Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


VIII.2.6. Chorvachilik mahsulotlarining veterinariya – sanitariya



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

VIII.2.6. Chorvachilik mahsulotlarining veterinariya – sanitariya 
ekspertizasi. 
Go„sht  va  go„sht  mahsulotlari  nafaqat  hayvonlar  balkim,  insonlar  uchun 
kasallik tarqatish manbai bo„lishi mumkin. Shu sababli, go„shtni qayta ishlaydigan 
korxonalarda  doimiy  ravishda  veterinariya-sanitariya  nazorati  faoliyat  ko„rsatishi 
zarur. 
Veterinariya-sanitariya nazoratining vazifasi, insonlarni va hayvonlarni sifatli 
go„sht  va  go„sht  mahsulotlari  bilan  ta‟minlab,  ularning  kasallanishini  oldini 
olishdir.  Ular,  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  va  parrandalarini  so„yish  va  qayta 
ishlashda  muhim  tadbirlarni  amalga  oshirish  lozim.  Hayvonlarning  nimta  va 
organlarini  diqqat  bilan  ko„rikdan  o„tkazish,  nafaqat  inson  va  hayvonlarni 
kasallanishini  oldini  oladi  balkim,  so„yim  mahsulotlaridan  unumli  foydadanishni 
ta‟minlaydi. Hayvonning hayotlik davrida, ba‟zi infeksion va invazion kasalliklarga 
chalinganligini bilish mushkullik tug„diradi. 
Veterinariya-sanitariya  tadbirlari  xo„jalikdan  boshlanib,  tayyor  mahsulotlar 
ishlab  chiqarish  chiqarish  jarayonigacha  davom  etadi.  Bu  jarayonni  olib  borish 
uchun  maxsus    veterinariya  ishlab  chiqarish  nazorati  bo„limi  faoliyat  ko„rsatadi. 
Ularning  bakteriologik  va  kimyoviy  tekshirishlarini  o„tkazishga  mo„ljallangan 
laboratoriyasi  mavjud.  Bu  tadbirlarni  amalga  oshirishda  veterinariya  xodimlari 
“So„yishga  mo„ljallangan  hayvonlarni  veterinariya-sanitariya  ko„rigidan  hamda 
go„sht  va  go„sht  mahsulotlarini  veterinariya-sanitariya  ekspertizasidan  o„tkazish” 
qoidalariga asoslangan me‟yoriy-texnik hujjatlaridan foydalanadi. 
Ushbu qoidaga binoan, kuydirgi, infezimatoz karbunkul, qutirish, qotma, o„lat, 
brodzot, manqa, botulizm va boshqa kasalliklarga chalingan yoki kasallikka shubha 
qilingan hayvonlarni so„yish man qilingan. Kuydirgi va qutirish kasalligiga qarshi 
emlangan  hayvonlar  14  kun  vaqt  o„tguncha  so„yilmasligi  lozim.  Hayvonlarga 
antibiotiklar  qo„llanilgan  bo„lsa  3  kun  vaqt  o„tguncha  so„yilmaydi.  Yoshi  14 
kunlikgacha  bo„lgan  hayvonlar  so„yishga  ruxsat  etilmaydi.  O‟lik  hayvonlar, 


 
347 
shuningdek,  chaqmoq  urgan,  suvga  cho„kib  yoki  elektr  toki  ta‟sirida,  muzlab, 
bug„ilib  o„lgan  hayvonlar  go„shti  iste‟mol  uchun  ishlatilmaydi.  Ular  texnik 
utilizasiyaga  yuboriladi,  veterinariya  vrachi  ruxsati  bilan  cho„chqalarga  pishirilib 
yoki yirtqich hayvonlarga xom holida beriladi. 
Go„shtni  qayta  ishlash  korxonasida  veterinariya-sanitariya  ko„rigidan 
o„tkazish ikki qismga so„yishdan oldin va keyingi qismga bo„lib olib boriladi. 
So„yishdan  oldingi  ko„rikda  katta  jussali  hayvonlarning  har  birining  tana 
harorati  o„lchanadi,  cho„chqa  va  qo„ylarda  saralab  o„lchanadi.  Agar  kasallangan 
hayvon  aniqlansa,  ajratilib,  diagnoz  qo„yilib  so„yishga  ruxsat  beriladi  yoki 
veterinariya-sanitariya tadbirlari olib boriladi. 
So„yishdan  keyingi  nazorat  albatta  o„tkazilish  shart.  Chunki,  ba‟zi 
kasalliklarni  so„yishdan  so„ng  aniqlash  mumkin.  Ko„rikdan  o„tkazish  hayvonning 
bosh  qismidan boshlanadi.  So„ngra ichki  organlar va  nimta  ko„rikdan  o„tkaziladi. 
Hayvonlardagi  patologik  o„zgarishlarga  qarab  diagnoz  qo„yiladi  va  veterinariya-
sanitariya holatiga baho beriladi (go„sht va go„sht mahsulotlari). 
Sog„lom  hayvonlardan  olingan  nimtalar  tamg„alanadi.  Ko„rikda  oziq-ovqat 
maqsadida  ishlatishga  yaroqsiz  deb  topilgan  nimta  va  ichki  organlar,  qishloq 
xo„jalik  hayvonlariga  ozuqa  sifatida  ishlatilishi  mumkin  yoki  umuman  yo„q 
qilinadi.  
Kasal  hayvonlardan  olingan  go„sht  va  go„sht  mahsulotlari  shartli  yaroqli  deb 
baholanadi.  Ular  albatta  ishonarli  darajada  zararsizlantirilgan bo„lishi  shart.  Agar, 
ularda  kasallik  mikroblari  bor  deb  aniqlansa,  veterinariya-sanitariya  qoidasiga 
binoan  ularni  savdoga  chiqarish  man  etiladi.  Zararsizlantirishning  maqsadi, 
mahsulotlarda mavjud bo„lgan infeksion va invazion kasalliklarining  mikroblarini 
to„lig„icha yo„q qilishdir. Bunda, mahsulotlar ozuqaviy qiymatini yo„qotmasligiga 
e‟tibor berish kerak. Zararsizlantirishning asosiy usuli unga yuqori haroratda ishlov 
berish  hisoblanadi.  Issiqlik  yo„li  bilan  ishlov  berishning  samarador  bo„lishiga 
go„shtni bo„laklanish hajmi, undagi namlik, yog„ miqdori va boshqa omillar ta‟sir 
qiladi. Unda suv miqdori ko„p bo„lsa, semizlik darajasi shuncha past ammo, issiqlik 
o„tkazuvchanligi  yuqori  bo„ladi.  Yog„  va  oqsil  mikrob  hujayralarini  nobud 
bo„lishdan  ma‟lum  darajada  asraydi.  Shu  sababli,  patogen  mikroblarini  halokatga 
uchrashiga olib keladigan issiqlikda ishlov berish maqsadga muvofiq. Veterinariya-
sanitariya  qoidalari  binoan,  zararsizlantirilayotgan  mahsulotning  diametri  8  sm, 
bo„laklar og„irligi 2 kg gacha bo„lishi lozim. 
Ochiq qozonlarda go„sht, suv qaynagandan so„ng (100
0
Sda) 3 soat qaynatiladi. 
Yopiq  qozonlarda  esa  bug„  bosimi  0,5  kg/sm
2
  bo„lganda,  2  soat  30  minut 
qaynatiladi. Go„shtning ichki qismida harorat 80
0
S bo„lganda uni zararsizlantirildi 
deb hisoblash mumkin. 
Quyon va parrandalar go„shti 100
0
S da 1 soat qaynatiladi. Unda salmonillyoz 
va  tuberkullyoz  kasalliklari  mikroblari  bo„lsa,  qaynatish  1  soat  30  minut  davom 
etadi. 


 
348 
Veterinariya-sanitariya  qoidalariga  binoan,  oqsil,  o„lat,  pasterellyoz  kabi 
kasalliklarga  chalingan  hayvonlar  go„shtini,  faqat  muskul  to„qimasida  katta 
o„zgarishlar bo„lmasa, qaynatilgan kolbasa tayyorlashda ishlatishga ruxsat beriladi. 
Bunda kolbasa diametri 5 sm dan oshmasligi kerak. Qaynatish 88-90
0
S da 60 minut 
davom ettiriladi. Batonning ichki qismida harorat 75
0
S dan past bo„lmasligi lozim. 
Finnoz bilan zararlangan go„shtlarni muzlatish yoki tuzlash usulida zararsizlantirish 
mumkin. Bunda muskullar orasidagi harorat  -10
0
S ni tashkil qilishi lozim. Tuzlash 
usulida,  go„sht  bo„laklarning  og„irligi  2,5  kg  bo„lishi  kerak.  Unda  go„shtning 
og„irligiga nisbatan tuz miqdori 10 % sepiladi. So„ngra 26 % tuzli eritmada 20 kun 
saqlanadi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish