Tushdi savdoi muhabbat boshima,
Or etar mardum kelurg’a qoshima.
Ko`p muhabbat kuyida qon yig’ladim,
Etti iqlim g’arq bo`ldi yoshima.
Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajda egma qoshima...(19-bet).
Mashrab lirikasi o`ta ta`sirchandir. Uning g’azallari, muxammas va murabbalari, mustazodlari kitobxonga yangi-yangi his-tuyg’ular baxsh etadi, to`lqinlantiradi. Buning sababi birinchidan, xalq dili va ruhiga mos mazmunida bo`lsa, ikkinchidan, shu mazmunga to`la muvofiq ravishda ularning ayni zamonda shaklan go`zalligida, g’oyat samimiyligi, musiqiyligi va jonliligida, o`ynoqiligi va jarangdorligida, tasviriy vositalarning rang-barangligi hamda tabiiyligida, qisqasi, bir so`z bilan aytganda, badiiy jihatdan ham etukligidadir. Mana bu misralarga nazar tashlaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |