Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri


Ekologiya huquqining tizimi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana19.12.2019
Hajmi0,64 Mb.
#31034
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ekologiya huquqi predmeti metodi va tizimi


Ekologiya huquqining tizimi- ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va 

mazmuniga  ko`ra  asosiy  institut,  toifa  va  nazariy  huquqiy  masalalarning  ma’lum  tartibda 

joylashishidir. 

 

Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va o`rganishni 



еngillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki hism,ya'ni umumiy va maxsus hismga 

bo`lib o`rganamiz. 

 

Ekologiya huquqining umumiy hismi: 



-Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bohlihlik; 

-ekologiya huquqining tushunchasi,prеdmеti va tizimi

-tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi; 

-ekologiya sohasida davlat boshharuvi; 

ekologiya nazorati va ekologiya ekspYertizasining huquqiy holati; 

-ekologtya  qonunchiligining  buzganligi  uchun  javobgarlik  kabi  mavzularni  o`z  ichiga  olib, 

tabiatni  muhofaza    qilish  va  ulardan    foydalanishning  ilmiy-nazariy  jihatlari,huquqiy  asoslari, 

ekologik—huquqiy  mеxanizmi  va  uning  elеmеntlarining  umumiy  ekologik  –  huquqiy 

qoidalarilni bеlgilaydi. 

 

Maxsus  hismi  esa    tabiiy  rеsurslardan  oqilona  foydalanish  va  muhofaza  qilish  bilan 



bohlih quyidagi: 

-Yerlarni muhofaza qilishi va ulardan foydalanishning huquqiy holati; 

-suv rеsurslarini muhofaza qilish va ulardan fydalanishning huquqiy holati

-Yer osti boyliklarining huquqiy holati; 

-o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati; 

-hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; 

-AtmosfYera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati; 

-Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati; 

-Xalq xo`jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof-tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish; 

-Atrof tabiiy muhitni xalharo-huquqiy muhofaza qilish kabi  o`ar bir tabiat  ob'еktining huquqiy 

holatining hamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-huquqiy qoidalarnil o`z ichiga oladi. 

 

 

 

 

АDАBIYoTLАR. 

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 

 3.Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”gi  qonun.O’zbekiston    Respublikasi 

Oliy Kengashining  Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 

4.”Atmosfera  havosini  himoya  qilish  to’g’risida”gi  qonun.O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

majlisining Axborotnomasi.1997 yil №2,52-m. 

5.”Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to’g’risida”gi  qonun,  O’zbekiston 

Respublikasining Yangi qonunlari,1993 yil №5. 

6.”Yer  osti  boyliklari  to’g’risida”gi  qonun.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi. 2003 yil №2. 

7.”Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston 

Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi.1998 yil №1.14-m. 

8. O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” T.1.T.,1983 y.T.2.T.,1994 y.T.2000y. 


9.  O’zbekiston  Respublikasi  “O’rmon  to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

majlisining Axborotnomasi ,1999y,№5.122-m. 

10.”O’simlik dunyosini  muhofaza qilish va unday foydalanish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston 

Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi.1998 y.№1.12-m. 

11.”Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№5.221-m. 

12.”Tabiatni muhofaza qilish  to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m. 

13.O’zbekiston  Respublikasining  “Yer  kodeksi”.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 

14. O’zbekiston Respublikasi “Havo kodeksi”. O’zbekistonning Yangi qonunlari.9-son.T.,1993 . 

15.Markaziy 

Osiyo 

mamlakatlarining 



Olma-Ota 

Deklaratsiyasi.O’zbekiston 

ekologik 

xabarnomasi.1997. 

16.Natsionalny  doklad  «O  sostoyanii  okrujayushey  sred  i  ispolzovanii  prirodnx  resursov 

Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 

17.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR 

Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 

18.Karimov I.A.O’zbekiston milliy istiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura.T.1-T.,1996. 

19.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T.2-T,,1996. 

20. .Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.T.3,-T.,1996. 

21.Karimov I.A.Bunyodkorlik yo’lidan.I.4.-T.,1996. 

22. .Karimov I.A.Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi.T.5.-T.,1997. 

23. .Karimov I.A.Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yulida.T.6.-T.,1997. 

24.  .Karimov  I.A.Ozod  va  obod  Vatan  erkin  va  farovon  hayot-pirovard  maqsadimiz.T.8.-

T.,2000. 

25. .Karimov I.A.Odamlar tashvishi  Bilan yashash –oliy burch.Prezident I.A.Karimovning xalq 

deputatlari    Samarqand  viloyat  kengashining    navbatdan  tashqari  sessiyasida    so’zlagan 

nutqi.”Xalq so’zi” .2001 yil 12 sentyabr. 

26.  .Karimov  I.A.”Adolat  “qonun  ustivorligida.Prezident  Karimov  I.A.ning  O’zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq 6-sessiyasidagi ma‘ruzasi.”Xalq so’zi”.2001 yil 

30 avgust. 

27.Xolmshminov  J.,Xayitboev  E.”Ekologik  xavfsizlik:ekologik  huquqiy  ta‘lim  va  tarbiya 

masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003. 

 

 

 



2-MAVZU; EKOLOGIYA HUQUQI MANBALARI. 

Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X 

Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа 

mа`nаviyat аsоslаri 

 

REJA: 

 

1. Ekologiya huquqi manbalarining tushunchasi, hususiyatlari va tizimi. 



2. Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari. 

3. O`zbekiston Respublikasi qonunlari ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida. 

4.Qonun osti hujjatlarining ekologiya huquqidagi tutgan o’rni va ahamiyati. 

 

 



Har bir fan, huquq sohasi o`z manbalariga ega bo`lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.  

 

Tabiat  bilan  jamiyat  o`rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishda  yordam  beradigan, 



qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin.  

   

Ekologiya  huquqining  manbalari  sifatida  me’yoriy  huquqiy  hujjatlar  hisoblanadi.  Shuni 

alohida  ta’kidlash  lozimki,  har  qanday  huquqiy  hujjat  manba  bo`lib  xizmat  qiladi.  Ekologiya 

huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

1. Vaholanki davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi. 

2. Berilgan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi.  

3. Ekologik qoida talablarini belgilashi. 

4. Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo`lish. 

 

Ekologiya  huquqining  manbalari  deganda  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy 



resurslardan  oqilona  foydalanish  va  aholining  ekologik  havfsizligini  ta’minlash  bilan  bog`liq 

ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushiniladi.  

 

Ekologik  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  konstitutsiyaviy  qoidalar,  O`zbekiston 



Respublikasi  qonunlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Vazirlar  Mahkamasining  farmon 

va  qarori,  maxsus  vakolatli  davlat  boshqaruv  organlari  hamda  mahalliy  davlat  hokimiyat 

organlarining me’yoriy hujjatlari yig`indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi. 

Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli  ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun  

ham ularni qquyidagicha tasniflash mumkin. 

1.Yuridik kuchi bo`yicha manbalarni qjnunlar va qonun osti me`yoriy  hujjatlarga bo`linadi; 

2.Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo`nalishlari bo`yicha: 

-tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi; 

-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi; 

  

-aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qonunchiligi. 



3.Munosabatlarni tartibga solish prеdmеti bo`yicha: 

-umumiy va maxsus ekologik  qonunchilig hujjatlari. 

4.Huquqiy  tartibga  solish  holati  bo`yicha  moddiy  va  protsеssual  ahamiyatidagi  qonunchilik 

xujjatlari; 

5.Qonunchilik  xujjatlarining  tizimi  qo`llanilish  doirasi  bo`yicha  oddiy  kodifikatsiyalangan 

manbalar; 

6.Qonunchilik hujjatlarining  qo`llanilish doirasi bo`yicha: 

-hududiy-mintaqaviy 

-rеspublika miqyosida 

-xalqaro miqyosidagi manbalar va hokazolar. 

Dеmak  ekologiya  huquqining  manbalari  ekologik  munosabatlarni  tartibga  solishda  tabiiy 

qonunlar va jamiyat qonunchilik hujjatlarini mujassamlashtirgan holda tartibga soladi.Bu esa o`z 

navbatda ekologik qonunchilik hujjatlarini  hajmining ko`payishiga olib kеladi. 

 

Tabiat-jamiyat  tizimida  o`zaro  munosabatlarni  tartibga  solishda  bir  tomondan  qonun, 



farmon,  qaror,  nizom  kabi  me’yoriy  hujjatlar,  ikkinchi  tomondan,  ushbu  qonun  hujjatlarini 

qo`llanishiga  yordam  berish  va  davomiyligini  ta’minlashga  ekologik  normativ,  standart  va 

yo`riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo`llaniladi. 

 

Ekologiya  huquqining  manbalari  boshqa  huquq  sohalari  manbalariga  chambarchas 



bog`liq  Bo`lib,  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solish  tamoyillari,  usullari,  qoidalarini 

qo`llashda umumiylikka egadir. 

 

Lekin shuning bilan bir qatorda o`ziga xos xususiyatlarga ham ega bo`lib, boshqa huquq 



sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi.  

 

Ular  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lib,  birichidan,  ekologiya  sohasida  ijtimoiy 



munosabatlarni  tartibga  solishda  tabiiy  qonuniyatlarga  ustuvorligini  e’tirof  etadi,  ikkinchidan 

atrof  tabiiy  muhitini  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanishda  jamiyat-

davlatning mavjud barcha vosita va tadbirlaridan foydalanadi. 

 

Ekologik qonunchilik hujjatlari birinchidan, tabiatning ustuvor qonunlarini jamiyat-davlat 



qonunchilik hujjatlari bilan mujassamlashtiradi, ikkinchidan tabiatni muhofaza qilish va ulardan 

foydalanishning  qonuniy  holatini  belgilash  va  kafolatlashda  boshqa  huquq  sohalari,  ya’ni 

konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, qishloq xo`jalik huquqi 

kabilarning qonunchilik hujjatlarini ekologik masalalarni hal qilishga yunaltiradi. 



 

Demak,  ekologiya  huquqining  manbalari  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy 

resurslardan  oqilona  foydalanish,  aholining  ekologik  havfsizligini  ta’minlash  bilan  bog`liq 

jarayonlarda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari 

tizimidan iboratdir. 

 

Ekologik  qonunchilik  hujjatlari  murakkab  tizimga  ega  bo`lib,o`z  mazmun-mohiyatiga 



ko`ra biz ularni o`rganishni oson bo`lishi uchun uch asosiy qismga bo`lib o`rganamiz: 

1.Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari. 

2.Ekologiya sohasidagi O`zbyokiston Rеspublikasining qonunlari tizimi. 

3.Ekologiya sohasidagi qonun osti  mе'yoriy hujjatlar tizimi. 

 

 

2.  Ekologiya  huquqining  asosiy  manbasi  bo`lib,  Ozbekiston  Respublikasining 



Konstitutsiyasi hisoblanadi.  

 

Konstitutsiyada  belgilangan  qoidalar  orqali  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  ekologik 



huquqlari, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.  

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasida tabiat-jamiyat 

tizimidagi  o`zaro  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  maxsus  qoida-talablar  ham  belgilangan 

bo`lib, ekologiya huquqi manbalarining poydevorini tashkil etadi. 

 

Asosiy  qonunimizning  50,  54,  55  va  100-moddalarida  tabiatni  muhofaza  qilish, 

tabiiy  boyliklarimizdan  oqilona  foydalanish  bilan  bog`liq  ekologik  huquqiy  qoida-

talablar mustahkamlangandir. 

   Konstitutsiymizaning  50-moddasida,  “Fuqarolar  atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona 

munosabatda bo`lishga majburdilar” deb, belgilanib fuqarolarning ekologik majburiyatlarini 

konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi. 

 

"Jamiyatning  ihtisodiy  nеgizlari"  dеb  nomlangan  X11  bobda,rеspublikamiz 

hayotining  ihtisodiy  asoslari,  ya'ni    mulkchilik  masalalari,  ho`jalik  yuritish  va  tadbirkorlik 

faoliyatining  kafolatlari  bеlgilanib,  hozirgi  paytda  bozor  munosabatlarini  rivojlantirish 

amalga oshirilayotgan islohatlarni chuhurlashtirishda ahamiyati bеhiyosdir. 

 

54-modda,”Mulkdor  mulkiga  o`z  hohishicha  egalik  qiladi,  undan  foydalanadi  va  uni 

tasarruf  etadi.Mulkdan  foydalanish  ekologik  muhitga  zarar  etkazmasligi,  fuqarolar,  yuridik 

shaxslar  va  davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  qo`riqlanadigan  manfaatlarini 

buzmasligi shart”.  

 

Ushbu moddada birinchidan, mulk huhuining mazmuni e'tirof etilsa,ikkinchidan,mulkdan 



foydalanish  huquqiga  ega  bo`lgan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  xo`jalik  va  ishlab 

chiharish  jarayonida  ekologik  muhitga  ziyon  еtkazmasligi  ,ya'ni  ularning  ekologik 

majburiyatlari mustahkamlanadi. 

Konstitutsiyaning  55-moddasida,  Yer,  yer  ostida  boyliklari,  suv,  o`simlik  va  hayvonot 

dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur 

va  ular  davlat  muhofazasidadir”  deb,  ifodalangan  bo`lib,  davlat  ekologik  siyosatining  asosiy 

tamoyillarini o`z ichiga oladi. 

Ushbu  konstitutsiyaviy    hoidaning  ahamiyati  shundaki,  birinchidan,  mustahilligimizni 

moddiy  asosini  tashkil  etuvchi  tabiiy  boyliklarning  xalqimizning  boyligi,  mulki  ekanligi, 

ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz 

tabiati  davlat  muhofazasiga  olinganligi,  ya`ni  ekologik  huquqiy  munosabatlarni  davlat 

tomonidan kafolatlanishi kabi tamoyillarni mustaykamlaydi. 

 

Asosiy  qonunivizning  XXI  bobida  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  huquqiy 



holati  belgilangan.  Ushbu  bobning  100-moddasida  mahalliy  davlat  hokimiyat  organlari 

vakolatlarining  asosiy  yunalishi  sifatida  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  kabi  mas’uliyati  etirof 

etilgan. 

 

Ushbu  konstitusiyaviy  tamoyillar  asosida    atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy 



resurslardan  oqilona  foydalanish  va  aholining  ekologik  havfsizligini  ta’minlashga  qaratilgan 

qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me`yoriy – huquqiy hujjatlar qabul qilinadi. 



3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va tamoyillari asosida atrof-

tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  aholining  ekologik 



havfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi. 

 

Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yunalaishlari belgilansa ushbu 



konstitutsion  qoidalarga  mos  ravishda  qabul  qilinadigan  qonunlarda  atrof-tabiiy  muhitni 

muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanishning  talablari,  mexanizmi 

mustahkamlandi.  

Respublikamiz  mustaqillikka  erishgandan  so`ng  O`zbekiston  Respublikasi  qo`yidagi 

qonunlarni qabul qildi. 

1. O`zbekiston Respublikasining,” Alohida muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;  

2. O`zbekiston Respublikasining, “Davlat sanitariya nazorati to`g`risida”gi qonuni;  

 3. O`zbekiston Respublikasining,” Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi qonuni;             

4. O`zbekiston Respublikasining,” Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;  

5. O`zbekiston Respublikasining, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;    

6.  O`zbekiston  Respublikasining,  “O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish 

 

to`g`risida”gi qonuni ; 



7. O`zbekiston Respublikasining,” Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 

 

to`g`risida”gi qonuni ; 



8. O`zbekiston Respublikasining, “Er kodeksi”; 

9. O`zbekiston Respublikasining, “Er osti boyliklari to`g`risida”gi qonuni; 

10. O`zbekiston Respublikasining,”Davlat er kadastiri to`g`risida”gi qonuni; 

11 O`zbekiston Respublikasining, “O`rmon  to`g`risida”gi qonuni;  

12. O`zbekiston Respublikasining,”Ekologik eksperteza to`g`risida”gi qonuni; 

13. O`zbekiston Respublikasining,” Metrologiya to`g`risida”gi qonuni; 

14. O`zbekiston Respublikasining, “Standartlashtirish to`g`risida”gi qonuni; 

15.  O`zbekiston  Respublikasining,  “Xizmat  va  mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  to`g`risida”gi 

qonuni; 

16.O`zbekiston  Respublikasining,  “Aholini  va  hududlarni  tabiiy  hamda  texnogen  xususiyatlari 

favqulodda vaziyatlardan tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;  

17.O`zbekiston  Respublikasining,  “Gedrotexnika  inshootlarining  habfsizligi  to`g`risida”gi 

qonuni;  

18. O`zbekiston Respublikasining, “ Radiasiya  habfsizligi to`g`risida”gi qonuni;  

  

O`zbekiston  Respublikasining  qonunlari  ekologik  munosabatlarni  tartibga  solish  uchun 



qabul qiligan bo`lib, ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida e’tirof etiladi. 

 

Tabiyat-jamiyat  tizimidagi  o`zaro  ta`sirlar,  ya`ni  ekologik  ijtimoiy  munosabatlarning 



doirasi keng va murakkab bo`lib, ularni tartibga solish jarayonida jamiyat va davlat hayotining 

barcha  vositalaridan  foydalanadi,  ya`ni  nafaqqat    ekologiya  huquqining  maxsus  qoida 

talablaridan muvofiqlashtirgan holda qo`llaniladi. 

   


Ekologik huquqiy mexanizmini ta’minlashda turli huquq sohalarining qo`yidagi me’yoriy 

hujjatlari ham ekologiya huquqining manbasi sifatida qaraladi: 

1. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi; 

2. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi; 

3. O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

4. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqalar. 

 

Ushbu  qonun  hujjatlari  ham    ekologik  qoida  talablarni  brlgilagan  holda  ekologiya 



huquqining  maxsus  qoida  talablar  bilan  bog`liq  ravishda  ekologik  qonunchilikni  buzganlik 

uchun  intizomiy,  ma`muriy,  jinoiy,  fuqarolik  javobgarlikni  qo`llash,  tabiyatdan  foydalanganlik 

uchun soliq va turli to`lovlarni to`lash bilan bog`liq jarayonlarni tartibga soladi. 

Ekologiya  sohasidagi  O`zbekiston  Respublikasining  qonunlari  davlat  ekologik  huquqiy 

mexanizmini  ta’minlashda  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lib,  qonun  osti  me’yoriy  hujjatlar  bilan 

o`zaro bog`liq ravishda ekologik munosabatlarni tartibga soladi. 

 

4.Ekologiya  huquqining  manbalari  tizimida  qonun  osti  me’yoriy  hujjatlarning  tutgan 



o`rni  beqiyosdir.  Hammamizga  ma’lumki,  konstitutsiyaviy  tamoyillar  va  O`zbekiston 

Respublikasining  qonunlarida  tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va 



ekologik  havfsizlikni  ta’minlashning  umumiy  va  maxsus  qoida-talablari  belgilanadi,  mavjud 

ekologik munosabatlar tartibga solinadi. 

 

Shuni  alohida  ta`kidlash  kerakki,  amaldagi  aksariyat  qonunlarimiz  o`zgaruvchan,  turli 



tabiie  hududlarumizning  o`ziga  xos    xususiyatlarini  belgilashnu  iloji  yuq.  Mana  shunday 

sharoitda qonunlarda mustahkamlangan qoida talablarni  mahalliy tabiiy hududlarda qo`llashda, 

ekologik muammolarini hal qillishda qonun osti me’yoriy hujjatlaridan foydalanadi. 

 

 Qonun  osti  me’yoriy  hujjatlarimizning  asosiy  maqsadi  va  vazifasi,  konstitutsiyaviy 



tamoyillar, qonunlarda belgilangan maxsus qoida talablarni amalda qo`llanilishini osonlashtirish, 

ma’muriy  hududlarning  tabiiy  holati  asosida  me’yoriy  qoida-talablarni  belgilash,  ularning 

hayotiyligini  ta’minlash  vaasosiy  qoida-talablarni  barcha  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 

etkazishdan iborat. 

 

Ekologiya huquqining qonun osti me’yoriy hujjatlari ham murakkab tizimga ega bo`lib, 



ekologik  meyorlar doirasi,  qo`llanilish  tartibi,  amal qilish  muddati hamda markaziy va maxsus 

davlat  boshqaruv  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyat  organkari  tomonidan  qabul  qilish 

ahamiyatiga ko`ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi mumkin. 

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qabul qiligan maxsus qarorlari. 

2.  Maxsus  vakolatli  davlat  boshqaruv  organlarining  me’yoriy  hujjatlari  (qaror,  nizom, 

yo`riqnoma) 

3. Mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari. 

  

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari 



amaldagi  qonun  hujjatlari  asosida  qabul  qilinib,  atrof-tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  asosida 

tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  ekologik  havfsizlikni  ta’minlash  bilan  bog`liq  qoida 

talablarini belgilaydi va belgilangan doirada umummajburiy ahmiyat kasb etadi. 

Ekologiya  sohasidagi  maxsus  vakolatli  davlat  boshqaruv  organlari  hisoblangan 

O`zbekiston  Respublikasi  tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qumitasi,  O`zbekiston  Respublikasi 

qishloq  ba  suv  xo`jaligi  vazirligi,  O`zbekiston  Respublikasining  sog`liqni  saqlash  vazirligi, 

O`zbekiston  Respublikasining  Er  resurslari  davlat  qumitasi  kabi  organlari  o`z  vakolatlari 

doirasida    me’yoriy  hujjatlarni  qabul  qilib,  ma`lum    tabiat  ob`ekti  sohasidagi  ekologik  qoida-

talablarni belgilaydi. 

O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi er, er ostida boyliklari, 

suv,  o`simlik  va  hayvonot  dunyosi  atmosfera  habosini  muhofaza  qilish  vf  ulardan  foydalanish 

tartibini belgilaydigan ekologik normative, standartlarni tasdiqlaydi, nizomlar va yuriqnomalarni 

ishlab  chiqadi  vf  tasdiqkaydi,  barcha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  bajarilishi  shart 

bo`lgan qarorlar qabul qiladi va hokazo.  

 

Ekologikqonunchilik  hujjatlari  tizimida  mahalliy  davlat  hokimiyat  organlarining 



me`yoriy  hujjatlari  har  bir  viloyat,  shahar  tuman    hududida  tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy 

boyliklardan oqilina foydalanish bilan bog`liq qoida talablarni belgilaydi. 

 

Ayniqsa,  mahalliy  davlat  hokimiyat  organlarining  tabiatni  vuhofaza  qilish  bo`yicha, 



egalik  va  foydalanish  uchun  tr,  o`rmon  uchastkalarini    ajratib  berish,  tabiiy  resurslardan 

foydalanganlik uchun mahalliy soliq to`lovlarini joriy etish bilan bog`liq qarorlarini qabul qilib, 

ushbu hududdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi.

 

 



Demak,  qonun  osti  me’yoriy  hujjatlar  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lib,  konstitutsiyaviy 

tamoyillar va qonun hujjatlari qo`llanilishini va ularning hayotiyligini ta’minlab ekologik huquqi 

manbalarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

 

Аdаbiyotlаr. 



1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 

2.Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”gi  qonun.O’zbekiston    Respublikasi 

Oliy Kengashining  Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 

3.”Tabiatni  muhofaza  qilish    to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m. 


4.O’zbekiston  Respublikasining  “Yer  kodeksi”.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 

16.Natsionalny  doklad  «O  sostoyanii  okrujayushey  sred  i  ispolzovanii  prirodnx  resursov 

Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 

5.Karimov  I.A.Islohotlar  strategiyasi  –mamlakatimiz  iqtisodiy  salohiyatini  yuksaltirishdir.O’zR 

Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 

6.Xolmshminov  J.,Xayitboev  E.”Ekologik  xavfsizlik:ekologik  huquqiy  ta‘lim  va  tarbiya 

masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003. 

7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992. 

8.Ayubov 

U.T.Lishenie,ogranichenie 

priostanovlenie 



prav 

svyazannx 

prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str. 



9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999. 

9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998. 

              


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish