Vitamin B
5
(RR, nikotin kislota). Uglevod va oqsil almashinuvida qatnashib,
ovqat hazm qilishni jadallashtiradi va oshqozon osti bezi faoliyatiga ijobiy ta‟sir
etadi.
Cho„chqalarda nikotin kislotasining yetishmasligi pellagra kasalligini chaqiradi,
ya‟ni teri zararlanadi, kamqonlik, ich ketish, ichaklarning jarohatlanishi,
parrandalarda ushbu kasallikda oyoqlarining terisi kuchib ketadi, shal bo„lib qoladi.
Nikotin kislotasiga cho„chqa va parrandalarda talab triptofan aminokislotasiga
teskari nisbatda bo„ladi. Ratsionda triptofanga kambag„al makka doni yedirilganda
qo„shimcha nikotin kislotasi talab etiladi.
Nikotin kislotasi serob. sun‟iy preparatlar bilan talabini qondirsa bo„ladi.
Jo„jalar talabini qondirish uchun ular omixta yemining bir tonnasiga 15-20 g nikotin
kislotasi qo„shilsa yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |