Maqsadi va vazifalari



Download 303,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana01.05.2022
Hajmi303,4 Kb.
#601504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MA'RUZA

Informatika
- komppyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni 
yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.
Informatika va kibernetika tushunchalarida ko‘pincha chalkashliklar uchrab turadi. 
Ularning o‘xshashligi va farqini tushuntirishga harakat qilamiz.
N.Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida 
murakkab dinamik tizimlarini boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Kibernetika 
komppyuterlar mavjudligi yoki yo‘qligidan qatoiy nazar mavjuddir.
Kibernetika 
- texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy 
tamoyillari haqidagi fandir. 
Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli oboektlarni boshqarish 
vazifalarini amaliy hal etmay, o‘zgartirish va barpo etish jarayonlarini o‘rganadi. Shu bois 
informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan tasavvur hosil bo‘lishi mumkin. 
Biroq, boshqa jihatdan, informatika komppyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolar 
yechimi bilan ifodalanmaydi, bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
Informatika komppyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz 
mavjud bo‘la olmaydi. Kibernetika komppyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli 
foydalansa ham, lekin oboektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o‘z-o‘zicha 
rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa ham, 
lekin: 

informatika 
- axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga 
asoslanishi; 

kibernetika 
esa - oboekt modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan 
axborotlardan keng foydalanishi jihatdan farqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jahon 
darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi
bilan shartli ravishda faxrlana oladi. “Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik 
statistika, differinsial tenglamalar va matematik fizika, funksional tahlil sohasidagi yutuqlari 
respublikadan ancha uzoqda ham mashhur”
 
deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov. 
Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundaki, respublikada 
jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga 
mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va taolim samaradorligining 
muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun 
dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarning amalga 
oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi 
muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir. 
1956 yilda akademik M.T. O‘razboev tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 
tarkibida V.I.Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi 
ochilib, unga V.Q. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor “Ural-
1” tipidagi EHM o‘rnatildi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasining hisoblash markaziga ega bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda uning asosida 
Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 


Xalq xo‘jaligidagi turli vazifalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini rivojlantirgan 
akademik V.Q. Qobulov boshchiligadagi birlashmaning yetakchi olimlari O‘zbekistonda 
kibernetikaning tarkib topishi va rivojalanishiga ulkan xissa qo‘shdilar. Obrazlarni tekshirib bilish
va sunoiy intellekt nazariyalar bo‘yicha katta maktab yaratgan akademik M.M.Komilov, 
matematik modellash va hisoblash eksperimenti, matematik va fizika murakkab vaziflarini hal 
etishni miqdoriy-tahliliy usullari bo‘yicha muxbir aozolar F.B.Abutaliev, B.A.Bendarenko, 
T.Bo‘riev, axborotni qayta ishlash bo‘yicha - akademik D.A.Abdullaev, kibernetika fanining turli 
yo‘nalishlari bo‘yicha ulkan ilmiy maktablar o‘zagini yaratgan professorlar T.A.Valiev, 
Z.T.Odilova, O.M.Nabiev, D.N.Axmedova, R.S. Saydullaeva, Z.M. Solixov, F.T. Odilova, N.A. 
Mo‘minov va boshqalarning katta xizmatlarini taokidlash lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, birlashma olimlari tomonidan
fundamental va amaliy ilmiy yo‘nalishlar belgilandi, O‘z.R. Fanlar Akademiyasi Xayoati 
tomonidan Respublikada kibernetika va axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab 
chiqildi va tasdiqlandi. 
Bulardan tashqari matematik modellar asosida xalq xo‘jaligi muammolarini xal qilish, 
iqtisodiyotda axborotlar tizimlaridan unumli va oqilona foydalanish, zamonaviy komppyuter 
texnologiyalarining xayotga keng tadbiq qilish sohalari bo‘yicha akademik S.S.G‘ulomovning, 
iqtisodiy kibernetika yo‘nalishi bo‘yicha professor T.Sh.Shodievning maktablarini tilga olish 
diqqatga loyiqdir.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va Respublikada axborotlashtirish 
jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo‘mitasi (FTDQ) qoshida 
axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan 
asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari doirasida O‘zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish 
jarayonini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida 
(1993 yil, may) va EHM va maolumotlar bazasi uchun dasturlarni xuquqiy muhofazalash haqidagi 
(1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir. 
O‘z FTDQ ning davlat patent idorasida 1995 yil sentabridan EHM va maolumotlar bazasi 
uchun dasturlarni xuquqiy muxofazalash usuli bo‘yicha agentlik ishlab turibdi. Bu idora dasturiy 
maolumotlar, shuningdek to‘liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy 
ro‘yxatdan o‘tkazadi. 
1994 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston 
Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy 
maqsadi va unda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir: 

milliy axborot - hisoblash tarmog‘ini yaratish; 

axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy meoyoriy xujjatlarni yuritish; 

axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish; 

informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish; 

axborot texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-
quvvatlash; 

informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish. 
Konsepsiyaning asosiy qoyidalari hisobga olingan “O‘zbekiston Respublikasining
axborotlashtirish dasturi” ishlab chiqildi, u uch maqsadli dasturni o‘z ichiga oladi: 
a) milliy axborot - hisoblash tarmog‘i; 
b) EHM ni matematik va dasturiy taominlash; 
v) shaxsiy komppyuter.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustuvor yo‘nalishi quyidagilardan iborat: 

davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari; 

elektron maolumotlar bazasi; 

fan-texnika axboroti (FTA) tarmog‘i; 

taolim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va soliqni saqlash sohalari 
axborot tizimlari; 



maolumotlarni uzatish va aloqa tizimlari; 

favqulodda holatlarining oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari. 
Mazkur dasturda vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash 
tarmog‘ini yaratish, komppyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil 
etish, yangi axborot texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, 
xujjatlashtirishning meoyoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
Milliy axborot hisoblash tarmog‘i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona 
o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega axborot
hisoblash tarmoqlari mujassamlashganligini o‘zida namoyon etuvchi ochiq tizim sifatida 
yaratilishi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni bir necha bosqichida hal etish ko‘zda tutilmoqda. 

Download 303,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish