1.3-rasm. Informatikaning fan, tarmoq va amaliy fan sifatida tuzilishi
Informatika
fundamental fan
sifatida komppyuter axborot tizimlari negizda istalgan
oboektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jixatidan taominlashni barpo etish uslubiyotini
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri -
axborot tizimlari nima, ular qanday o‘rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo‘lishi lozim, qanday
ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika
sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalashlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab
chiqish, komppyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy
informatika, ijtimoiy sug‘urta va atrof muhit informatikasi, kasbiy axborot tizimlari.
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari xaqida
umumlashtirilgan axborotni olish, ularni qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini
aniqlashdir.
Informatika
amaliy fan
sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi:
•
axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish);
•
inson faoliyatining turli soxalarida kommunikatsion-axborot modellarini yaratish;
•
aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnolgiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy
bosqichlari bo‘lgan loyihalash, uni ishlab chiqish, foydalanish davrlariga tavsiyalar tayyorlash.
Informatikaning bosh vazifasi axborotni o‘zgartirish usullari va vositalarini ishlab chiqish,
ulardan axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etishda foydalanishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
istalgan turdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;
•
axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida axborotni qayta ishlash tizimini
va yangi texnologiyalarni yaratish;
•
jamiyat hayotining barcha sohalarida komppyuter texnikasi va texnologiyasini yaratish, tadbiq
etish va samarali foydalanishni tashkil etish ilmiy va muxandislik muammolarini hal etish.
Informatika o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lmay, balki boshqa sohalardagi muammaolarni hal
etish uchun yangi axborot texnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-
texnik sohadir. U boshqa sohalar, xatto jarayonlar va xodisalar tartiblashmaganligi tufayli
miqdoriy uslublarni qo‘llash mumkin emas deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslubini
va vositalarini taqdim etadi. Informatikada komppyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy
ro‘yyobga chiqishi mumkin bo‘lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida
ajratib ko‘rsatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: