So‘yish jarayoni. Hayvonlarga birlamchi ishlov berish jarayoni
quyidagilardan
iborat;
xushsizlantirish,
qonsizlantirish,
terini
ajratish
(cho„chqalarda shparka va opalka junli qiltig„ini ajratish uchun) , ichki organlarini
ajratish, nimtani bo„lish, go„shtni sifatini baholash va tarozida tortish.
Xushsizlantirish. Hayvonlarni so„yishda, xushsizlantirib yoki bu jarayonni
amalga oshirmasdan ham so„yish mumkin. Qoramol, ot, cho„chqalarni albatta
xushsizlantirish lozim. Bu jarayonni qo„y va echkilarda ham qo„llash yaxshi natija
beradi. Xushsizlantirish, hayvonlarni o„zini bilish qobilyatini, sezuvchanligi va
harakatlanish xususiyatni yo„qotadi. Bu so„yishning keyingi jarayonlarini davom
ettirishga qulaylik yaratadi. Xushsizlantirishni mexanik va elektr toki usullarida
amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |