Kredit moliya-tizimining barqarorligini ta’minlash, uning alohida bo‘g‘inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta’minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimi)ning faoliyatini tartibga solish va umumlashtirish dan iboratdir.
Uzoq yillar mobaynida tijorat banklari va emission banklarining bajaradigan funksiyalari qo‘shilib ketdi. Bular qatoriga banknotlarni emissiya qilishning markazlashuvi bir qo'lda yoki bir necha banklarning qo‘lida, ya’ni davlatning maxsus qonuniy dalolatnomalari bilan qo'llab - quvvatlanadigan banklar qo'lida ushlab turishi , keyinchalik esa ular orasidan yiriklarini ajratib so‘ng emissiya chiqarish huquqini berilishini, yoki alohida markaziy emission banklar deb nomlanuvchi banklarning paydo bo'lish jarayonlarini misol qilib keltirish mumkin.
Zamonaviy ikki pog'onali bank tizimi ko‘p sonli tijorat banklari va yagona markaziy bankga asoslangan bank tizimi shu yo‘l bilan vujudga keldi. Odatda markaziy bank — bu davlat banki, masalan, angliya banki, fransiya banki, buides bank, yaponiya banki, shvetsa- riya milliy banki, finlandiya banki va h.K. Yagona banklardan tashkil topadi. Biroq AQSH markaziy banki 12 hududiy federal banklardan, ya’ni federal rezerf tizimi (FRT) boshqaruv kengash tomonidan boshqariladigan bo‘limlardan iboratdir.Markaziy bank kapitaliga bo‘lgan mulk shakliga ko‘ra ular davlat (kapital davlatga tegishli) aksiyador va aralash kapitalli turlariga bo‘linadi.
Turli mamlakatlarda markaziy banklarga turli funksiyalarni belgilab berilishi mumkin . lekin Markaziy bank doimo davlat va bank belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan davlatning tartibga soluvchi organi bo’lib qoladi. Mamlakatning markaziy banki — shu davlat bank tizimining asosiy qismi b o ‘lib hisoblanadi. Markaziy bank — birinchi o‘rinda davlat va iqtisodiyot o'rtasida vositachi bo'lib xizmat qiladi. Ammo markaziy bank o ‘z oldiga foyda olishni rnaqsad qilib qo'ymaydi.Markaziy bank funksiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli o‘zgarmay aniq modifikatsiyalangan ko'rinishga egadir.
Markaziy banklarga davlat vakili sifatida qonuniy tarzda bank- notlarni monopol ravishda emissiya qilish biriktirilgan, ya’ni umum - milliy kredit pullarini bosib chiqarish yuklatilgan. Ta’kidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun Markaziy bankning monopol emissiya funksiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq banknotalarni chiqarish funksiyasi mamlakatdagi pul zaxiralarini tashkil qiluvchi, chakana pul muomalasini naqd banknotalar bilan ta’minlash va kredit tizimining likvidliligini ta’minlash vositasi hisoblanadi. Bu funksiyalar naqd pul muomalasi ulushi sezilarli bo‘lgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egadir.
Markaziy bank, qoidaga binoan , davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. Davlatga soliqlar va zayomlardan (obligatsiya- lardan) tushgan daromadlar hukumat xarajatlarini qoplovchi Markaziy bankdagi kazacheylikning foizsiz raqam iga o'tkaziladi (Moliya vazirligi). Hukumatning kreditori sifatida, markaziy bank davlat zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o‘zining portfelini to‘ldirish uchun davlat qog‘ozlarini sotib olish, davlatga (hukumatga) to‘g‘ri g‘azna kreditlarini berish bilan shug'ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «banklar va bank faoliyati to‘g‘risi- da»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan: 1. Mijozlarning hisob varaqalarini olib borish; 2. Mijozlarga kassa xizmati ko‘rsatish; 3. Mijozning topshirig‘iga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajarish; 4. Qisqa yoki uzoq muddatli kreditlar berish; 5. Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmachining topshirig‘iga binoan kapital qo'yilmalarni mablag' bilan ta’minlash; 6. Bo'sh pul mablag‘lari-depozitlarini muomilaga jalb qilish; 7. Aholidan omonatlarni qabul qilish; 8. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish; 9. Lizing operatsiyalarini amalga oshirish; 10. Tijorat banki davlatning hamda boshqalarning qimmatli qog‘oz- larini xarid qilish va sotish; 11. Xorijiy valuta va qimmatli metallarni xarid qilish va sotish; 12. O‘z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish; 13. Budjetning kassa ijrosini bajarish; 14. Bank operatsiyalari bo‘yicha maslahatlar berish va boshqa operatsiyalar.
Bank resurslari o ‘ziga tegishli va jalb etilgan m ablag‘lardan vujudga keladi. O‘ziga tegishli mablag‘lar, odatda, banklar tasarrufidagi barcha resurslarning faqat unga katta bo‘lmagan qismlarini tashkil etadi. Ularning asosiy qismi depozitlar yoki banklarning mijozlariga qarashli omonatlardan iborat. Bankning aktiv operatsiyalariga avvalo berila- digan, foizii, ssudalar yoki (kreditlar) orasida eng ko‘p tarqalgani veksellarni hisobga olish usulidir. Bank veksel saqlovchidan naqd hisob-kitob qilish yo ‘li bilan veksel sotib oladi.