Dam olish daqiqasi o'tkaziladi. Bu o'yin qo'l va oyoq mashqlari orqali bajariladi.
One, two, three, four, five — clap,
Six, seven, eight, nine, ten — clap.
III. Yangi mavzu bayoni.
Sonlarni o’nlikdan o’tib qo’shish
Kompyuterda 1 - misolning sharti ko'rsatiladi.
O'qituvchi monitordagi ushbu yozuvni tushuntirib beradi.
Javoblar kompyuter orqali tekshiriladi va baholanadi. Sardorlar guruhi to'plagan ballarni jamlab boradi. 0‘quvchilar ish daftarlariga misollarning javoblarini yozadilar.
2-masala sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi.
Kompyuterda olxo‘ri tasvirlangan masala ko'rsatiladi. Masalaning qisqacha sharti tuziladi.
Bor edi — 9ta yong’oq
Yana oldi — 2ta yong’oq
Bo'ldi — ?ta.
Yechish; 9+2=11 ta.
Javob: 11ta yong’oq.
3-misol. Doskada bajariladi. “baxtli tasodif o’yini”
Guruhlarga misolni mustaqil yechish vazifasi topshiriladi. Birinchi bo'lib bajargan guruh masalani doskada bajaradi. Guruhlar baholab boriladi.
O’qituvchi: Bolalar, yong’oq qayerda pishadi?
O’quvchilar: daraxtda
O’qituvchi: daraxt mevalaridan yana qanday mevalarni bilasiz? Uyingizda qanday mevalar bor?
O’quvchilar bilan atrofimizdagi olam, daraxtlar haqida suxbat o’tkaziladi.
Dam olish daqiqasi o'tkaziladi. “Yo’lchiroq she’ri” harakatlar bilan aytiladi.
Uch xil rangda yo’l chiroq,
Qizil, sariq, yashil biroq,
A mal qilmasang o’rtoq,
Holing bil bo’lar chatoq.
Qizil yonsa, to’xta shu choq,
S ariq yonsa, bo’l ogoh,
Yashil yonsa, yo’l ochiq,
Ammo o’ng so’lingga boq.
O’qituvchi o’quvchilarga yo’lda yurish odobi haqida gapirib o’tadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun doskaga diagramma chizilgan ko'zgazmalar osib qo'yiladi va bajarish tartibi aytib o'tiladi.
So'ngra matematik diktant aytiladi. Har bir guruh uchun 2tadan savol beriladi va og'zaki bajartiriladi.
4-masala og'zaki baiariladi.
Kitob do’koniga 9 ta ertak kitoblar va 2 ta she’riy kitoblar keltirildi. Jami qancha kitob keltirilgan?
IV. Mustaqil ish beriladi. Son hosil qilishga doir usuldagi ko'rgazma. Har bir guruh uchun alohida rangda.
Guruhning har bir ishtirokchisi bo'sh joyga bittadan raqam yozadi. Guruhlarni ekspertlar baholab boradilar va sardorlar olingan ballarni konvertlarga joylashtirishadi.
Bu o'yin tezlik va chaqqonlik bilan bajariladi. Jamoadoshlar hamjihatlikda ish olib boradi.
Sardorlar bellashuvi o'tkaziladi. «Mo'jiza» daraxtida olma, nok, apelsin, banan, anor kabi mevalar bor. Mevalarning orqa tomoniga qo'shish va ayirishga doir misollar yozib qo'yilgan. Guruh sardorlari hamma mevadan bittadan olib, misollarni yechadilar. Mevalardan eng ko'p yiqqan o'quvchi g'olib hisoblanadi.
V. Dars xulosalanadi. Guruhlar yiqqan umumiy rag'bat kartochkalari hisoblanadi va guruhlar rag'batlantiriladi.
G'olib jamoaga qo'lda yasalgan «Eng faol jamoa» medalyoni taqdim etiladi.
VI. Uyga vazifa 5-misol. Tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |