Axborot xossalari
Axborot quyidagi xossalarga ega:
•
ishonchlilik;
•
to’liqlilik;
•
qimmatlilik;
•
dolzarblilik;
•
tushunarlilik;
•
qulaylilik;
•
qisqa va lo’ndalilik;
va boshqalar.
Ma’lumotlarni o’lchov birliklari. Axborotni o’lchash
Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg'oloni» asaridagi
axborot miqdori qancha yoki
pasportingizdagi fotosuratda qancha axborot miqdori mavjud degan savolga qanday javob olish
mumkin? Bunday savollarga javoblar olish uchun axborotni o’lchashda ishlatiladigan birliklar
bilan tanishib chiqamiz.
Axborotning
eng kichik o’lchov birligi sifatida bir
bit qabul qilingan
(
bit
— inglizcha
binary, digit
— ma’nosi ikkilik raqam).
Axborot nazariyasida bit
- ikki teng ehtimolli holatdan birini farqlash imkonini beruvchi
axborot miqdoridir..
Hisoblash texnikasida bit «0» yoki «1» belgilaridan birini qabul qiluvchi va saqlovchi
xotiraning eng kichik bo’lagidir.
Amaliyotda ko’pincha axborotning kattaroq o’lchov birligi —
bayt
ishlatiladi. 1 bayt 8
bitga teng. Kompyuter klaviaturasidagi barcha 256 belgini kodlashtirish uchun 8
bit zarur
(256=2
i12345
)
.
Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi,
sifat jihatidan yangi
ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning
usul va vositalari
majmuasidan foydalanish jarayonidir.
•
Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm,
volt, amper, kubometr va boshqalar.
•
Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida
axborotning eng kichik birligi
bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”.
•
Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun
deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
•
Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt
(mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:
–
1 Kb =1024 bayt,
–
1 Mb=1024 Kbayt,
–
1 Gb =1024 Mbayt,
–
1 Tb =1024 Gbayt.
Axborotni kodlashtirish - ma’lum ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni belgilangan qoidaga
ko’ra ixcham shaklda ifodalash. Kodlashtirish natijasida axborotni kompyuterda qulay ravishda
qayta ishlash amalga oshiriladi. Axborot kodlashtirilganida uning muayyan bir qismi yoki bo’lagi
yoki axborot to’liq holda shartli belgilardan iborat kodga almashtiriladi.
Kodlashtirish tizimi - ob’ektlarni kodlar bilan belgilash qoidalari to’plamidir.
•
Quyidagi axborot o’lchov birliklari ham keng qo’llaniladi: