Mineral moddalar hayvonning barcha a‟zo va to„qimalarining, shuningdek
chorva mahsulotlarinining tarkibiy qismiga kiradi. Ayniqsa ular yosh hayvonning
o„sish va rivojlanishi, voyaga yetgan hayvonlarni pushtdorligini oshirishga xizmat
qiladi.
Ўсимлик ва ҳайвон
маҳсулотлари
Сув
Қуруқ модда
Минерал
моддалар,
хом кул
Органиқ
моддалар
Витаминлар
Хом протеин
– азотли
бирикмалар
Азотсиз
бирикмалар
Оқсил,
амидлар
Хом
ёғ
Хом
клетчатка
Азотсиз
экстрактив
моддалар
48
Mineral moddalar ozuqalarda turli holatda uchraydi: ishqor, organik va
mineral tuzlar, fosfor, oltingugurt, kremniy, magniy kabi elementlar, organik
birikmalar tarkibida uchraydi.
O‟simlik ozuqalarida mineral moddalar ko„p bo„lmay -5% gachani tashkil
qiladi.
Dukkakli donlarda kalsiy, ildizmevalarda kaliy,fosfor esa kepak, shrot va
kunjarada ko„proq uchraydi.
Mineral moddalar organizmda energetik manba bo„lib xizmat qila olmaydi,
lekin ular hazm bo„lishi uchun ko„p energiya sarflanmaydi.
Ozuqaning organik qismi azotli(xom protein) va azotsiz(xom yog„, xom
kletchatka va azotsiz ekstrativ moddalardan) tashkil topgan.
Xom protein oziqa tarkibida azotni 6,25 ga ko„paytirish hisoblanadi,
taxminan protein tarkibida o„rtacha 16% azot bo„ladi. Har xil oziqalarda uning
nisbati turlicha bo„ladi. Xom protein oqsillar va amidlardan iborat.
Oqsillar hayvonlar oziqlanishida alohida o„rin tutadi. U barcha a‟zolar va
to„qimalarning tarkibiy qismiga kiradi; hayot uchun zarur jarayonlar oqsil
almashinuvi bilan bog„liq chunki barcha ferment, gormon, biologik aktiv moddalar
oqsillar ishtirokida paydo bo„ladi va modda almashinuvida ishtirok etadi.
O‟simlik oqsillari hujayra protlazma va yadrosida kolloid holda bo„ladi.
Ozuqalar tarkibida u 3% dan 90% uchraydi,o„simlik oziqalardan shrot va
kunjarada ko„p bo„lib 30-40% ni tashkil qiladi, dukkakli donlarda 25-30%,
dukkakli o„tlar pichanida 14-15%, boshoqli donlarda 8-12%, somonda 4%, oqsil
hayvonot ozuqalarida ko„p bo„ladi yoki 70-90%(go„sht uni, quritilgan kon) tashkil
qiladi.
Oqsillar aminokislotalardan tashkil topib, ular hayvon organizmida muhim
ahamiyatga ega. Oziqa oqsillari tarkibida o„rni almashmaydigan va o„rni
almashadigan aminokislotalar uchraydi, birinchi hayvonot, ikkinchisi o„simlik
oziqalarida ko„proq bo„ladi.
Kovshovchi hayvonlar bir kameralik hayvonlar va parrandalardan o„larok
katta qorinda mikroorganizmlar sintez qilgan o„rni almashmaydigan
aminokislotalar hisobiga talablarini qisman qondiradi.
Amidlar, bular organik va mineral azotli birikmalar bo„lib, erkin
aminokislotalar, aminokislotali amidlar, ammoniy tuzlari, nitritlar va nitratlar
holida uchraydi.
Amidlar o„simliklarning yosh paytida ko„proq bo„ladi, ular ildizmevalarni
uzoq saqlaganda amidlar nisbati ortadi; ular 40-60% o„simliklarni silosda va
kovshovchi hayvonlar katta hornida ovqat hazm bo„lishda parchalanib ketadi.
Azotli, oqsil bo„lmagan moddalarning turli qishloq xo„jalik hayvonlariga
ahamiyati bir xilda emas. Hayvonlar asosan aminokislota va aminokislota
amidlarini o„zlashtirishadi; amid; nitrit va nitratlar cho„chqa va parranda
organizmida azot manbai bo„lib xizmat qiladi, agar u me‟yordan oshsa ularni
zaharlashi mumkin, bu hol kovshovchi hayvonlar uchun esa uncha xavfli emas.
49
Proteinlar me‟yordan ko„p organizmga tushsa, energiya manbai sifatida
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |