G’azalda:
Sham`i firoqing ko`ksumda yondi,
Kuz yoshim oqib bag’rimg’a tomdi,
G’aflatda qolg’on Mashrab uyondi,
Yorga etar kun bormu, yoronlar?!
Mustazodda: Oshufta bo`lub, zor yugurub g’amzada Masharb,-
Dar kuyi malomat
Rasvoiy sari ko`chavu bozor bo`lubman,-
Ovvorayi sarson.
G’azalga nisbatan hajman katta va murakkab bo`lgan mustazod, muxammaslarda ham Mashrab o`zligini — yuksak badiiy mahoratini to`la namoyish eta bildi. U yaratgan bandlar ravon va o`ynoqi, samimiy va jarangdor. Insonning chigal va rang-barang ruhiy kechinmalari, eng nozik his-tuyg’ulari favqulodda sodda va ayni zamonda juda ta`sirchan misralardan o`quvchi — tinglovchilar diliga ko`chadi. Bu jarayonda chertib tanlangan qofiya va radiflarning, xalq jonli tiliga xos bo`lgan vaShoirtomonidan mohirlik bilan joylab yuborilgan «tayyor» quyma birikma-iboralarning xizmati ham kichik emas:
Do'stlaringiz bilan baham: |