Sut davri(qoramollarda 3-4 oy) sut bilan oziqlantirish tugaguncha davom
etadi, shu davrda asosan sut bilan uning oxirida esa o„simlik oziqalarini iste‟mol
qila boshlaydi, oshqozon-ichak tizimi va unda mikroorganizmlar rivojlanadi.
Muskullar, suyaklar, to„qima va a‟zolar jadal rivojlanadi. Davr oxirida to„liq
o„simlik oziqalari yeyishga o„tadi.
Jinsiy balog‘at davri – ichki sekresiya bezlari faoliyat ko„rsatib, organizm tez
rivojlanib, jinsiy balog„at ro„y beradi. Hayvonlar ko„payish qobiliyatiga ega
bo„ladi; jinsiy bezlar o„sishi poyoniga yetadi; ularda jinsiy faoliyat muntazam ro„y
beradi; ikkilamchi jinsiy a‟zolar to„liq shakllanib, hayvonning o„ziga xos
xususiyatlari shakllanadi. Organizmning umumiy o„sish jadalligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |