Qirqilgan qo‘ylarni asrash. Barcha qo„ylar ko„zdan o„tkaziladi, kerak bo„lsa
tuyoqlari kesilib, qirqilgan, ko„kargan teri nuqtalari kreolin eritmasining 3 %li yoki
boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar bilan ishlanadi. Kasal hayvonlar ajratilib,
sog„lom qo„ylar qo„raga qo„yib yuboriladi. 2-3 kun hosildorligi kam yaylovlarda
o„tlatiladi, chunki qirqimdan keyin qo„ylar birdan ko„p oziqa iste‟mol qilib kasal
bo„lishi mumkin. Qirqilgan qo„ylar shamollashga moyil bo„ladi, shuning uchun 5-6
kun qo„yxonalar atrofida boqish kerak, yomg„ir yog„sa yoki sovuq bo„lsa
204
qo„yxonalarga tez haydab kirish mumkin. Issiq kunlari esa ularni quyosh nuridan
kuyishdan saqlash kerak, shu bois 10-15 kun quyosh tepaga kelganda ularni soya-
salqin joylarga o„tkazish kerak.