Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.12.2019
Hajmi0,64 Mb.
#31034
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ekologiya huquqi predmeti metodi va tizimi


3.Tabiiy resurslardan oqilina foydalanmaslik va uni ifloslantirish natijasida atro tabiiy muhitga 

ekologik va iqtisodiy zarar etkaziladi. 



 

Iqtisodiy  zarar  tabiiy  ob`ektlarning  nobud  bo`lishi,buzilishi,yuq  bo`lib  yoki  kamayib 

ketishi hamda tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning xo`jalik manfaatlariga  ziyon yetkazilishi 

bilan namoyon bo`ladi. 

Ekologik  zarar  tabiiy  sharoitlarning  yomonlashuvi,  tabiiy  ob`ektlarning  son  va  sifat  jihatdan 

salbiy  o`zgarishlari  orqali  namoyon  bo`lib,insonlarning  toza,  sog`lom  va  qulay  tabiiy  muhitga 

bo`lgan huquqlari buziladi. 

Atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksini 985-

moddasiga,  «Tаbаtni  muhоfаzа  qilish  to’g’risidа»gi  Qonunning  49-moddasiga    va  tabiiy 

ob`ektlar to`g`risidagi  tetishli qonunlarning tetishli moddalariga muvofiq, zarar shaxs tomonidan 

to`liq  hajmda  qoplanishi  lozim.Ushbu  qoida  yetkazilgan  zararni  qoplashning  asosiy  talabini 


belgilaydi.  Shu  bilan  birga,  ushbu  Rodeksning  2-moddasi  5  qismida  atrof  tabiiy  muhitni 

muhоfаzа  qilish  munosabatlariga  nisbatan  fuqarolik  qonun  hujjatlari  ushbu    munosabatlarni 

maxsus  qonunlar  bilan  tartibga  solinmaydigan  hollarda  qo`llanishi  ko`rsatilgan.Shuning  uchun 

aAtrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirishning quidagi o`ziga xos xususiyatlari mavjud: 

o`simlir va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarazni taksa uslubi asosida undirish. Bu  hususiyatni 

belgiiashdan sabab shuhdan  iboratki, ushbu obektlarga yetkazilgan haqiqiy zararni aniqlashning 

murakkabliga  maliyotdan  kelib  chiqqan  xolda,  har  bir  xayvonot  va  o’simlik  dunyosi  turidan 

noqonuniy xolda, har bir xayvonot va o’simlik dunyosi turida noqonyniy  foydalanish yoki nobyt 

qilish  uchun  oldindan  belgilangan  miqdorlar  asosida  yetkazilgan  zarar  undiriladi.  Masalan, 

o’simlik dunyosiga yetqazilgan zararni xisoblash O’bekiston Respyplikasi Vazirlar Maxmasining  

1995 yil 27-iyuldagi 293-sonli qarori bilan tastiqlangan taksalar asosida amalgam oshirildi. 

Atrof      tabiiy  muhitga  zarar  fuqarolik  –  huquqiy  huquqbuzarlik  sodir  etilishi  oqibatida 

etkaziladi.      Atrof      tabiiy  muhitga  zarar  yuriaik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan    extiyotsizlik 

yoki  qaasddan    hamda    harakat  yoki  harakatsizlik  natijasida  sodir  etiladi.  Ushbu  holatda 

huquqbuzarlikning  tarkibi  hosil  bo`lishi  uchun  qilingan  harakat  yoki    harakatsizlik  va  kelib 

chiqgan oqibatlar o`rtasidagi sababiy bog`lanish mavjud bo`lishi lozim. 

 Atrof     tabiiy  muhitga  yetkazilgan zararning tarkibiga    quyidagilar  kiradi:  haqiqiy  zararning 

yetkazilgan zarar ekologik zararning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan harajatlar olinvagan 

daromadlar va boshqalar. 

Haqiqiy  etkazilgan  zararga  nobud  bo`lgan  o`simlik  va  hayvonot  dunyosi  ob`ektlarning, 

qishloq  xo`jalik  ekinlarining  qiymati  kiradi.  Tabiiy  ob`ektlarni  tiklash,  ifloslangan  suvlarni, 

tuproq va  havoni tozalashga ketgan harajatlar hamda ekologik zarar oqibatlarini bartaraf etishga 

qaratilgan  boshqa  sarf-harajatlar  majburiy  harajatlarni  tashkil  etadi.  Olinmagan  daromadga  shu 

nabiiy ob`ektning foydalanishidan kelib tushushi lozim bo`lgan, ammo uning nobud bo`lishi yoki 

yomonlashuvi oqibatida olinmagan yoxud  olish imkoniyati yuqolgan daromadlar kiradi, masalan 

tuprog`I kimyoviymoddalar bilan ifloslsngsn er maydonidan tushadigan daromad hisoblanadi. 

Atrof      tabiiy  muhitga  yetkazilgan  zararni  qoplash  ixtiyoriy  yoki  majburiy  bo`lishi  mumkin. 

Uni majburiy undirish Tabiayni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, tabiiy resurslardan foydalanish 

va  muhofaza  etishni  tashkil  qiluvchi  davlat  organlarining  manfaatdor  va  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning  da`vosiga  asosan,  tetishli  sud  yoki  xo`jalik  sudining  qaroriga  binoan  amalga 

oshiriladi.  

 

4.    Atrof  tabiy  muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  foydalanishning 



oqilonaligining  ta’minlashda    javobgarlik  sifatida  qo’llaniladigan  tabiiy  resurslarga  bo’lgan 

huquqlarni cheklash, to’xtatib turish va undan mahrum etish alohida ahamiyatga ega. 

Ekologik  huquqiy  javobgarlikning  asoslari  va  unu  qullash  tartibi  bevosita    ekologik 

qonun hujjatlarida o`z aksini topgan. . O`zbekiston Rеspublikаsinsng «Tаbаtni muhоfаzа qilish 

to’g’risidа»gi  Qоnunining  23-mоddаsigа  muvofiq,  tabiiy  resurslardan  foydalanish  talablarini 

muttasil  buzadigan  foydalanuvchi  tabiiy    resurslardan  foydalanish    huquqidan  mahrum  etilishi 

mumkin.Bunday qoidalar alohida tabiiy  resurslarning  huquqiy holatini belgilovchi qonunlarga 

riritilgan. 

 

Ekologik  qonun  hujjatlarga  muvofiq,  tabiiy    resurslardan  foydalanish    huquqini 



cheklanishi,  to`tatib  turilishi  va  mahrunm  etilishi  ushbu  huquqni  bergan  organ  tomonidan 

amalgam oshiriladi.Bu esa ushbu  huquqni bergan jrgan tomonidan amalgam oshiriladi. 

 

Agar  ekologik  talablar  buzilib,  uning  oqibatlarini  va  kelib    chiqish  sabablarini  bartaraf 



etish  uchun  keskin  choralar  ko`rish  shart  bo`lmasa,  ammo  tabiiy    resursga  salbiy  ta`sir 

ko`rsatayotgan  bo`lsa,  tabiiy  resurslardan    foydalanish    huquqi  cheklanishi  yoki    to`tatib 

qo`yilishi  mumkin.  Tabiiy  resurslardan    foydalanuvchining  huququni  cheklashda  u  ushbu 

huquqdan  mahrum  etilmaydi,faqat  uni  tabiiy  resurslarga  nisbatan  huquqi  cheklanadi  va  yoki 

unga qo`shimcha majburiyatlar yuklanadi. 

 

Ekologik  qonun  hujjatlarga  muvofiq,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  atrof-muhit  bilan 



bog`liq  bo`lgan  boshqa      huquqlardan    ham  mahrum  etiladilar  yoki  ularni  cheklash  va  to`xttib 

turish mumkin. 



АDАBIYOTLАR  

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 

2.Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”gi  qonun.O’zbekiston    Respublikasi 

Oliy Kengashining  Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 

 

3.”Tabiatni  muhofaza  qilish    to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 



Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m. 

4.O’zbekiston  Respublikasining  “Yer  kodeksi”.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 

16.Natsionalny  doklad  «O  sostoyanii  okrujayushey  sred  i  ispolzovanii  prirodnx  resursov 

Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 

5.Karimov  I.A.Islohotlar  strategiyasi  –mamlakatimiz  iqtisodiy  salohiyatini  yuksaltirishdir.O’zR 

Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 

6.Xolmshminov  J.,Xayitboev  E.”Ekologik  xavfsizlik:ekologik  huquqiy  ta‘lim  va  tarbiya 

masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003. 

7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992. 

8.Ayubov 

U.T.Lishenie,ogranichenie 

priostanovlenie 



prav 

svyazannx 

prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str. 



9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999. 

9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998. 



 

 

7-Mavzu: Yerdаn fоydаlаnish vа  muhоfаzа Qilishning huiuQiy hоlаti 



Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X 

Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа 

mа`nаviyat аsоslаri 

 

 

 

 

Reja; 

1.  Yerlarni  muhofaza  girlish  va  larding  foydalanishning      huquqiy  holatining  tushunchasi  va 

xususiyatlari. 

2.  Yagona davlat yer fondi va uning tarkibi. 

3.  Yerdan foydalanish  huquqining vujudga kelishi va bekor bo`lish asoslari va tartibi.  

4.  Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari. 

 

 

1.Yer  resurslaridan  samarali  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  har  xil  vosita  va 



usullar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Shuday  usulardan  eng  muhimlaridan  biri-yer  boyliklarini 

huquqiy  muhofaza  qilishdir,  yer  qonunlar  yordamida  buzilib  tashlanishidan,  ifloslanishidan, 

zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. 

 

Yer  rеsurslаrini  huQuQiy  muhоfаzа  Qilish  zаruriyatini  yanа  shu  bilаn  tushuntirish 



mumkinki, 

Yerdаn  oqilona,  samarali  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni  ta’min  etishda 

qonunning ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq 

bo`lgan  munosabatlarni  tartibga  soladi  hamda  undan  oqilona  foydalanish  va  har  xil 

g`ayriqonuniy xatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. 

 

Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabarda bo`ish, asrab-avaylash, 



qadrlash,  doimo  tuproq  unumdorligini  oshib  borish  talabini  belgilaydi,  yerdan  foydalanish 

qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi. 

 

Yerlarni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  huquqiy  qoidalar  asosan  qo`yidagilarni  tartibga 



soladi: sug`oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan maqsadlarga berishdan himoya 

qilish:  tuproqni  unumdor  qatlamini  saqlash:  tuproqni  eroziyadan  saqlash  yerni  agrohimikaltlar 

ta’siiridan himoya qilish: yerni ishdan chiqarib aqo`yishdan, botqoqlashishdan muhofaza qilish: 

yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va xokozo. 

 

Qonunning  yerni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  normalarni  tuproqning  unumdorligini 



saqlashni tartibga solishga bag`ishlangan. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga 

rioya  qilmaslik,  yerdan  ilmiy  asosda  foydalanmaslik,  tuproqning  agrotexnika  qoidalariga  rioya 

qilmaslik,  zaharli  himikatlarni  ko`p  miqdorda  ishlatish  tuproq  unumdorligini  pasayishiga  olib 

keladi.  Mutaxassislarning  ma’lumotiga  ko`ra,  tuproqning  qimmat  baho  sifatini  osonlikcha 

yakson  qilib  tashlash  mumkin.  Masalan,  10  sm  qalinlikdagi  tuproqning  unumdorligini  tiklash 

uchun 100 yilgacha vaqt kerak. 

 

Yerdan  foydalanish  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  qonunlar  yerga  nisbatan 



xo`jasizlarcha  munosabatda  bo`lishdan  muhofaza  etadi.  Yerdan  xo`jasizlarcha  foydalanish 

deganda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  yerni  yaxshilash,  tuproqni  shamol,  suv  ta’sirlarida 

yemirilishdan  va  tuproq  holatini  yomonlashtiruvchi  boshqa  jarayonlardan  himoya  qilish 

majburiyatlarini  bajarmaslik,  hamda  yer  uchastkalari  qanday  maqsadlar  uchun  berilgan  bo`llsa 

o`sha maqsadlarda foydalanmaslik tushuniladi. 

 

Yerni  huquqiy  muhofaza  qilish  o`z  oldida  uni  ishdan  chiqarmaslik  maqsadini  qo`yadi. 



Yerni  buzishda  uni  ishdan  chiqarishda  eroziyaning  ta’siri  kuchlidir.  Eroziya  deganda  unumdor 

tuproq  qatlamining  suv  yoki  shamol  ta’sirida  buzilishi  tushuniladi.  Tetishli  davlat  idoralari, 

yerdan  foydalanuvchilar  yerni  melioratsiyalash  va  muhofaza  qilishga,  ihota  daraxtlari 

o`tkazishhga,  tuproq  eroziyasiga  qarshi  kurashishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni  amalgam 

oshirishlari  kerak.  Ushbu  chora-tadbirlarni  bajarmaslik  yer  muhofazasi  tadbirlarini  buzish 

hisoblanadi. 

 

Aytilganlardan tashqari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni sanoat chiqindilari, oqova suv 



bilan ifloslantirish, yerni talon -taroj qilinishidan himoya qilishlari lozimligi yer qonunchiligida 

ko`rsatilgan. 

 

 Yuqorida  bildirilgan  fikrlardan  kelib  chiqib,  yer  resurslarini  huquqiy  muhofaza  qilish 



deganda  yerdan  oqilona  foydalanish,  uni  qishloq  xo`jaligi  oborotidan  asossiz  ravishda  tortib 

olinishning  oldini  olish,  zararli  antropogen  ta’sirdan  himoya  qilish,  shuningdek,  tuproq 

unumdorligini  tiklash  va  oshirish,  o`rmon  fondi  yerlarining  samaraliligini  yuksaltirishga 

qaratilgan huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi. 

 

Yerlarni muhofaza qilish komples huquq sophalari bilan tartibga solinadi. 



 

2.Mamlakatimizda  yerlar  foydalanish  maqsadlari,  aholining  talab  va  ehtiyojlarini 

qondirishni e’tiborga olib, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini jonlantirish va rivojlantirishni 

ko`zlab, ishlab chiqarishni tashkil etishni hisobga olib toifalarga bo`linadi. 

 O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga ko`ra, (8-modda) mamlakatda yer fondi yerlardan 

foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga binoan qo`yidagi toifaga bo`linadi: 

1)  Qishloq xo`jaligiga muljallangan yerlar. 

2)  Aholi punktlarining yerlari. 

3)  Sanoat, transport, aloqa, mudofa va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan yerlar. 

4) Tabiatni muhofaza qilish, sog`lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo`ljallangan yerlar. 

5)  Tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlar. 

6)  o`rmon fondi yerlari:                        

7)  suv fondi yerlari: 

8)  Zahira yerlari. 

Sanab  ko`rsatilgan  yer  toifalari  yagona  yer  fondini  tashkil  etib,  ular  bir  toifadan  ikkinchisiga 

o`ptib turishi mumkin. Yerlarni bir toifadan boshqasiga o`tkazish- O`zbekiston Respublikasining 

Yer  kodeksining  9-moddasiga  ko`ra,  yerlardan  asosiy  foydali  maqsadi  o`zgargan  taqdirda 

amalga  oshiriladi.  Yerlarni  yer  fondi  toifalariga  bo`lish  va  bir  toifadan  boshqasiga  o`tkazish 

yerni egalik qilishga va foydalanishga berish huquqiga ega bo`lgan organlar tomonidan amalga 

oshikriladi. 

 

 Yer fondi tarkibidagi ikkinchi toifaga yerlarni aholi punktlarining yerlarini tashkil etadi. 



Bu  yerlar  o`z  navbatida  shaharlar  va  posiyolkalar  va  qishloq  aholi  punktlarining  yerlariga 

bo`linadi. 

 

Shahar  yerlarining  tarkibi  foydalanish  maqsadlariga  qarab  bir  necha  turlarga 



bo`linadi.Bulardan birinchisi, shahhar qurilish yerlaridir. 

 

Shahar  yer  tarkibining  ikkinchi    turi  umumiy  foydalanishdagi  yerlardir.  Bu  turdagi 

yerlarga maydonlar, ko`chalar, yo`llar, soqil bo`ylari, bog`lar hiyobonlar, bog`chalar joylashgan 

yerlar. 


Uchunchi  turdagi  shahar  yerlariga  QishlоQ  xo`jаligidа  fоydаlаnilаdigаn  vа  bоshQv  Yerlаr  

yerlar kiradi. 

 

Daraxtlar egallib turgan yerlar ham shahar yerlarining alohida bir turini tashkil etadi. 



 

Shahar  yerlarining  navbatdagi  turini  sanoat,  transport,  aloqa,  mudofa  maqsadlariga 

mo`ljallangan yerlar tashkil etadi. 

 

Shаhаr  еlаri  tаrkibidаgi  аlоhidа    muhоfаzа  etilаdigаn  hududlаrning  Yerlаrigа  tаrixiy 



,mаdаniy  xаrаktYerdаgi    оb`еktlаr,tаbiаt  yodgоrliklаri  jоylаshgаn  Yer  mаydоnlаri  kirаdi.Ulаr 

аhоlining mаdаniy,mа`nаviy ehtiyojlаri mаQsаdlаridа fоydаlаnilаdi. 

 

Qishloq  aholi  punktlari  yerlariga  yer  tuzish  tartibida  belgilab  qo`yilgan  chegaralar 



doirasidagi hamma yerlar kiradi. 

 

QishlоQ  аhоli  punkti  Yerlаri  dеgаndа  ichki  xo`jаlik  Yer  tuzilishi  rеjаlаrigа  muvоfiQ 



rаvishdа tаsdiQlаngаn vа bеlgilаngаn chеgаrа dоirаlаridа jоylаshgаn,аhоlining turаr-jоy,bоshQа 

mаdаniy  –mаishiy  ehtiyojlаrigа  kYerаkli  binоlаr,shuningdеk    dеhQоn  xo`jаligi  uchun 

bYerilаdigаn Yer uchаstkаlаri tushunilаdi. 

 

Aloqa  maqsadlariga  mo`ljallangan  yerlar  jumlasiga  aloqa  liniyalarini  hamda  ularga 



tetishli  inshoatlarni  joylashganligi  uchun  aloqa,  radio  eshittirish,  televideniey  va  axborot 

korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. 

 

Qurolli kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo`l qo`shinlarining harbiy qismlari, harbiy 



o`quv yurtlari, korxonalar muassasalar va tashkilotlarning joylashuvi ham doimiy faoliyati uchun 

berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo`ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. 

 

Alohida muhofaza etilgan hududlarning yerlari respublikamiz yer fondi tarkibiga alohida, 



mustaqil toifani tashkil etadi. 

 Mamlakatimiz yer fondi tarkibidagi muhim toifalardan biri o`rmon fondi yerlaridir. Ushbu toifa 

yerlar O`zbekiston yer fondi tarkibida mustaqil fondini tashkil etadi. 

 

Suv fondi yerlari ham yer fondi tarkibidagi mustaqil toifa yerlaridan biridir. O`zbekiston 



Respublikasining  Yer  kodeksining  27-moddasiga  ko`ra,  suv  havzalari,  gidrotexnika  va  boshqa 

suv  xo`jaligi  inshoatlari  egallab  turgan,  shuningdek,  suv  havzalarining  va  boshqa  suv 

ob’ektlarining  qirg`oqlari  bo`ylab  ajratilgan  mitaqadagi  suv  xo`jaligi  ehtiyojlari  uchun 

korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarga  berilgan  yerlar  suv  fondi  yerlari  jumlasiga 

kiradi.Zahira  yerlar  O`zbekiston  yer  fondi  tarkibidagi  so`nggi  muistaqil  toifani  tashkiletib, 

doimiy egallash va foydalanishga berilmagan yer maydonlaridir. 

 

3.Yerdan foydalanish bo`yicha huquqiy munosabatlar ya’ni yer resurslaridan foydalanish huquqi 



stixiyali tarzda kelib chiqmasdan, balki qonunlarda belgilangan tartib va asoslari vujudga keladi. 

Yerdan  foydalanish  huquqi  asoslari  va  tartibi    O`zbekiston  Respublikasining  Yer  kodeksi, 

,,Qishloq  xo`jalik  kooperativlari  (shirkat  xo`jaligi  )  to`g`risida”gi  ,  ,,Fermer  xo`jaligi 

to`g`risida”gi, ,,Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi, ,,Ijara to`g`risida”gi qonunlarda belgilangan . 

Yerdan  foydalanish  huquqi  O`zbekiston  Respublikasining  Yer  kodeksiga  binoan  qo`yidagi 

asoslarda  vujudga  keladi:  1)  doimiy  foydalanish  huquqi  asosida;  2)  meros  qilib  qoldiriladigan 

umrbod  egalik  qilish  huquqi  asosida;  3)  ijaraga  olish  huquqi  asosida;  4)  xususiy  mulk  huquqi 

asosida. 

 

Yer  uchastkasidan  doimiy  foydalanish  huquqi  deganda,  korxonalar,  muassasalar, 



tashkilotlarga va fuqarolarga beriladigan belgilanmagan muddat asosida yer maydonlarini berib 

quyishlik tushiniladi. 

 

Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi deganda dehqon xo`jalik yuritish, 



yakka tartibda uy-joy qurish, jamoa bog`dorchiligi va uzumchilik yuritish uchun beriladigan yer 

uchastkalaridan  foydalanish  tushuniladi.  Bu  yer  uchastkalari  qonuniy  meros  huquqi  asosida 

vorisga o`tadi. 

 

Yerdan ijara asosida foydalanish deganda, ijarachi tomonidan ma’lum muddatga, ma’lum 



haq  evaziga  yer  egasidan  yer  uchastkasini  foydalanish  tushuniladi.  Qishloq  xo`jagiga 

mo`ljallangan  yerlar  ijaraga  50  yilgacha  bo`lgan  bir  oydan  kam  bo`lmagan  muddatga 

beriladi.Yerdan xususiy mulk asosida foydalanish ko`chmas mulk joylashgan yer uchastkalarini 

sotib  olish  asosida  vujudga  keladigan  tasarruf  qilish,  egalik  qilish  va  foydalanishidir. 

O`zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  18-moddasiga  binoan  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning yer uchastkalariga bo`lgan mulk huquqi va xizmat ko`rsatish sohasi ob’ektlari ular 

joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda vujudga keladi.  

     Yer  uchastkalariga  bo`lgan  huquqni  tasdiqlovchi  hujjatlar  bo`lib  ,,  doimiy  egalik  qilish 

huquqini  beruvchi  davlat  hujjati”,  ,,Yer  uchastkasidan  doimiy  foydalanish  huquqini  beruvchi 

davlat  hujjati”,  ,,  Yer  uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqini 

beruvchi  davlat  hujjati”, ,, Yer uchastkasiga bo`lgan mulk huquqini beruvchi  davlat hujjati”, ,, 

Yer uchastkasi ijara shartnomasi” hisoblanadi. Ushbu hujjatlarga ega bo`lish yerdan foydalanish 

huquqini keltirib chiqarishga asos bo`ladi. 

Yerga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish  huquqini  bekor  bo`lish  asosllari  O`zbekiston 

Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida ko`rsatilgan. 

Yer resurslaridan samarali, oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ko`p jihatdan yer 

egalari  va  yerdan  foydalanuvchi  sub’ektlarning  yerdan  foydalanish  bo`yicha  qonunda 

belgilangan huquq va majburiyatlarga qanchalik og`ishmay rioya qilishlari, ularni bajarishlariga 

bog`liq bo`ladi. 

Yer  egasi  ,  yerdan  foydalanuvchi,  ijarachi  va  yer  uchastkasi  mulkdorining  huquq  va 

majburiyatlari  O`zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksi,  ,,Qishloq  xo`jalik  kooperativlari 

to`g`risida”gi,  ,,Fermer  xo`jaligi  to`g`risida”gi,  ,,Dehqon  xo`jaligi  to`g`risida”gi,  ,,Ijara 

to`g`risida” qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq lari O`zbekiston 

Respublikasi  Yer  kodeksining  39-moddasida  sanab  ko`rsatilgan.Bu  huquqlar  qo`yidagilardan 

iborat; 


1.Yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo`jalik yuritish; 

2.Qishloq  xo`jalik  ekinzorlari  va  ko`chatzorlari  hamda  dov-daraxtlariga  etishtirilgan  qishloq 

xo`jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo`lgan mulk huquqi. 

3.Yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o`rmonzorlar suv ob’ektlaridan 

xo`jalik ehtiyojlari uchun foydalanganlish, shuningdek, yerdan boshqa foydali xossalarini ishga 

solish. 


4.Yerlarni sug`orish va ularning zahrini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlarini 

o`tqazish. 

5.Qishloq  xo`jalik  ekinzorlari,  dov-daraxtlarni  sug`orish  hamda  boshqa  maqsadlar  ushun 

sug`orish manbalarining limitlariga muvofiq suv olish. 

6.Belgilangan  tartibda  uy-joy  binolari  va  ishlab  chiqarish  madaniy-maishiy  hamda  boshqa 

imoratlarni barpo etish. 

7.Yer uchastkasi olib qo`yilganda unga etkazilgan zararning qoplanishini talab qilish. 

8.Yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish va ichki xo`jalik ijarasiga berish. 

9.Yer  egasi  bo`lgan  fuqaro  yer  uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish 

huquqini  jumladan  kim  ochdi  savdosi  asosida  olingan  shunday  huquqni  dehqon  xo`jaligi 

yuritish,  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  maqsadida  kreditlar  olish  uchun  garovga  qo`yilishi 

mumkin.    

Yerdan foydalanish majburiyatlari Yer kodeksining 40-moddasi. 

1)  yerdan  belgilangan  maqsadga  muvofiq  oqilona  foydalanish  tuproq  unumdorligini  oshirish, 

ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluzchi texnalogiyalarini qo`llash, o`z xo`jalik faoliyati 

natijasida hududida ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo`l qo`ymaslik; 

2)  ishlab  turgan  irrigatsiya  va  melioratsiya  tarmoqlari  muhandislik  komunikatsiyalarini  sof 

holda saqlash; 

3)  yerlarni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalgam oshirish

4)  yerlarning sog`lig`ini yoki yer uchun ijara haqini o`z vaqtida to`lash; 



5)  boshqa yer egalarini huquqlqrini bo`zmaslik; 

6)  foydali  qazilma  konlarini  ishlatish,  qurilish  va  boshqa  ishlarni  amalgam  oshirish  uchun 

berilgan  qishloq  xo`jalik  yerlarini  ularga  ehtiyoj  qolmaganda  o`z  hisobidan  yaroqli  holatga 

keltirish; 

7)  qurilish  va  boshqa  ishlarni  olib  borishda  qo`shni  yeriga  salbiy  ta’sir  nko`rsatishning  oldini 

olish ; 


8)  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga  yerdan  foydalanish  to`g`risidagi  qonu  nhujjatlarida 

belgilangan ma’lumotlarni o`z vaqtida taqdim etish. 

4. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari. 

 

Yer rеsurslаridаn fоydаlаnish vа ulаrni muhоfаzа etish munоsаbаtlаrini tаrtibgа sоluvchi 



Qоnunlаr  Yerlаrni  muhоfаzа  Qilishning  huQuQiy  chоr-tаdbirlаrini  bеlgilаydi.bu  chоr-tаdbirlаr 

O`zbеkistоn  Rеspublikаsi  Kоnstitusiyasi,  FuQаrоlik,  jinоyat,  Mа`muriy  jаvоbgаrlik,  Mеhnаt, 

Yer kоdеkslаri,shuningdеk bоshQа  mе`yoriy xujjаtlаrdа o`rnаtilgаn. 

 

Yerlаrni  muhоfаzа  Qilish  huQuQiy  chоrа-tаdbirlаri  dеgаndа  Qоnun  nоrmаlаridа 



o`rnаtilgаn  Yerdаn  fоydаlаnish  vа  muhоfаzа  Qilishgа  оid  buzilgаn  huQuQlаrni  tiklаsh  hаmdа 

huQuQbuzаrliklаrni jаzоlаshgа tааluQli bo`lgаn Qоidаlаr yiғindisi tushunilаdi. 

 

Yerlаrni 



muhоfаzа 

Qilishning 

jinоiy-huQuQiy 

chоrа-tаdbirlаri 

O`zbеkistоn  

Rеspublikаsining Jinоyat kоdеksining to`rtinchi bo`limidа  o`rnаtilgаn. 

 

Yerni  huQuQiy  muhоfаzа  Qilishdа    mа`muriy  Qоnunlаrning  rоli  аlоhidа  аhаmiyatgа 



egа.Uzbеkistоn  Rеspublikаsi  Mа`muriy  jаvоbgаrlik  to`ғrisidаgi  Kоdеksidа  Yer  muhоfаzаsigа 

Qаrshi  Qаrаtilgаn  bir  Qаtоr  xаtti-hаrаkаtlаr  uchun  jаvоbgаrlikni  bеlgilоvchi  nоrmаlаr  o`z 

ifоdаsini  tоpgnа.Ushbu  kоdеksning  60-mоddаsidа  Yerdаn  o`zbоshimchаlik  bilаn  fоydаlаnish 

yoki  Yergа    egаlik  huQuQini  bеvоsitа  yoki  yashirin  shаkldа  buzuvchi  bitimlаr  tuzish,Yerdаn 

fоydаlаnish  huQuQini    bоshQаlаrgа  bYerish,Yer  uchаstkаlаrigа  eng  kаm    ish  hаQining  bеsh 

bаrаvаridаn  o`n  bеsh  bаrаvаrigаchа  miQdоridа  jаrimа  yoki  o`n  bеsh  sutkаgаchа  muddаtdа 

mа`muriy QаmоQ jаzоsi bеlgilаnаdi. 

 

Yerlаrdаn  xo`jаsizlаrchа  fоydаlаnish  dngаndа  Yer  ustidа  Qurilish  оb`еktlаri  Qurish 



pаytidа    tuprоQning  unumdоr  Qаtlаmini  оlmаslik,Yer  mаydоnlаridаn  bеlgilаngаnidаn  bоshQа 

mаQsаdlаrdа  fоydаlаnish,Yerlаrni  ishdаn  chiQаrish.xоsildоrligini  pаsаytirish  kаbi  hоlаtlаri 

tushunilаdi.Yer  mаydоnlаrini    shundаy  hоlаtgа    tushirib  Quygаn  fuQаrоllаrgа  eng  kаm  ish 

hаQining    bir  bаrаvаridаn  uch  bаrаvаrigаchа,mаnsаbdоr  shаxslаrgа    uch  bаrаvаridаn    bеsh 

bаrаvаrigаchа  miQdоrdа    jаrimа  sоlinаdi.(O`zRMJTK  65-mоddа)  Yerlаrni  xuQuiy    muhоfаzа 

Qilishdа  Yer  Yer  Qоnunchiligidа    o`rnаtilgаn  Qоidаlаr  аlоhidа    аhаmiyat  kаmsb 

etаdi.O`zbеkistоn  rеspublikаsining  Yer  kоdеksining  41-mоddаsidа  ko`rsаtilishichа,Yer  egаlаri, 

Yerdаn  fоydаlаnuvchilаr,Yer  uchаstkаlаri  ijаrаchilаri  vа  mulkdоrlаrining  buzilgаn  huQuQlаri 

Qоnun  xujjаtlаridа  nаzаrdа  tutilgаn  tаrtibdа  tiklаnishi  kYerаk.Ulаr  huQuQlаrining  buzilishi 

nаtijаsidа  еtkаzilgаn  zаrаr to`lа hаjmdа Qоplаnishi kYerаk.Yer Qоnunchiligidа аvvаlо QishlоQ 

xo`jаligigа  mo`ljаllаngаn,аyniQsа  so`ғоrilаdigаn  Yerlаrni  muhоfаzа  Qilishgа  аlоhidа  e`tibоr 

bYerаdi. 

 

Yer Qоnunchiligi Yerlаrni hоlаtigа,ekоlоgiyasigа sаlbiy  tа`sir etаdigаn оb`еktlаr,imоrаt 



vа inshооtlаrni jоylаshtirishning  аlоhidа tаrtibini bеlgilаydi. 

 

Yer  Qоnunchiligidа  Yerlаrni  muhоfаzа  Qilish,Yer  egаlаri.Yerdаn  fоydаlаnuvchilаr 



huQuQlаrini  muhоfаzа  Qilish  chоr-tаdbirlаrini  bеlgilаydi.Yer  Kоdеksining  90-91  mоddаlаridа 

ko`rsаtilishchа,Yergа  nisbаtаn  tuzilgаn  ғаyriQоnuniy  bitimlаr  hаQiQiy  emаs  dеb 

hisоblаnаdi;o`zbоshimchаlik bilаn egаllаb оlingаn Yerlаr Qаytаrib оlinаdi;Yer uchаstkаlаri  оlib 

Quyilаdi. 

 

Yerlаrni  оQilоnа  muhоfаzа  Qilgаnlik  uchun  Yer  Kоdеksidа(82  mоddа)  iQtisоdiy 



rағbаtlаntirish  chоrаlаri  o`rnаtilgаn.IQtisоdiy  rағbаtlаntirish  Yer  sоliғi  to`lаsh  bo`yichа 

imtiyozlаr bYerish,krеdit bYerish bo`yichа imtiyozlаr berish,byudjеtdаn mаblағlаr аjrаtish kаbi 

tаdbirlаrdаn ibоrаt. 


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish