshkent, Andijon, Shimkent, O‘sh, Turkmanobod va boshqa shaharlarda ishlab turibdi.
Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati tarmog‘ida rangdor metallurgiya sanoatining salmog‘i katta. Rangdor metallurgiyaning xom ashyolari Turkmaniston davlatidan tashqari boshqa barcha respublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleyev davriy sistemasining barcha elementlari mavjud bo‘lib, rangdor metallurgiya xom ashyosining ba’zi bir turlari va ularning zahiralari bo‘yicha MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinlarni egallaydi Bularga oltin, mis, kumush, volfram, simob, surma va boshqalar misol bo‘ladi. Markaziy osiyo davlatlarirangli va nodir metallar olishning fizik-kimyoviy usullari, ularga ishlov berish va ishlab chiqarish texnologiyasi, kompleks qayta ishlash va boyitish sohasida juda boy tajribaga ega bo‘lib, ularning bu boradagi ish tajriblaridan MDH va boshqa xorijiy davlatlar foydalanishmoqda. Markaziy Osiyoda rangdor metallurgiyaning asosiy korxonalari Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalaridadir. Surma va simob, volfram, poli-metal rudalari qazib olish, alyuminiyning turli shakl va o‘lchamdagi quymalarini ishlab chiqarishda Kirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari ajralib turadi. Tojikistondagi rangdor metallurgiya korxonasi ya’ni alyuminiy zavodi Tursunzoda shahrida 1971 yidda ishga tushirilgan.
Qozog‘iston Respublikasi mis, qo‘rg‘oshin, ruh, alyuminiy, titan, magniy, shuningdek kamyob va nodir metallar ishlab chiqarishda ixtisoslashgan bo‘lib, xalqaro mehnat taqismotida MDH davlatlari orasida yaqqol ajralib to‘radi. Respublika mis zahiralari bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinda turadi Asosiy konlari Jezqazg‘an, Balxash. Markaziy va Shimoliy Qozog‘istonda joylashgan mis sanoati asosan Jezqazg‘an oblastida bo‘lib, bularga asosan Balxash va Qarsaqpay mis eritadigan zavodlari, Jezqazg‘an, Sayak rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog‘istonning‘ sharqiy qismida Glubokoye shahrida mis zavodi bor. Respublikada qo‘rg‘oshin-ruh kombinati Uskemen shahrida bo‘lib, uning xom ashyosi rudali Oltoydadir. Qoratau va Jung‘oriya Alataudan qazib olinadigan ruh xom ashyosi asosida Shimkent shahrida qurg‘oshin zavodi ishlab turibdi.
Xalqaro mehnat taqsimotida O‘zbekiston rangdor metallurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanoat uchun kerak bo‘lgan va yetarli miqdorda xom ashyo, chunonchi polimetal rudalari, mis, oltin, volfram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan, oltin zahiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda. Uni qazib olish bo‘yicha 10-o‘rinda, mis zahiralari bo‘yicha 10-11-o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 10-urinda turadi. O‘zbekistonda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir. Respublikada kumush Visokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonavtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridan olindi. O‘zbekistonda rangli metallar mis: qurg‘oshin, rux, volframlarning zahiralari ko‘p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqqir konidan mis-molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalneye konidan olinadi. Bu kon zahirasi, qazib olishning tannarhi, undan boshqa foydali qazilmalarni (kumush. oltin, molibden va b.) ajratib olinishi jihatidan MDH mamlakatdari orasida tengi yo‘q.
Respublikada qo‘rg‘oshin-rux Uchquloch (Jizzax viloyati) va Xondiza konlarida jamlangan. O‘zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta e’tibor berilgan. U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi.
4. Mashinasozlik va metallni qayta ishlovchi sanoat Markaziy osiyo davlatlariiqtisodiyotining asosiy tayanch tarmog‘i hisoblanadi. Uning ahamiyati ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qurollantirish va avtomatlashtirish, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ho‘jalikning barcha tarmoqlarida joriy qilish, mahsulot sifatini yahshilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarishdadir. Mintaqadagi davlatlarning taraqqiyoti mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Mintaqada mashinasozlik geografiyasi shu hududdagi geografik shart-sharoit, ehtiyoj hamda ishlab chiqarishda ixtisoslashuv bilan bog‘liq. Markaziy osiyo davlatlariiqtisodiyotining ehtiyojidan kelib chiqqan xolda, mintaqada mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Bular: traktorsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, paxta tozalash va to‘qimachilik mashinasozligi, qurilish va yo‘l, tog‘kon sanoati, kimyo va neft qazib olish sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, radioeletronika, elektrotexnika, kommunal xo‘jaligi, madaniy-maishiy-ruzg‘or texnikasi mashinasozligi va boshqalar.
Mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati korxonalari Qozog‘istonda Qustanay, Petropavlovsk, Ko‘kchatau, Uskemen, Lisakovsk, Qarag‘anda, Taldiqurg‘on, Almati, Kentau, Jusali, Aqto‘be, Ural shaharlarida. O‘zbekistonda–Toshkent, Chirchiq, Andijon, Samarqand, Buxoro, Nukusda, Qirg‘izistonda–Bishkek, To‘qmoq, O‘shda, Tojikistonda–Dushanbe, Qo‘rg‘ontepada, Turkmanistonda–Turkmanboshi, Qizil–Arvat, Ashgabat, Turkmanobod va Dashhovuz shaharlarida ishga tushirilgan. Markaziy Osiyoda traktorsozlik va qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarishning yirik markazlari Astana Semey, Uskemen, Pavlodar, Toshkentda mavjud. Mashinasozlik sanoat korxonalari tabiiy resurs omiliga bevosita bog‘lanmaganligi uchun ko‘proq xom ashyo rayonida emas, balki iste’molchi hududlarda yahshi rivojlantirildi.
Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo respublikalarida mashinasozlik korxonalarining deyarli hammasida qaytadan ta’mirlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash ishlari boshlab yuborildi. Natijada mashinasozlikda sifat o‘zgarishlari yuz bermoqda, unumdorlik ortmoqda, yangi mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonda respublika iqtisodiyoti uchun zurur bo‘lgan avtomobilsozlik, radioelektronika, samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari rivojlantirmoqda, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, traktorsozlik, to‘qimachilik mashinasozligi va boshqa mashinasozlik tarmoqlariniig ishlab chiqarish quvvati oshirilmoqda.
Markaziy Osiyo hududida mashinasozlik korxonalarining taraqqiyoti bugungi kunda va istiqbolda asosiy xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq. Mintaqadagi barcha respublikalarda bugungi kunga kelib xalqaro hamkorlik asosida ish olib borayotgan mashinasozlik korxonalari yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishmoqdalar. Buni O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Chunonchi 1992 yilda Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O‘zDEUAvto» qo‘shma korxonasi, Rossiya bilam hamkorlikda «LIAZ» ishlab chiqarish birlashmasi (Samarqandda), O‘zbekiston-Italiya qushma korxonasi «O‘zitalmotor» shular jumlasidandir. Shuningdek, AQSH «Keys» firmasi bilan hamkorlikda yangi traktorlar va kombaynlar yig‘ish yo‘lga qo‘yildi, 7ta ko‘shma korxonalar barpo etildi («Keys korporeyshin» kompaniyasi bilan hamkorlikda). Radioelektronika, elektrotexnika sanoatini birlashtirib turuvchi «O‘zeltexsanoat» uyushmasidagi korxonalar Rossiya, AQSH, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. Markaziy Osiyo davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan olib borayotgan hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda, hamda bu hududda mashinasozlik sanoati tarmoqlarining rivojlanishini belgilamoqda.
Kimyo sanoati og‘ir sanoatning muhim tarkibiy qismidan biridir. Chunki hozirgi davrdagi ishlab chiqarishni plastik massalar, sun’iy tola, sintetik kauchuk, lak-buyoq, ishqorlar va kislota, qishloq xo‘jaligini esa mineral o‘g‘it, gerbitsid va pestitsidlarsiz hamda ko‘plab boshqa kimyoviy mahsulotlarsiz tashkil qilish va rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun sobiq Ittifoq davrida va hozirgi mustaqillik yillarida ham kimyo sanoati mahsulotlarini res-publikalar extiyojini hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilish-ni hisobga olgan holda, uni barpo etishga va rivojlantirishga katta e’tibor berildi va berilmoqda.
Mintaqada kimyo sanoati Markaziy Osiyo hududidagi neft, tabiiy gaz, turli xildagi tuzlar, fosforit va boshqa kimyoviy xom ashyolar negizida barpo etilgan va rivojlantirilmoqda. Bu sanoatni shuningdek, neft bilan uchraydigan gaz, gaz kondensatlari, elektr energiyasi ko‘p hamda mehnat resurslariga boy rayonlarda tashkil qilish va taraqqiy ettirishga ko‘proq e’tibor berilgan. Markaziy Osiyoda kimyoviy xom ashyo, mehnat resurslari va elektr quvvatiga Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmanistonda hamda Tojikistonda yetarli. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonda tabiiy gaz, neftdan boshqa osh va kaliy tuzlari, glauber (mirabilit) tuzi, fosforit, oltingugurt konlari va boshqalar topilgan. Shuningdek, rangli metallurgiya, paxta tozalash sanoati chiqindilari, sulfat kislota xom ashyosi, qishloq xo‘jalik tarmoqlarining ba’zi bir mahsulotlari va chiqindilari Markaziy Osiyo hududida kimyo sanoatini rivojlantirish uchun kerakli xom ashyo hisoblanadi.
Kimyo sanoati o‘ziga xos bo‘lgan tarmoqlar majmuasidan iboratdir. Markaziy Osiyo rsspublikalarida kimyo sanoatining asosiy o‘rni qishloq xo‘jaligiga xizmat qilishdir. Qirg‘izistondan tashqari barcha davlatdarda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyo sanoatining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Shuningdek kimyo sanoati tarkibiga sulfat kislotasi, soda, kimyoviy tolalar va iplar ishlab chiqarish tarmoqlari, gidroliz korxonalari, rezina mahsulotlari zavodlari, atir-upa mahsulotlari birlashmalari va boshqalar kiradi.
Qozog‘istonda mahalliy xom ashyolar negizida fosforit o‘g‘itlar va u bilan bog‘liq 80 dan ortiq turdagi mahsulotlar hamda soda ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati bilan bog‘langan neftni qayta ishlash, avtomobil shinalari va rezina texnika, sulfat kislotasi mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Asosiy markazlari: Qustanay, Qarag‘anda. Shimkent, Alg‘a, Atirau, Taraz va boshqalar.
Kimyo sanoati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida katta axamiyatga. Respublika kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoati yalpi mahsuloti hajmida uning salmog‘i 4,6 % ni tashkil etadi. Mamlakatda mineral o‘g‘itlar Chirchiq elektr kimyo kombinati, Farg‘ona azotli o‘g‘itlar, Navoiy kimyo birlashmalarida, Qo‘qon superfosfat va Samarqand kimyo zavodlarida, Olmaliq «Ammofos» birlashmasida ishlab chiqariladi. O‘zbekiston hududida sulfat kislotasi ishlab chiqariladigan 5 ta, o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy kislotalar (defoliant, desikant, gerbitsid, insektitsid, fungitsidlar, oltingugurt kukuni) ishlab chiqaruvchi 4 ta yirik korxonalar joylashgan. Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridagi korxonalarda kimyoviy tolalar va iplar ishlab chiqariladi. Farg‘ona furan birlashmasi, Yangiyo‘l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari, furil spirti, oziq-ovqat spirti ishlab chiqariladi. O‘zbekistondagi kimyo korxonalari negizida 1994 yildan «O‘zkimyosanoat» uyushmasi tashkil etildi.
Turkmanistonda kimyo sanoati tarmoqlari yirik shaharlarda ishlab turibdi. Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda kimyo sanoati tarmoqlari bilan bog‘liq neftkimyo, gazokimyo, ko‘mirkimyo tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Hozirda Markaziy osiyo davlatlarikimyo sanoati tarmoqlarini yangi texnologiya bilan jihozlashga, ishlab chiqarish quvvatini oshirishga katta e’tibor bergan holda xorijiy mamlakatlar AQSH, Rossiya, Yaponiya, Germaniya va boshqalar bilan teng huquqli hamkorlik qilishmoqda.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish