46
Hayvon qabul qilib olgan to„yimli moddalar organizmda energiya manbai,
ya‟ni tana haroratini saqlab turish uchun, a‟zo va to„qimalar hosil bo„lishi,
mahsulot ishlab chiqarishi, hamda modda almashinuvi uchun zarur suyuqliqlarga
sarflanadi.
Oziqalar tuyimligi umumiy yoki energetik, oqsil yoki protein, mineral va
vitamin tuyimliliklarga bo„linadi.
Hayvonlar turi, yoshi, mahsuldorlik yo„nalishi, mahsuldorligiga qarab tuyimli
moddalarga talabi o„zgarib turadi, shu boisdan oziqalar tuyimliligi oziqa va
organizm munosabatida hayvon fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab
belgilanadi.
Oziqalar kimyoviy tarkibini bilish asosida uning tuyimli moddalarining
hayvon mahsulotlariga aylanishi, ularning hazm bo„lishi va tuyimli moddalarni
o„zlashtirib olishga bog„liq.
Do'stlaringiz bilan baham: