Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi o’rtasidagi o’zaro
munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega emas. Ma’lumot iste’molchi
tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi.
Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.:
❖
Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida;
❖
Yorug'lik nuri va tovush signallari ko’rinishida;
❖
Radioto’lqinlar ko’rinishida;
❖
Elektr va nerv impulslari ko’rinishida;
❖
Magnit yozuvlari ko’rinishida;
❖
Imo-ishora va mimika orqali;
❖
Hid va ta’m ko’rinishida;
❖
Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko’rinishida.
Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy dunyoning
predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi..
Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot ko’rinishida ular
o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida uni uzatiladigan signalga
aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida
qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan
asliga qaytarish maqsadida dekodlashtiriladi.
Misollar:
1.
Ob-havo prognozi ma’lumotlari axborot qabul qiluvchiga (teletomoshabinga) manbadan -
meteorolog-mutaxassisdan aloqa kanali - televideniye signallarini uzatuvchi apparatura orqali
televizorga uzatiladi;
2.
Jonli mavjudot o’zining sezgi organlari (ko’zlari, quloqlari, burni, terisi, tili va shu kabilar)
orqali tashqi dunyodan axborot oladi, uni muayyan ketma-ketlikdagi nerv impulslariga
aylantiradi, nerv tolalari orqali uzatib, o’z xotirasida miyaning neyron strukturalari
ko’rinishida saqlaydi, impulslarni qayta ishlash yoki tahlil qilish natijasida o’z harakatlarini
boshqaradi yoki tovush signallari beradi, ya’ni o’z faoliyatda foydalanadi.
Axborotni qayta ishlash - bir xil informatsion ob’ektlarni ba’zi algoritmlarni bajarish
asosida boshqa informatsion ob’ektlardan olishdir. Axborotni qayta ishlash axborot ustida
bajariladigan asosiy amallardan biri va axborot turli-tuman bo’lishi va uning ko’lamini (hajmini)
oshirishning asosiy vositasidir.
Axborot ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
Axborot ustida muayyan amallar bajarishga oid barcha jarayonlar informatsion jarayonlar
deyiladi.
Axborotni qayta ishlash vositalari - insoniyat tomonidan yaratilgan turli qurilmalar va
tizimlardir, birinchi navbatda axborotni qayta ishlovchi univenrsal mashina - kompyuterdir.
Kompyuterlar axborotni ba’zi algoritmlarni bajarish asosida qayta ishlaydilar. Tirik
organizmlar va o’simliklar axborotni o’z sezgi organlari va tizimlari orqali qayta ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: