Vitamin S(askorbinovaya kislota). Suvda eruvchi muhim vitamin hisoblanadi.
modda almashinuvi jarayonida hujayralarining nafas olishda ishtirok etadi; u
gormonlar va aminokislotalar hosil bo„lishida, temir moddasi organizm tomonidan
o„zlashtirilib olinishida, zaharli moddalarni zaharsizlantirishda ishtirok etadi.
Hayvonlar tanasida yetarli miqdorda A vitamini bo„lsa, S vitamini kerakli
miqdorda sintez qilinadi. S-gipovitaminoz, A-gipovitaminoz bilan birgalikda
uchraydi.
Parrandalarga S vitamini qo„shib berish, stress holatlarini oldini oladi va tuxum
puchogini qalinlashishiga sabab bo„ladi.
Askorbin kislotasi barcha o„simlik va hayvon hujayralarida uchraydi.U oziqalar
ochiq havoda saqlanganda parchalanadi yoki issiqlik ishlovi berilganda ildiz va
tuganak mevalar tarkibidagi vitaminlarning 50% parchalanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |