3- Mavzu:Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi.
Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X
Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа
mа`nаviyat аsоslаri
REJA:
1.Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari.
2.Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni.
3.Tabiiy rеsurslarga nisbatan davlat mulk huquqi.
1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasida, er, er osti boyliklari, suv,
o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir leb qayd
etilgan. O`zbekistonning asosiy qonuni tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni
umummilliy boylik deb tan olish yuli bilan hal etgan.Tabiiy rеsurslar boshqa mol-mulk kabi
O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir.
O`zbekiston Respublikasi hududidagi , er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot
dunyosi, havo habzasiga nisbatan mulk huquqi O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi Er kodeksida va tabiiy
resurslar to`g`risidagi boshqa qonunlarda belgilangan.
Mulk huquqi tabiiy resurslarni kimga tetishliligini vf mulkdorlarning tabiiy nisbatan
vakolatlarini anglatadi. Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi Tabiiy rеsurslarga nisbatan
mulky huquq ob`ektkariga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida
namayon bo`ladi.
Tabiiy rеsurslarga er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi kiradi.
Ekologiya huquqi ob`ekti bo`lib, faqat tabiiy ob`ektlar hisoblanganligi sababli ekologik qonun
hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi ob`ektlarga mulkchilik munosabatlari tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy rеsurslar asosan davlat mulki
hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq er, er
osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo havzasi bo`shlig`I respublika mulki
hisoblanadi.
Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulrchilik masalasi Er kodeksining 16- va 18-moddalarida, er
osti boyliklari to`g`risidagi, Suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi, “O`simlik dunyosini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to`g`risida”gi, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish
va ulardan foydalanish
to`g`risida”gi
qonunlarning
3-
moddasida,
“O`zbekiston
Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi qonunning 19- moddasida mustahkamlangan.
O`zbekistonda faqat ayrim hollarda, ya`ni Er kodeksining 18- voddasida ko`zda tutilgan
er uchastkalari jismoniy vf yuridik shaxslarning mulki bo`lishi mumkin.
Tabiiy ob`ektlar bilan mulkning bizni o`rab turgan tabiiy muhitdan ajralmaslik
xususiyatiga mos ravishda tabiiy va ijtimoiy o`rtasidagi farq belgilanadi.
Tabiiy ob`ekt bir vaqtning o`zida ham tabiiy ob`ekt, ham mulk bo`lib qolaveradi vfa uni
atrof muhitdan ajratib bo`lmaydi.Ekologik bog`liqlikning bunday yuqotilishi tabiiy zahiralarga
nisbatan mulkchilikning to`xtatilishiga va qonuniy asoslar bo`lganda moddiy va ashyoviy
boyliklarga nisbatan mulrchilik huquqining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Ammo bunda faqat
qonuniy ravishda foydalanish jarayonida tabiiy resurs atrof tabiiy muhitdan chiqarilib olinsa, u
foydalanuvchining mulki hisoblanadi. Masalan, “hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to`g`risida”gi qonunning 16- moddasida foydalanuvchilar tutib olingan hayvonot
dunyosi ob`ektlariga nisbatan mulk huquqiga egadirlar. Bunda, usbu qonunning 3-moddasiga
asosan davlat mulki bo`lgan ob`ekt foydalanish jarayonida xususiy mulkka aylanadi.
O`zbekiston Respublikasining Er kodeksining 28-moddalarida shunday deyiladi:
“O`zbekiston Respublikasida erdan foydalanganlik uchun haq to`lanadi. O`z egaligida vf
foydalanishida hamda mulkida er uchastkalari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar er uchun haq
to`laydilar. Er uchun haq har yili to`lanadigan er solig`I shaklida olinadi, uning miqdori er
uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta`minlanish darajasiga qarab bekgilanadi.
Er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy boyliklar-
tabiatning asosiy ob`ektlari-asosan davlat mulkini tashkil etadi.
Er, er osti boyliklari, suv va havo kengliklariga, nabobat va hayvonot dunyjsiga nisbatan
yagona mulkchilik huquqi tabiiy ob`ektlarni davlatdan ajratib bo`lmasligi shart qilib qo`yiladi.
Bu ob`ektlarning belgilangan narxi, bahosi yuq, shu sababli mahsulot yoki pul shaklidagi
ekvivalenti mavjud emas.Qonunlarda ularni sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214 moddasi tabiiy resurslarni davlat
ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki ob`ektlari
sifatida ko`zda tutilgan. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga mulk huquqining sub`ekti
davlatdir.
Er uchastkalariga bo`lgan mulk huquqining sub`ektlari bo`lib, er va boshqa ko`chmas
mulkdan maxsus yunalishda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining ob`ektlari tabiiy resurslar hisoblanadi.
2. Mulk huquqi keng ma`nodagi ashyoviy huquq bo`lib, huquq egasi, ya`ni mulkdorlarga
“o`ziga tetishli mulklardan foydalanish mazmuni va yunalishini faqat o`zi belgilashi hamda ular
ustidan to`liq “xo`jalik hokimiyatini” amalgam oshirish” huquqini beradi.
Mulrdorning qonuniy huquqlarini uchlik sifatida, ya`ni egalik qilish foydalanish hamda
idora qilishga ajratish an`anaviy hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
164- moddasiga asosan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning
egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari tashkil etadi.
Tabiiy resurslar davlat mulki bo`lganligi uchun mulkdorning huquqlarini amalga
ohsirish ma`lum bir xususiyatlarga ega.
1.Tabiiy resurslarga mulk huquqini mazmuni ham, fuqarolik huquqiy normalar ham
ekologiyak huquqiy normalar bilan belgilanadi.
2.Barcha tabiiy resurslar, xucuciy mulk qilib ajratilgan er uchastkalarini istisno qilgan
holda, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida bo`lishidan qat`iy nazar davlat mulki
fisoblanadi,ya`ni davlatning egaligi saqlanib qoladi.
3. Davlat tabiiy resurslardan bevosita foydalanishni amalga oshirmaydi, ulardan
foydalanish huquqini tartibi va shartlarini beigilaydi. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi har
xil shaklda (egalik, foydalanish, ijara) yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.Shunday
foydalanish uchun davlat o`rnatilgan soliqlar vf to`lovlarning davlat foydasiga undiradi.
4.Aksriyat hollarda tabiiy resurslarni tasarruf etish natijasida davlat egalik huquqini
you`qotmayda va tasarruf etish, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza etishni tashkil
qilishga qaratilgan.
5. Davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali amalgam oshiradi.
Tabiiy resurslarni muhofaza etish va foydalanishning davlat boshqaruvi avvalambor tabiiy
resurslarning tasarruf etishga you`naltirilgan. Shu jumladan, vakolatli davlat organlari tabiiy
resurslarni foydalanishga ajratadilar va foydalanuvchilardan qaytarib oladilar, foydalanish
maqsadlarini belgilaydilar.Masalan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, mahalliy
davlat horimiyat organlari Er kodeksining 4-,7-moddalariga muvofiq erlarni yuridik va jismoniy
shaxslarga ajratib berish va qaytarib olish vakolatlariga egalar.
Аdаbiyotlаr.
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000.
2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m.
3.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining
Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m.
4.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining
Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m.
16.Natsionalny doklad «O sostoyanii okrujayushey sred i ispolzovanii prirodnx resursov
Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000.
5.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR
Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni.
6.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya
masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003.
7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992.
8.Ayubov
U.T.Lishenie,ogranichenie
i
priostanovlenie
prav
svyazannx
s
prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str.
9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999.
9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998.
4-Mavzu: Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi.
Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X
Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа
mа`nаviyat аsоslаri
Reja;
1.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi.
2.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari tizimi.
3.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolati.
1.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrof muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo`ladi va jamiyatda
ijtimoiy boshharuvning tarkibiy hismi bo`ladi..
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o`zining ekologik
vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tasgkil etish asosida inson
atrof muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni
ta’minlash maqsadlari turadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslarining miqdori sifatida
tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni tassaruf etish huquqini amalga
oshirishadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining tabiiy
resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro etrish va farmoyish
berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruvi organlarining ijroiya faoliyati ushbu ijroiya hokimiyatiga
taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalgam oshirishga
qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy
ko`rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish beriish
faoliyati atrof tabiiy resurslar to`g`risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashga
qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi qo`yidagi tamoyillarga asoslangan:
-Boshqarishning qonuniylikka asoslanishi;
-Tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya’ni, ekologik munosabatlarni tartibga
solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy
resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta’minlanishiga qaratiladi.
-Ekologiya sohalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, ya’ni tabiiy resurslardan
foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishda
respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy resurslarga bo`lgan ehtiyojlarini hondirishni
ta'minlash.
-Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan foydalanish va
nazorat qilishni ajratish, ya’ni ekologiya sohasida tabiiy resurslardan foydalanuvchilar nazorat
qilish vakolatiga ega bo`lmasligida, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarini
shallantirish hamda ularni faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish
vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi.Masalan , oh va suv xo`jaligi vazirligi huzurida
O`rmon xo`jaligi bosh boshharmasi o`rmondan foydalanishni tashkil hiluvchi davlat organidir
va uning korxona ,tashkilotlari, o`rmon xo`jaliklari o`rmondan asosiy foydalanuvchilar bo`lib
hisoblanadi.Shuning uchun ushbu organ o`rmondan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib
borish vakolatiga ega emas.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma’lum bir shakllarda va usullarda amalga
oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza
qilish faoliyati hisoblanadi.Ijroiya organlari huquq ijod qilish yo`li bilan qabul hilingan mе'yoriy
hujjatlarida qonunlarda bеlgilangan qoidalarnil yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosabatlarni
batafsil tartibga soluvchi mе'yorlarni bеlgilaydi. Masalan, Yer to`g`risidagi kodеksning va
“Davlat Yer kadastiri to`g`risida”gi qonunning qoidalaril O`zbyokiston Rеspublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998 y.31 dеkabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat Yer kadastrini
yuritish to`g`risida”gi Nizom va O`zbyokiston Rеspublikasi Yer rеsurslari davlat qo`mitasi va
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gеodеziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshharmasi
tomonidan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 1999 y.27 mayda 736-son bilan davlat
ro`yxatiga olingan “Yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi
to`g`risida”gi Yo`riqnoma bilan tartibga solinadi.
Davlat boshqaruvi organlarining ijroiya faoliyati qonun hujjatlarini amalga oshirish
bo`yicha amaliy faoliyati hisoblanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali
tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor
shaxslarni jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortish masalasi huquqni muhofaza qilish
organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning ma’muriyati oldiga qo`yiladi, agar ekologik nazorat
organlari ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo `lsalar, ushbu masalani hal qiladilar,
sud organlarida atrof tabiiy muhitga etkazilgan zararni undirish bo`yicha da’vo arizalarni
qo`zg`atadilar, tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruvi organlari boshqarish
uslublarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar sub’ektlariga davlat ta’sir ko`rsatish usullarini
qo`llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, majburiy ko`rsatmalar berish kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan foydalanishni
tashkil etishda qo`llaniladi.Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat
organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.
Rozilik berish (sanksiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan
tayyorlangan me’yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va
rozilik berishi tushuniladi.
Masalan, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo`yicha yo`l qo`yiladigan doiradagi
normativlarni tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangandan so`ng, mazkur
zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash mumkin. (, Atmosfera havosini muhofaza qilish
to`g`risida”gi qonunning 8-moddasi), yoki qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan
tasdiqlangan ichki yer tuzilish sxemalariga muvofiq yerdan foydalanishni amalgam oshiradilar
(Yer kodeksining 13-moddasi).
Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash uslubi atrof-muhitni muhofaza qilishni tashkil
etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy hududlarda ma’lum bir
faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi.Masalan,suvdan umumiy
foydalanishning turi bo`lgan cho`milish aholini xavfsizligini ta'minlash maqsadida ma'lum suv
ob'еktlarida man etilishi mumkin yoki suv muhofaza zonalarida daraxt va butazorlarni
kеsish,yoqilhi va moy quyish shaxobchalarini joylashtirish va ishlatish,zaharli ximikatlarni
ho`llash,chorvachilik fYermalarini joylashtirish va boshhalar tahihlanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshharuv organlarining vakolat doirasida qabul hilingan
qarorlari ekologik munosabatlar sub'еktlariga nisbatan majburiy hisoblanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari qonun hujjatlariga muvofiq, ma’lum
vakolatlarni amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar qo`yidagilardan iborat:
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me’yoriy
hujjatlarni qabul qilish; atrof tabiiy muhitni muhofazasini ta’minlovchi me’yorlarni belgilash,
ekologik standartlash, ekologik sertifikatsiyalash; tabiiy resurslarning davlat hisobini va davlat
kadastrlarini yuritish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni
rejalashtirish; tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash; tabiiy resurslarni hududiy
joylashtirish; ekologik nazoratni amalgam oshirish; nizolarni hal qilish.
2. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarning doirasi
kengdir.O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, ekologiya sohasida davlat
boshqaruvini amalgam oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat
organlariga bo`linadi.
Maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar o`z navbatida, tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid
turlarga bo`linadi.
Umumiy vakolatga ega bo`lgan organlarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyat
organlari kiradi.
Ekologiya sohasida davlat boshharuvida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari O`zbyokiston
Rеspublikasi Konstitutsiyasida (98mod),O`zbyokiston Rеspublikasining 1993 yil 6 may
“Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi qonunini 9,10,11,12,20-moddalarida hamda tabiiy rеsurslar
to`g`risidagi qonunlarning tngishli moddalarida bеlgilanan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va
ulardan foydalanish masalalari bo`yicha normativ hujjatlar (qaror, nizom, qoida va tartiblar)
qabul qiladi: Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida
yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; tabiiy
resurslardan foydalanish uchun soliq va to`lovlar miqdorini belgilaydi;atrof tabiiy muhit
monitoringgi, tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega
bo`lgan davlat organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.Davlat ekologik nazoratini tashkil
etadi; yer uchastkalariga egalik qilishga , foydalanishga, shu jumladan ijaraga beradi, yer
uchastkalariga bo`lgan huquqini bekor qiladi;yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradi
va uni bekor qiladi, yer osti boyliklardan foydalanishni litsenziyalash tizimini tashkil etadi;
umum tarqalgan foydali qazilmalar ro`yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy
ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; tabiiy ofatlar va
yerik avariyalar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarni amalgam oshiradi; ekologiya sohasida
xalqaro aloqalarni o`rnatadi va rivojlantiradi.
Ekologiya sohasida davlat boshharuvida mahalliy davlat hokimiyat organlarining
vakkolatlari Konstitutsiyada (100),o`zbyokiston Rеspublikasining 1993 y.3 sеntyabr “Mahalliy
davlat hokimiyat organlari to`g`risida ”gi qonunda (10,24,25- moddalari), “Tabiatni muhofaza
qilish to`g`risida”gi qonunda (10- modda) va tabiiy rеsurslar to`g`risidagi qonunlarning tеgishli
moddalarida bеlgilangan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o`z hududlarida ekologiya sohasida davlat
boshharuvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar:mintaqada tabiatni muhofaza
qilishning asosiy yunalishlarini bеlgilaydilar,tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanish va ularni
muhofaza qilishning hududiy dasturlarini bеlgilaydilar;atrof tabiiy hududlarga zarar
еtkazayotgan ob'еktlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to`xtatish va qayta ixtisoslashtirish
to`g`risida qarorlar qabul qiladilar; foydalanishni tashkil qilish maqsadida tabiiy rеsurslarni
taqsimilaydilar va shunday foydalanish huquqlarini bеkor qiladilar;atrof-tabiiy muhit
monitoringi tabiiy rеsurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadilar;tabiiy rеsurslardan
oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga
oshiruvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik
munosabatlarni tartibga solish bilan bog`liq bo`lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb
nomlanadilar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy
o`rinni O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi egallaydi.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga bo`ysunadi va unga hisobdordir.Tabiatni muhofaza qilish davlat ho`mitasi
Majlisining 1996 y.26 aprеldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofih tabiatni muhofaza
qilish, tabiiy rеsurslardan foydalanish va qayta taqsimlash sohasida davlat nazoratini hamda
tarmohlararo
boshharuvni
amalga
oshiruvchi,idoralardan
ustun
turuvchi
hamda
muvofihlashtiruvchi maxsus vakolatli organlardir.
O`zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo`mitasi 1998 yil 24 iyuldagi O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tashkil etilgan. Ushbu organ er monitoringi, davlat er
kadastrini yuritadi; er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`exatiga oladi, er resurslarini
davlat hisobini olib boradi,erdan oqilona foydalanish vf uni muhofaza etilishi ustidan davlat
nazoratini olib boradi; er tuzish ishlarini tashkil etadi va boshqa vakolatlarni amalgam oshiradi.
Geodeziya,kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi shaharlar va boshqa aholi
punktlarida yuridik va jismoniy shaxslarning erga bo`lgan huquqlarini davlat ro`yxatga oladi va
davlat er kadastrini yuritadi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi shaxslarda erlarni
foydalanishga ajratib berishda va erlardan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi.
O`zbekiston Respublikasi Geologiya va meniral resurslar davlat qo`mitasi Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 9 dekabrdagi 435-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini
nazorat qilish agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fefraldagi Farmoniga
muvofiq, foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish
bilan bog`liq bo`lmagan er inshoatlarining qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish
hujjatlarini beradi; er osti boyliklaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligu va uning organlari davlat suv
hisobini va davlat suv kadastrini er osti suvlarining iste`mol qilish qismida yuritadi, suvdan
foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi, suvdan limitli foydalanish bo`yicha shartnomalar
tuzadi;sun`ie suv havzalaridan va kanallardan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ichimlik suvlarning ifloslanishi
ustidan sanitary nazoratini, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta`sir ko`rsatilishi ustidan davlat
nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati
avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi ustidan davlat nazoratini olib
boradi.
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligu huzurida O`rmon xo`jaligi
bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fefraldagi Farmoniga
muvofiq, o`rmon xo`jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalgam oshiradi.
3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari deganda, ularning shu
sohadagi faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari qo`yidagi vakolatlarni amalga oshiradilar.
Tabiiy resurslarni
muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me’yoriy
hujjatlarni qabul qilish yo`li bilan davlat organlari qonun va hukumat qarorlaridagi qoidalarni
ya’nada rivojlantiruvchi va detallashtirilgan idoraviy normativ hujjatlar qabul qiladilar.Masalan,
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida yer solig`iga oid me’yorlar kiritilgan va uning 99-
moddasiga muvofiq, yer solig`i stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.Bundan tashqari, yer solig`ni hisoblash va undirish bo`yicha munosabatlar
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi davlat qo`mitasi tamonidan 1997 yil 28 noyabrda
tasdiqlangan va Adliya vazirligiga 4-noyabr 1998 yil 401-1 raqami bilan davlat ro`yxatiga
olingan.,,Yer solig`ini hisoblash va to`lash tartibi to`g`risida”gi yo`riqnoma bilan tartibga
solinadi. Idoraviy me’yoriy hujjatlar asosida me’yoriy hujjatlarda texnik va tabiiy fanlar talabini
kiritish lozim bo`lganda qabul qilinadi. Bunday yo`riqnomalar geologiya va konlardan
foydalanish sohasida ko`p qabul qilingan.
Davlat organlari atrof tabiiy muhitining muhofazasini ta’minlovchi normativlarni qabul
qiladilar. Bularga: suvda ifloslantiruvchi moddalarning yo`l quyiladigan darajada to`planishi
atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologic organizmlarning yo`l qo`iladigan
darajada to`planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvshi
va boshqa zararli ta’sirlar ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan darajalar kiradi.
Ekologik standartlash orqali asosan ishlab chiqarish mahsulotlarining ekologik talablar
javob berishi belgilanadi. O`zbekiston Respublikasining, Standartlash to`g`risida”gi qonunning
8-moddasida tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Sog`liqni saqlash vazirligi standartlash
organlari sifatida belgilangan va ular ekologik standartlashni amalgam oshiradilar.
O`zbekiston Respublikasining, “Sertifikatsiylash to`g`risida”gi va, “Tabiatni muhofaza
qilish to`g`risida”gi qonunlariga muvofiq, ekologik sertifikatsiylash
ser-
tifikatsiya
qilinadigan mahsulotni belgilangan ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash bo`yicha
faoliyatdir. Ushbu qonunning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya sohasidagi davlat organlarini va
boshqa yuridik shaxslar ekologik sertifikatsiya qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston Respublikasining standartlash metroligiya va sertifikatsiya
markazi organlarida akkreditatsiyadan o`tadilar, ya’ni ushbu faoliyatni amalga oshirish bo`yicha
ruxsat beriladi.
Tabiiy ob’eklar to`g`risida ma’lumot yig`ish maqsadida davlat organlari ularning davlat
hisobini amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar orqali tabiiy ob’eklarning son va sifat
ko`rsatgichlari, ya’ni ularning miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflar
aniqlanadi.
Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad tabiiy ob’eklar haqida to`g`ri va
to`liq ma’lumotlarni olish, ularning holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy ob’eklarning miqdori va
sifati, ularning huquqiy, tabiiy, xo`jalik holati, foydalanish darajasi to`g`risidagi ma’lumotlar
tizimi tabiiy ob’ektlar kadastrlar deb nomlanadi.
Tabiiy ob'еktning kadastri shu tabiiy rеsursni idora etuvchi maxsus davlat organoari
tomonidan yuritiladi va davlat byudjеti mablag`laridan moliyalashtiriladi.
Davlat kadastrlarini yuritishda tabiiy rеsurslardan foydalanuvchilardan olinadigan
ma'lumotlarga asoslanadi,masalan Yer egalari va Yerdlan foydalanuvchilar Yerdan
foydalanishdagi o`zgarishlar to`g`risida davlat organlariga ma'lumot berishlari lozim.
Tabiiy rеsurslarni oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ishlari rеspublika xalh
xo`jaligi,viloyatlar,tumanlar,shaharlar va boshha aholi punktlarinining rivojlantirish istihbollarini
bеlgilash chohida umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar tomonidan rеjalashtiriladi.
Tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash bu valokatli organlarning davlat
mulki bo`lgan tabiiy resurslarni davlat nomidan tasarruf etib, ulardan foydalanishni tashkil
etishdan iborat. Yer uchastkalarini egalikka foydalanishga va ijaraga berish to`g`risidagi
qarorlarni O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-7, 23-moddalariga muvofiq, Vazirlar
Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari qabul qiladilar. Suvlardan maxsus foydalanish
bo`yicha ruxsatnomalar tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi organlari tomonidan beriladi.
O`rmonlardan foydalanish huquqi ega o`rmon xojaligi davlat organlari yoki ular kafolat bergan
o`rmon xo`jaligi korxona, muassasa va tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar
asosida vujudga keladi.
Ekologik nazorat vakolati tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza
etilishi ustidan ko`zatuv va tekshiruvlar orqali amalgam oshiriladi. Ekologik nazoratni umumiy
va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari olib boradilar. Bugungi kunda ekologik
nazorat to`g`risida me’yoriy hujjat bo`lmasa ham, uni amalga oshiradigan organlarning
vakolatlari ,,Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunda, Yer kodeksida tabiiy resurslar
to`g`risidagi boshqa qonunlarda hamda tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, yer resurslari
davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash Vazirligi, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib
borilishini nazorat qilish agentligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi to`g`risidagi nomzodlarda
o`z aksini topgan.
Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish chog`ida foydalanuvchilar
davlat organlari va boshha shaxslar o`rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda davlat
organlari qatnashadilar.
Аdаbiyotlаr.
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000.
2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m.
3.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining
Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m.
4.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining
Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m.
16.Natsionalny doklad «O sostoyanii okrujayushey sred i ispolzovanii prirodnx resursov
Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000.
5.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR
Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni.
6.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya
masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003.
7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992.
8.Ayubov
U.T.Lishenie,ogranichenie
i
priostanovlenie
prav
svyazannx
s
prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str.
9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999.
9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |