Markaz loyihalariga o’z sohasining yetuk mutaxassislari jalb etiladi



Download 18,17 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi18,17 Kb.
#11842
"Yetakchi” yoshlar markazining asosiy maqsadi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimlaridagi xodimlarning malakasini oshirish, yetakchi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, zamonaviy yosh rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish sanaladi. Markaz o’z oldiga asosiy 3 yo’nalishni strategik maqsad qilib qo’ygan:

Birinchi yo’nalish — yoshlar muammolarini o’rganish, sotsioigik,bixvoristik (xulq-atvor), psixologik (ruhshunoslik) va pedagogiktadqiqotlar olib boorish.

Ikkinchi yo’nalish — Harakatning tajriba maydonchasi sifatida yetakchilarning faoliyatiga oid turli yo’nalishdagi muammolarini o’rganish, ularning yechimini topish maqsadida turli loyihalarni amalga oshirish;

Uchinchi yo’nalish — yoshlar masalasiga oid ilmiy islar olib borayotgan yosh olimlarga amaliy ko’mak berish, yoshlar masalasi bilan shug’ullanayotgan tashkilotlar, korxona va muassasalarning kadrlarining malakasini oshirish;

"Yetakchi” yoshlar markazi o’z faoliyatini doim noan’anaviy yondashuv bilan tashkil etishga katta ahamiyat qaratadi. Bugungi kunda markaz o’z faoliyatini ana shu tamoyillar asosida tashkil etib kelmoqda.

Markaz loyihalariga o’z sohasining yetuk mutaxassislari jalb etiladi.

Markaz tomonidan hamkor tashkilotlar bilan uzviy aloqalar yo’lga qo’yilgan bo’lib, tashkil etilgan o’quv va boshqa tadbirlarda 20 dan ortiq davlat va jamoat tashkilot vakillari o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Bunday hamkorlik filiallar tomonidan ham amalga oshiriladi. Filiallar tomonidan boshqa tashkilotlardan 70 yaqin ma’ruzachi, 23 nafar trener taklif etilgan.
Markaz faoliyati muntazam ravishda yoshlar nashrlari va televidenie, radiokanallar orqali yoritib kelinadi.

Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar:

O’tgan yillar davomida markaz tomonidan yuzga ga yaqin loyihalar amalga oshirildi. Jumladan,«Harakatning tuman (shahar) bo’limlari bilan boshlang’ich tashkilotlari o’rtasida o’zaro munosabatlar samaradorligini oshirish» loyihasidoirasida tinglovchilarda zamonaviy yoshlarga yetakchilik qilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy, kasbiy va metodologik salohiyatlarni rivojlantirishga qaratildi. Shuningdek, ular yoshlarni birlashtirish va maqsad sari yo’naltirish salohiyatiga ega bo’lishdi. Seminar-treningning asosiy maqsadi turli jamoa va mahallalardagi yoshlarni boshqarish va ularga ta’sir etish ko’nikmalarini tinglovchilarda shakllantirishdan iborat bo’ldi.

"Bunyodkor” talaba-yoshlar mehnat harakatiloyihasi- yosh mutaxassislardan zamonaviy, iqtisodiy sharoitlarga mos, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadda tashkil etilgan. Loyiha mutaxassislari tomonidan "Bunyodkor” yoshlar mehnat otryadlari Nizomi va Kontseptsiyasi hamda loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Joylarda mehnat otryadlari faoliyatini yo’lga qo’yish, takomillashtirish yuzasidan Tavsiyalar hamda Loyihaning yangi Nizomi ishlab chiqildi. Loyihaning asosiy vazifalaridan biri joylarda bo’sh ishchi o’rinlarni aniqlab, ma’lumotlar bazasini yaratgan holda joylardagi shtablar bilan yoshlarni ishga joylashtirishdan iborat edi. Loyiha o’tkazilgan yillarda 15 mingdan 20 minggacha bo’lgan yoshlar mavsumiy ish bilan ta’minlandi.

"Oromgoh” loyihasi- Yozgi oromgohlarda dam olayotgan bolalarni vaqtini yanada mazmunli o’tkazish uchun yo’lga qo’yiladigan tadbirlarni takomillashtirish va rang - barangligini ta’minlash, ularda oliy pedagogik mahoratini shakllantirish maqsadida ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus o’quv dastur asosida yetakchilarni, ya’ni "ma’naviyat targ’ibotchi”larini tayyorlash edi. Yetakchilikka asosan oliy o’quv yurti talabalari o’rtasida tanlov o’tkazildi. Talabalarni oromgohlarga yetakchi sifatida tayyorlash bo’yicha 24 soatlik seminar-trening moduli ishlab chiqilib, o’quv dastur aosida treninglar o’tkazildi. Loyiha o’tkazilgan yillarda 800 nafardan 1000 nafargacha bo’lgan yoshlar ushbu kurslarni o’tishdi va bolalar yozgi sog’lomlashtirish ormogohlarida ma’naviyat targ’ibotchilari sifatida faoliyat olib borishdi. Mazkur loyihani viloyatlar miqyosida yo’lga qo’yish bo’yicha «Yetakchi” yoshlar markazidaseminar-trening va o’quvlar tashkil etildi.

"Yoshlar media markazi” loyihasi– ushbu loyiha jamoatchilik bilan o’rnatilgan aloqalar, yoshlarning "Kamolot” to’g’risidagi fikrlari, takliflarini olishning o’ziga xos mexanizmini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan edi. Loyiha faoliyati natijasida yoshlar uchun mamlakatda yagona bo’lgan elektron-axborot portali ishi yo’lga qo’yildi. Harakatning rasmiy saytiwww.kamolot.uzsayti va Milliy yoshlar portali —www.myp.uzning yangi dizayni ishlab chiqildi. Harakatning amalga oshirgan tadbirlari loyiha tomonidan Respublika OAVda keng yoritildi. Loyiha mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan maxsus veb-sahifa ishlab chiqildi. Loyiha tomonidan "Kamolot” xabarlari” ko’rsatuvi muntazam ravishda tayyorlanib, efirga uzatildi. Shuningdek, loyiha mutaxassislari Harakat faoliyati, amalga oshirilayotgan yirik aktsiyalar, loyihalarni targ’ib etuvchi roliklar tayyorlashda ham faol ishtirok etishdi. Harakatning Dasturiy faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasi yaratildi. Loyiha 2009-2010 yillar davomida faoliyat yuritdi.

"Yosh oila”loyihasi– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi "Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvaatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-3878-sonli Farmonida hamda "Yoshlar yili” Davlat dasturining 8 bo’limi 102-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida "Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi Ijroiya Qo’mitasining 2008 yil 10 martdagi "Yosh oila” loyihasi to’g’risida”gi 01-04/166-sonli qaroriga hamda Markaziy Kengashning 2008 yil 15 maydagi "Yosh oila” loyihasi to’g’risida”gi Farmoyishiga asosan "Yetakchi” yoshlar markazida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharo tizimlarida faoliyat yuritayotgan Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari qoshida "Yosh oila” markazlarini tashkil etish va faoliyatini takomillashtirish loyihasi ochildi. Loyiha maqsadi "Yosh oila” markazlari faoliyatini yo’lga qo’yish, yosh oilalarning manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda amaliy yordamlar berish, ularga tibbiy, huquqiy maslaxat, psixologik ko’mak berishning samarali usullarini joylarda bevosita joriy etildi.

Loyiha tomonidan Harakatning Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg’ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri tizimlarida faoliyat yuritayotgan Yoshlar ijtimoiy xizmatlar markazlari qoshida "Yosh oila” markazlari tashkil etildi. Loyiha mutaxassislari ishtirokida "Yosh oila” markazining Nizomi va loyiha ish rejasi ishlab chiqildi hamda 2008 yilning 3-25 iyul kunlari Harakatning Farg’ona, Namangan, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari tizimida faoliyat yuritayotgan YOIHM qoshida tashkil etilgan "Yosh oila” markazlari faoliyati o’rganildi va amaliy yordam berildi.

Mahalla yoshlari ishtirokida «Milliy o’yinlar» festivalini o’tkazish loyihasi maqsadi -tuman va shahar hududlarida mutasaddi tashkilotlar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qishloq, mahalla yoshlarining ishtirokida «Milliy o’yinlar» festivalini o’tkazish. Milliy o’yinlar festivali orqali yoshlarimiz ongiga milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni singdirishning samarali uslubi hayotga tadbiq etiladi.

Festival har bir viloyatda bir kundan amalga oshiriladi. Festival qishloq yoki mahalla hududlarida tashkil etiladi va uni o’tkazish vaqtini aniqlashda yoshlar bo’sh qolgan vaqtga to’g’ri kelishi (bahorgi ta’til payti) lozim bo’ladi.

Loyihani amalga oshirish natijasida:
• Yoshlarimizning tabiiy qiziqishlarini, aql-zakovatini, g’ayratini rivojlantirish maqsadida 600 tadan 700 tagacha mahalla, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida milliy o’yinlar festivali o’tkazildi.

• Milliy o’yinlar festivalida o’rta hisobda bir hududda 100-150 ta mahalla va qishloq yoshlari qatnashib, jami respublika bo’yicha 100 mingga yaqin yoshlar qamrab olindi. Turli xildagi milliy o’yinlarni (bir hududda10 gayaqin turi) tashkil etilishi natijasida yoshlarda ushbu tadbirlarni o’zlari tashkil etishi mumkinligiga ishonch uyg’ondi.

• Milliy o’yinlar festivalida ota-onalar o’z farzandlari bilan faol ishtirok etishdi. Buning natijasida har bir oilada ijobiy psixologik muhit yaratildi. Yosh avlodni tarbiyalashda o’zini-o’zi boshqarish organlarining ijtimoiy salohiyatidan oqilona foydalanish natijasida yoshlar orasida700 gayaqin qishloq va mahallaning obro’si kuchayishiga olib keldi.

• Qishloq fuqarolar yig’inlarida mahallalar o’rtasida sog’lom raqobatni kuchayishi mahallalararo munosabatlarni kuchayishiga olib keldi. O’quvchi yoshlarning bahorgi ta’til davridagi bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etiladi.

• Milliy udum va an’analarni o’rganish, ularni targ’ib etishda ikki avlod: kattalar va yoshlar orasidagi ijtimoiy uyg’unlik kuchayadi. Milliy o’yinlar turlari bo’yicha zarur ma’lumotlar yig’iladi.

Harakatning tuzilmalari faoliyatiga doir tashkiliy-uslubiy hujjatlar, qoidalar ishlab chiqish borasida:

Markaz tomonidan Harakat faoliyatiga oid uslubiy qo’llanmalar va Harakatning faoliyatini targ’ib etuvchi plakatlar majmui ishlab chiqilgan. Jumladan:

1. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang’ich tashkilotlari Yetakchilari uchun qo’llanma.Ushbu risola yoshlar yetakchilariga yoshlar bilan ishlash davomida ularga ta’sir etish, ularning ijtimoiy foydali jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash, yoshlarning muammolarini yechish ishiga keng jamoatchilikni jalb etish, yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan sog’lom g’oyalarni hayotga tatbiq etish, murakkab vaziyatlarda jamoa bilan hamjihat bo’lib to’g’ri qaror qabul qilish kabi masalalarni hal etishning maqbul yo’llarini ko’rsatib berishga xizmat qiladi.



2.Yozgi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari uchun uslubiy qo’llanma. Ushbu qo’llanma yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida faoliyat yuritayotgan yetakchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, bolalar bilan ishlash, ularga ta’sir etish, ijtimoiy foydali jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish kabi yo’nalishlarni qamrab olgan. Qo’llanmada oromgohdagi bolalar o’rtasida do’stona muhit yaratish, ijodiy muhitni shakllantirish, turli o’yinlar va usullar orqali ularni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

3. "Oila barqarorligi — jamiyat rivojlanishi va mustahkamlanishining garovi” (uslubiy qo’llanma va dastur). Ushbu qo’llanmada jamiyatning tarkibiy qismi bo’lgan oila instituti, uning taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar, oila va nikoh qadriyatlari, xususan xalqimizning oila va nikohni azaliy qadriyatlar sifatida doimiy e’zozlab kelishi kabi masalalarga to’xtalib o’tilgan. Qo’llanmada "Yosh oilalarning ijtimoiy-demografik holatini o’rganish” mavzusida o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotning umumiy natijalariga to’xtalib o’tiladi. Zotan, respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan mazkur so’rovda jami 665 nafar respondent xotin-qizlar ishtirok etgan. So’rov bir necha omillar: respondentlar yoshi, hududi, oilaviy ahvoliga ko’ra savollarni o’zaro taqqoslash asosida tahlil qilinadi.
Download 18,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish