Yuridik shaxslarning kassa
operatsiyalarini yuritish
qoidalariga
1-ILOVA
1994 yil namunasidagi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
so’mining to’lovlilik alomatlarini belgilash
QOIDALARI
1. Ularning haqiqiyligi shubhalantirmaydigan va ular qiymatini belgilaydigan so’zlari, O’zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri, harflar bilan berilgan seriyasi va ataylab buzish izlari bo’lmagan raqamlari to’liq saqlangan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining SO’M banknotlari to’lov banknotlari hisoblanadi.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha davlat, jamoat, xususiy aksiyadorlik birlashmalari, tashkilot va muassasalari shuningdek:
a) biletning istalgan qismida, shu jumladan, to’lovlilik alomatlari belgilanishiga daxl etadigan teshilgan, uzilgan, siyqalangan joylari, dog’lari, qalam va siyohda yozilgan, muomalaga yaroqli bo’lgan;
b) agar biletning ayrim qismlari shak-shubhasiz bitta biletga tegishli bo’lgan yirtilgan va yelimlangan;
v) bo’yoq moddalari to’kilib, o’z rangini o’zgartirgan, kuygan va ko’proq kuydirilgan (banknot qiymatini ko’rsatadigan raqamlar, yozuvlar bo’lgan qismlardan tashqari);
g) o’zining to’liq hajmini saqlamagan banknotlarni to’siqsiz to’lovga qabul qilishlari va pul tushumi tarkibida bank muassasalariga topshirishlari shart.
2. Haqiqiyligi shubhalantirmaydigan va shikastlanish tusidan qat’i nazar to’liq hajmini va yuz tomonida qiymat tasvirini saqlagan metall tanga to’lov tangasi hisoblanadi.
3. 1, 2-bandlar talablariga muvofiq kelmaydigan banknot va tangalar to’lov puli deb hisoblanmaydi va bank muassasalari tomonidan ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Yuridik shaxslarning kassa
operatsiyalarini yuritish
qoidalariga
2-ILOVA
Pul mablag’larini saqlash va tashish paytida
ularning butligini ta’minlash bo’yicha
TAVSIYALAR
1. Tashkilotlar rahbarlariga kassa operatsiyalarini yuritish, qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalariga xizmat ko’rsatish, pul mablag’larini qo’riqlash va tashish bilan bog’liq ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashda yoki yuqorida ko’rsatilgan ishlarga shaxslarni vaqti-vaqti bilan jalb etishda ushbu shaxslar to’g’risida ma’lumotlar olish uchun ichki ishlar organlari va tibbiyot muassasalariga murojaat qilish tavsiya etiladi, bunda shuni nazarda tutish kerakki, kassa operatsiyalarini yuritish, qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalariga xizmat ko’rsatish, pul mablag’larini qo’riqlash va tashishga:
- ilgari qasddan qilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlanganligi kechib yuborilgan yoki belgilangan tartibda olinmagan;
- surunkali kasalliklarga chalingan;
- jamoat tartibini muntazam buzadigan;
- spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiladigan yoki shifokor tayinlamasada giyohvandlik vositalarini iste’mol qiladigan shaxslar qo’yilmaydi.
2. Tashkilot rahbari kassirga zarurat tug’ilganda pul mablag’lari va boyliklarni bank muassasalaridan tashish yoki ularga topshirish uchun militsiya soqchisini, shuningdek, transport vositasini berishi shart.
3. Pul mablag’larini tashish paytida kassir, unga hamrohlik qilayotgan shaxslar va transport vositasining haydovchisiga:
- harakat yo’nalishini va olib borilayotgan pul mablag’lari va boyliklar summasi hajmini oshkor etish;
- transport vositasining saloniga tashkilot rahbari tomonidan ularni yetkazib berish uchun tayinlanmagan shaxslarni olish;
- piyoda, yo’lovchi mashina yoki jamoat transportida borish;
- do’konlar, bozorlar va boshqa joylarga kirish;
- qandaydir topshiriqlarni bajarish va har qanday boshqacha tarzda pul va boyliklarni belgilangan joyda yetkazishdan chalg’ish man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |