Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 2,27 Mb.
bet36/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Metallurgiya sanoati. Qozog’iston iqtisodiyotida beqiyos ahamiyatga ega. Respublikaning boy mineral-xomashyo bazasi metallurgiya sanoatining barcha tarmoqlarini samarali rivojlantirishga imkon beradi.
Metallurgiya – Qozog’iston sanoatida ishchilarning soni jihatidan birinchi (27 %) va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ikkinchi (26,1 %) tarmoqdir. Ana shunday tarmoqlardan biri qora metallurgiya sanoatidir. Temir rudasi, kokslanadigan ko’mir, marganets, o’tga chidamli va flyus materiallarining etarli bo’lishi Qozog’istonda tarmoqning yaxshi taraqqiy etishini ta’minlaydi. Qarag’anda metallurgiya kombinatining asosiy mahsulotlari – cho’yan, pulat, prokat. Hozirgi paytda Qarag’anda metallurgiya kombinati Buyuk Britaniyaning Ispat firmasi bilan birgalikda “Ispat - Qarmet” qushma korxonasi bo’lib qayta tashkil etildi.
Tarmoqqa 1938 yili asos solindi. Temirtov shahrida avval temir-tersak, 50-yillar boshlaridan esa temir rudasi negizida metallurgiya zavodi, so’ngra esa to’la tsiklli metallurgiya kombinati yuzaga keldi. Hozirgi davrda Qozog’iston bu borada Markaziy Osiyoda yagonadir. 1993 yilda 222 ming t. cho’yan, 4,6 mln t. (1990 yilda 6,7 mln t.edi) po’lat ishlab chiqardi. 2005 yilda 5 mln 338 ming t po’lat ishlab chiqardi.
5-jadval. Metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish (2005y), ming t.



Mahsulotlar

Qozog’iston

Uning ichida metallurgiya bazasi

Shimoliy

Markaziy

Sharqiy




Qora metallurgiya













1

Cho’yan

4283

-

4283

-

2

Pulat

5388

227

5145

-

3

Prokat

4040

-

4040

-

4

Ferrosplav

1447

1434

13

-




Rangli metallurgiya













1

Alyuminiy

1468

1468

-

-

2

Qurg’oshin

257

-

58

99

3

Ruh

316

-

18

298

4

Mis

445

-

428

17

5

Titan

17

-

-

17

6

Oltin

9,6

-

3

6,9

7

Kumush

707

-

551

156

Manba: Usikov.V.V. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Respublikada bu tarmoq korxonalari qatoriga Aqto’be va Aqsudagi ferroqotishmalar, Sokolov-Sarboy boyitish kombinatlari va boshqalar ham kiradi. Qora metallurgiyaga kerakli bo’lgan xom ashyoning biri marganets koni. Marganets Jezdi, Qorajal, Uchxotin konlarida uchraydi. Shuningdek, qora metallurgiyada Toparning oxaktoshi, Alekseevkaning dolomiti va kvartsiti ham foydalaniladi.
Rangdor metallurgiya sanoati respublikada yanada ahamiyatli. Bu tarmoq korxonalarida 51 xildan ortiqroq turli rangdor metallar ishlab chiqarmoqda. Eng muhimi, ular hozirgi paytda respublikaning ayni eksport-valyuta tushimi vositasi bo’lib xizmat qilmoqda. Jumladan rangdor metallar jahonning 30 dan ortiq davlatlariga eksport qilinmoqda.
6-jadval. Qozog’istonning jahondagi rangli metallar ishlab chiqarishdagi o’rni (2005y)



Rangli
metallar

Qozog’istonning jahondagi o’rni







1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1

Mis



















+










2

Qurg’oshin




























+

3

Ruh



















+










4

Alyuminiy

























+




5

Titan




+

























6

Magniy






















+







7

Reniy




+

























8

Berilliy




+

























9

Tantal







+






















10

Niobiy







+






















11

Galliy







+






















12

Talliy







+






















13

Vanadiy













+
















14

Vismut
















+













15

Kadmiy



















+










16

Kumush

























+




Manba: Usikov.V.V. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Eng yirik tarmog’i qo’rg’oshin-ruh sanoatidir. Uning hissasiga jami rangdor metallar qiymatining yarmiga yaqin to’g’ri keladi. Tarmoq korxonalari Uskemen, Leninogorsk, Shimkent (u quvvatiga ko’ra MDHdagi eng yirik korxonadir) shaharlarida joylashgan. Bu kombinatlarga esa 8 ta boyitish kombinatlari ruda kontsentratlar etkazib berish bilan mashg’ul (5-jadval).
Mis sanoati asosan Markaziy va Sharqiy Qozog’istonda shakllangan. Faqat Qarag’anda oblastida 3 ta mis kombinati (Balxash, Jezqazg’an, Qarsaqpay) joylashgan. Shuningdek yana 2 ta mis kombinatlari Rudali Oltoy tog’lari etaklarida (Uskemen va Glubokoe) faoliyat ko’rsatmoqda.
Alyuminiy sanoatining yirik markazi bo’lib Pavlodar shahri hisoblanadi. U Qustanay va Aqmo’la oblastlari boksiti asosida ishlaydi.
Oltin mamlakatning g’arbidan tashqari barcha hududlarida uchraydi. Oltinning yirik konlari Aqbaqay, Aqsu, Jolumbet, Beshtepa, Mayqayn, Baqirchoq konlaridir. Qayta ishlovchi korxonalar Uskemen, Ridder. Qozog’iston volfram konlarining zahiralari bo’yicha jahonda birinchi o’rinni egallaydi. Mamlakat balansi bo’yicha volframning 16 ta koni mavjud. Shuningdek, respublikada titan, magniy, nikel, molibden, ko’plab tarqoq tabiatda kam uchraydigan strategik ahamiyatga ega rangdor metallar ishlab chiqriladi (6-jadval).
Mashinasozlik sanoati. Har qanday davlat iqtisodiyotining eng yirik tayanch tarmog’i bo’lib mashinasozlik sanoati hisoblanadi. Ko’p jihatdan davlatlar iqtisodiyoti ana shu tarmoqning rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Qozog’istonda mashinasozlikning ko’p tarmoqli majmuasi tashkil topgan. U og’ir mashinasozlik (tog’-kon, metallurgiya sanoatlari mashina va uskunalari), qishloq xo’jaligi mashinasozligi, aniq va murakkab hamda mashina-uskunalarini ta’mirlash mashinasozliklari ixtisosligiga ega. Uning yirik markazlaridan Qarag’andada kon-shaxta, Uskemenda rangdor metalallurgiya tog’-kon mashina-uskunalari, Atirauda neft-gaz sanoati uskunalari, Almatida–stanoklar, Astanada xilma-xil, shu jumladan quriq erga ishlov beradigan, haydov, donli ekinlarga ishlov beradigan hosilni yig’ishda qatnashadigan mashina-uskunalari, Kentovda ekskavatorlar, Pavlodarda traktorlar ishlab chiqariladi. Elektrotexnika mahsulotlari Almati, Petropavlovsk. Shimkentda, Aqto’beda rentgen apparati uskunalari, Semeida kabel, Taldiqo’rg’onda akkumulyator va boshqalar ishlab chiqariladi.
Ko’rinib turibdiki, respublika mashinasozlik sanoati bir tomonlama, faqat mahalliy ehtiyojlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha rivojlangan. Bu kamchiliklarni tuzatish, tarmoqning eksport imkoniyatlarini kengaytirish hozirgi mustaqil Qozog’iston oldidagi eng muhim vazifadir.
Qozog’iston bugungi kungacha avtomobil yig’uvchi sifatida 1996 yili Almatida barpo etilgan “Isker–Gaz” korxonasi orqali ma’lum. Avvalgi №1 Almati avtoremont korxonasida “Gazel” mikroavtobusi bilan “KamAZ”- ning uch xilini yig’ish qo’lga olingan. Tataristonning Naberejno’e Chelno’ shahridagi og’ir yuklarni tashiydigan Kama avtomobil zovodidan ikki davlat Markaziysidagi kelishuvga ko’ra janubiy poytaxtga mashinasozlik kompleksi keltirildi. 2001 yildan boshlab 100 dan ortiq yuk mashinalari yig’ilib xalq ho’jaligiga berildi. “Isker–Gaz” korxonasi neftchilar va geologlar uchun mahsus avtomobil texnikalarini (avtokranlar) mahalliy zavodlar bilan birgalikda ishlab chiqarmoqda. Kelajakdagi rejalarda “KamAZ”- avtomobil bazasi asosida Qozog’istonda benzin va suv tashiydigan mashinalar yig’ish ko’zda tutilmoqda. Mamlakatda mashinasozlik sanoati asboblar va uskunalarning ikki mingdan ortiq turlarini ishlab chiqaradi.
Kimyo sanoati. Kimyo sanoati ham mashinasozlikka o’xshash asosan mahalliy xomashyolar asosida yarim tayyor yoki birlamchi ishlov berilgan mahsulotlar fosfor, neftni qayti ishlash mahsulotlari, metallurgiya sanoati chiqindilari asosida sulfat kislotasi, soda kabilar ishlab chiqaradi, boshqacha aytganda, bir tomonlama rivojlangan. Eng yirik korxonalari Jambul oblastida va Shimkentda sariq fosfor, Pavlodarda kimyoviy vositalar, Qarag’andada mineral o’g’itlar va boshqalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari sun’iy tola (Qustanay, Astana, Pavlodar), avtomashina va traktor shinalari (Shimkent), farmatsevtika mahsulotlari (Almati, Shimkent, Semey, Pavlodar, Ural), plastmassa (Almati), lak bo’yoq (Almati, Astana), sintetik kauchuk (Temirtau) kabilar ham ishlab chiqariladi.
Kimyo farmatsevtika sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda tez rivojlanmoqda. Uning 100-dan ortiq korxonalari mamlakatda foydalanayotgan 10 % dorilarni bermoqda.
Respublika kimyo sanoatining muhim tarmog’i bo’lib neft-kimyo sohasi hisoblanadi. Atirau, Pavlodar, Shimkent neftni qayta ishlash zavodlarida asosan yoqilg’i va ayrim motor moylari ishlab chiqariladi.
Shunday qilib, bu tarmoq xomashyolari ko’lami va xilma-xilligi nihoyatda katta bo’lishiga qaramasdan respublikada ancha sust rivojlangan.
Kimyo sanoati ekologik jihatdan tabiatga eng ko’p zarar keltirayotgan tarmoqlarning biri. Uning faoliyati Shimkent, Taraz, Aqtau, Temirtau, Pavlodardagi havoning, suvning, tuproqning ifloslanishi bilan bog’liq. Temirtauda Nura daryosi va Pavlodardagi er osti suvlarining simob bilan ifloslanishi katta havf to’g’dirmoqda. Uni zararsizlantirish uchun murakkab va serharajat ishlar olib borilmoqda.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish