Yorab, eshigingda ul gadomen
Kim, boshdin oyoqqacha xatomen.
Shunday ulkan aql sohiblari, donishmand allomalarimiz ham dunyoning g’alatliklaridan afsus-nadomat chekishgan. Va butun umrlarini yurtdoshlariga to`g’ri yo`l ko`rsatishga bag’ishlashgan. Ularni hushyorlikka, tiyraklikka da`vat etishgan.
Boborahim Mashrab ham ana shunday dono ijodkorlardan. Ammo, uning donoligi, dunyoni anglashi o`ziga xos. She`riyatidagi lirik qahramonning ruhi baland. Olam va odam mohiyati, munosabati haqida gapirganda, ishonch bilan qat`iy xulosalar chiqaradi. U ham dunyoning xatolardan, armonlardan, yolg’onlardan iboratligini biladi. Ammo, buShoirlirik qahramonini tushkunlikka tushirmaydi. Chunki, u ana shu xatolar zaminida ishonsa va suyansa bo`ladigan birgina haqiqat borligini ham anglaydi. Bu-Olloh:
Do'stlaringiz bilan baham: |