VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish.
Hozirgi zamon parranda go„shti yetishtirish duragay parrandalardan
foydalanish, ularni to„laqiymatli quruq omixta yemlar bilan oziqlantirish, jadal
texnologiyalarni joriy qilish, mo„‟tadil saqlash sharoitlarini yaratish.
Yil davomida to„xtovsiz parranda go„shtini katta korxonalar yetishtirib beradi.
Davriy ravishda to„xtovsiz parranda go„shti yetishtirish, yil davomida ota-ona
galasini o„z vaqtida to„ldirish asosida, inkubatsiya tuxumini uzluksiz olish va
go„sht jo„jalarini o„stirishdan iborat.
Parranda go„shtini sanoat negizida ishlab chiqarish o„ziga xos xususiyatlarga
ega. Bular ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish, yil davomida bir me‟yorda
go„sht ishlab chiqarish ta‟minlash uchun texnologik jarayonlarni jadallashtirish;
yirik binolardan samarali foydalanish; parrandalarni asrashda me‟yor talablari
ta‟minlash uchun mexanizatsiya va avtomatizatsiyadan keng foydalanish;
parrandalarning biologik xususiyatlarida to„la foydalanish asosida kam oziqa va
mehnat harajati bilan mo„l, sifatli, arzon go„sht ishlab chiqarishdan iborat.
Parranda go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda ishlab
chiqarish tugallangan texnologik jarayonlarga asoslanadi.
Uning tarkibida ota-ona galasi, inkubatoriya, yosh nasllik parrandalarni
o„stirish, jo„jalarni go„sht uchun o„stirish, so„yish sexlari va qo„shimcha bo„limlarni
o„z ichiga oladi. Ushbu tizim yagona texnologik harita asosida o„zviy bog„liqlikda
ishlaydi.
Ota-ona galasi sexi inkubatsiyalash uchun duragay tuxumlar ishlab chiqaradi.
Bu sexda har 8 tovuqqa 1 xo„roz berkitilib birga saqlanadi. Yil davomida bir tekis
jo„ja ochirish ta‟minlash uchun ota-ona galasi kamida 4 marta nasldor yosh
parrandalar bilan to„ldiriladi. Ba‟zi yirik korxonalarda bu tadbir 10 martagacha
amalga oshiriladi.
277
Nasldor mokiyonchalar 150 kunlikda ota-ona galasi tovuqxonasiga
ko„chiriladi, bir oydan keyin ro„yi-rost shu guruhga hujjat bilan o„tkaziladi.
Ulardan 8 oylikdan 14-15 oyligigacha, 6-7 oy davomida inkubatsiya tuxumlari
olinadi. Kerak bo„lsa to„llashdan keyin, ikkinchi davrga tuxum olish mumkin.
Ba‟zi korxonalarda ota-ona galasi tovuqlari yirik kataklarda guruhlab
saqlanadi. Bir katakda 30-40 tovuq va 4-5 xo„roz asraladi. Ushbu binolarda qishda
harorat 14-18 ºS, yozda esa 25ºS dan oshmasligi kerak. Nisbiy namlik qishda 65-
75%, yozda 55-65% tashkil etadi.
Yorug„lik darajasi oziqa oxiri tomonda 25-35 lyuks. Eng yuqori mahsuldorlik
paytida yoritish sutkasiga 14-15 soatdan 16-17 soatgacha yetkazladi. Tuxum berish
jadalligiga qarab bir bosh tovuqqa 130-160 gr omixta yem beriladi.
Kurka go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ota-ona galasiga
kurka jo„jalari 120 kunligida sog„ligi va rivojlanganligiga qarab tanlab olinadi.
Ularning erkak va urg„ochilari alohida saqlanib tabiiy urug„lantirishda 1:10 nisbat
sun‟iy urug„lantirishda 1:50 nisbat qo„llaniladi.
Kurka go„shti ishlab chiqaruvchi korxonalar ota-ona galasi 12x96, 18x72 m
o„lchamdagi kurkaxonalar bo„lib, ularda barcha mikroiqlim sharoitlari yaratib
beriladi. Kurkalar ushbu binolar ichida 200-250 boshdan qalin tushamalardan
guruhlab saqlanadi. 1 m² maydonga 1,5 bosh kurka to„g„ri kelib, xonada 16ºS
harorat va 60-70% nisbiy namlik tashkil etiladi. Kurkalarni sim kataklarda saqlash
ularning kurk bo„lish instinktini kuchaytirishi mumkin. Ota-ona galasi kurkalari
alohida omixta bilan oziqlantiriladi.
O‟rdak go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ota-ona galasi
yaxshi rivojlangan, sog„lom 150-160 kunlik yosh o„rdaklardan shakllantiriladi.
Jinsiy nisbat 1:4 bo„lib, erkak va urg„ochi o„rdaklar birga saqlanadi. Inkubatsiya
tuxumi kurkalardan 6 oylikdan boshlab olinadi. Ota-ona galasi yiliga 6 marta
to„ldirib turiladi.
Jo„jalar qalin tushamalarda 1 m² maydonda 8 boshdan saqlanadi. Havo
harorati 8-12 ºS, havoning nisbiy namligi 75-80%, yoritish davomiyligi 14-16
soatni tashkil etadi. Maxsus omixta yem bilan oziqlantiriladi.
G‟oz go„shti ishlab chiqarish korxonalarining ota-ona galasida g„ozlar 5 yil
davomida foydalaniladi, lekin oxirgi yillari g„ozlar tuxumdorligining pasayishi
ko„zatiladi.
Shuning uchun galada 35%bir, 30% ikki, 25% uch, 10% to„rtinchi yilgi
g„ozlar bo„lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilganda yil davomida
bir tekisda inkubatsiya tuxumlari olishni ta‟minlash mumkin.
Ota-ona galasi 180 kunlik g„ozlar bilan tashkil etiladi. Og„ir vaznli zotga
mansub g„ozlar uchun jinsiy nisbat 1:3, yengillari uchun 1:4 qilib belgilanadi.
Birinchi yili faqat tabiiy yorug„lik bilan kifoyalansa, ikkinchi yili dekabr oyidan
yoritish har hafta cho„zib sun‟iy yoritiщ evaziga 14-15 soatga yetkaziladi.
278
G‟ozlar derazasi, qalin tushamalardan 100-150 boshdan saqlanib, 2-3 g„ozga 1
ta tug„ish uyasi qo„yiladi. Tushama sifatida qirindi, somon yoki maydalangan
poxoldan foydalanish mumkin.
Havo harorati qish paytlarda 7-14ºS namligi 70-80% bo„lishi talab etiladi. 1m²
bino yuzasiga 1-2 boshdan g„oz to„g„ri keladi. Maxsus quruq omixta yemdan har
boshiga 300-350 gramm beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |