Postembrional davrda o‘sish va rivojlanish.
Yangi tug„ilgan qulunlar 40-60; buzoqlar 25-40; qo„zilar3-5; cho„chqa
bolalari 1-1,5 kg, quyon bolalari 50 g, jo„jalar 36-40 g tosh bosadi. Postembrional
davrda ham hayvonlarning tashqi muhitga, hayot sharoitiga talabi o„zgaradi va 5
davrni o„z ichiga oladi (P.D. Pshenichniy bo„yicha):
Yangi tug‘ilganlik( tug‘ilgandan 10-20 kunlikgacha). Yashash sharoiti
keskin o„zgargan. Ona organizmidan tashqarida yashashga ko„nikadi. O‟pka bilan
nafas ola boshlaydi; ovqat hazm qilish, siydik ajratish a‟zolarni o„zgacha ishlay
boshladi; qon hosil bo„lish manbalari harakatga keladi; mustaqil tana haroratini
ta‟minlaydi; tanani tashqi muhit bilan bog„lovchi va himoya shartli reflekslari
paydo bo„ladi. Yagona oziqa – ona suti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |