Maqsadi va vazifalari. Boshqaruv psixologiyasi fani


Biografik (tarjimai hol) metodi



Download 351,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana28.06.2022
Hajmi351,78 Kb.
#716296
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-МАЪРУЗА

Biografik (tarjimai hol) metodi.
Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning 
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar 18 biografik 
metod orqali o’rganiladi. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, 
esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu 
bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: 
esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, audio ovozlari, fotolavhalar, hujjatli 
filümlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxs haqida to’la tasavvur etishga xizmat qiladi. 
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning 
suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam 
beradi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, 
idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida 
namuna vazifasini o’taydi. 
Intervyu o’tkazish
uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, 
chunki u tadqiqotchidan qator muhim shaxs sifatlarining bulishini talab qiladi. 
Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiyada “rolli o’yinlar” metodi yordamida 


psixolog yoki sotsiolog maxsus tayyorgarlik kursidan o’gadi, turli vaziyatlarda turli 
toifali insonlar bilan intervyu o’tkazish orqali, o’z malakasini oshiradi. 
Proektiv metodlar.
Ular test usullarning bir ko’rinishi xisoblanib, ularda 
tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar 
tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig’i beriladi. Binobarin, tekshiriluvchiga 
turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan xikoyalar, biror aniq 
ko’rinishi mavjud emas buyumlar, yog’ochlar berilishi, yoki ularga qarab 
tekshiriluvchi o’zining xissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai 
nazaridan baxolashi kutiladi. Proektiv usullar qatoriga mashxur Rorshaxt "Siyox 
dog’lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu - ikki tomonlama simmetrik shaklda 
berilgan 10 xil dog’lardan iborat bo’lib, xar bir dog’ xar xil bo’yoqli fonda 
ko’rsatiladi. Tekshiriluvchidan xar bir “dog’” nimaning shaklini eslatishi so’raladi. 
Uning og’zidan chiqqan so’zlar, assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz 
qilib), shaxs xususiyatlari yuzasidan xulosa chiqariladi. 
Yana bir proektiv usul — bu S.Rozentsveygning rasmli assotsiatsiyalaridir. 
Bunda turmushda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan 
rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan 
personajlar nimalarnidir gapirayotgan xolda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi 
tomondagi shaxs esa xali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiriluvchidan 
eksperimentator tez, qisqa muddat ichida bo’sh 44 kataklarga qaytarilishi 
kutilayotgan javobni yozishni so’radi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning 
yo’nalishi, qadriyatlari tizimi, maqsad-muddaolari, turli ziddiyatlarga munosabati, 
jaxolat xissining xususiyatlari, bu xisning kimlarga qaratilganligi va shunga 
o’xshash muhim faktlar to’planadi. 
Shunday qilib, biz, boshqaruv psixologiyasida an’anaviy qo’llanib 
kelinayotgan asosiy metodlarga to’xtalib o’tdik. Lekin xozirgi davrda xayot fandan 
tatbiqiy xususiyatga ega bulishini talab qilayotganligi tufayli bu qatorga bir turkum 
metodlarni kiritish lozimki, ular ijtimoiy psixologiyadagi faol tayyorgarlik metodlari 
deb ataladi. Ularga ijtimoiy-psixologik treningning barcha shakllari kiritiladi. Faol 
tayyorgarlik metodlari o’z mohiyatiga ko’ra, shaxs va guruxning ma’lum sifatlarini 


shakllantiruvchi eksperimentni eslatadi. Lekin ularning faol metodlar toifasiga 
kiritilishiga asosiy sabab - bu usullar yordamida qisqa fursatda bevosita muloqot 
sharoitida kutilayotgan samaraga erishish mumkin bo’ladi. Ya’ni, taxlil qilib 
chiqilgan metodlardan farqli o’laroq, faol ijtimoiy-psixologik metodlar shaxsda yoki 
guruxda shakllangan xususiyatlarni qayd qilish emas, balki tarkib toptirish lozim 
bo’lgan xislatlarni amaliyotchi psixolog yoki ijtimoiy xodimning faol aralashuvi 
orqali xosil qilishga qaratilgandir. Oxirgi yillarda turli tashkilotlar tomonidan tashkil 
etilayotgan treninglar, ayniqsa, ular insonlardagi tafakkur, tasavvur va qadriyatlarni 
o’zgartirishga qaratilgan bo’lsa, ular faol tayyorlgarlik metodlarning amaliyotdagi 
ko’rinishidir. To’g’ri, ijtimoiy psixologlar xamisha ijtimoiy psixologik treninglar 
o’tkazadilar. Bunda asosiy ikki talab qo’yiladi: 1) trening o’tkazilishi uchun real, 
kompakt gurux bo’lishi kerak; 2) trening yo’nalishini belgilash uchun ijtimoiy 
psixologik vaziyat yoki muammo bo’lishi shart. Ikkalasi bo’lgan taqdirda, treningni 
malakali mutaxassis-psixolog o’tkazsa, samara - ijtimoiy xulqning o’zgargan 
varianti xosil bo’ladi. Faol metodlardan ko’zlangan maqsad xam aynan shu, ya’ni, 
ijtimoiy xulqqa ta’sir ko’rsatish va o’zgarishga erishishdir. 
Har bir fanning aloxida o’rganish metodlari bo’lganidek boshqaruv 
psixologiyasining ham o’z metodlari va ularni qo’llash vositalari mavjud. 
Boshqaruv psixologiyasida qo’llaniladigan metodlar psixologiya va sotsial 
psixologiya fanlarida qo’llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning 
predmetidagi o’ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo’llari va 
ma’lumotlari ilmiy jixatdan taxlil qilinadi. Boshqaruv psixologiyasining 
metodlari quyidagilardan iborat. 
1.Kuzatish metodi. 
2.So’rov metodi. 
3.Kontent – analiz. 
4.Ijtimoiy psixologik testlar. 
5.Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod 
6.Menejer bilan individual suhbat metodi. 
7.Intervyu: standart, nostandart. 


8.Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik. 
Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini 
qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq- atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi 
qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi kerak. 
1.Kuzatish maqsadi aniq bo’lishi va ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim. 
2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab 
chiqish. 
3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil ko’zatuv oliь borish. 
4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida 
tekshirib ko’rish. 
Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud. 
A.Tashqi kuzatish – ko’zatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda ularning 
hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo’l 
bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa 
usullarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi. 
B.Qo’shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita 
aralashib, kerak bo’lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning 
qulayligi 
shundaki, 
kuzatilayotganlar 
o’zlarining kuzatilayotganliklarini 
sezmaydilar, kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar. 
V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan 
tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo’lgan munosabati, o’zini 
tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo’llari kuzatiladi. 
So’rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish 
jarayonida inson psixologiyasidagi o’zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq 
– atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. So’rov metodi 
ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa so’rovi, 
intervyu shular jumlasiga kiradi.Ushbu so’rov metodlari tadqiqotchi bilan 
tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar 
to’plash usulidir.


So’rovni o’tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqot 
madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi 
sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir.
Intervyu o’tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, 
chunki u tadqiqotchidan qator muxim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. SHuning 
uchun ham ijtimoiy psixologiyada rolli o’yinlar metodi yordamida psixolog yoki 
sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar. 
Anketa metodi. Bu metod yordamida turli yoshdagi va turli kasbdagi 
odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga bo’lgan munosabatlari 
o’rganiladi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko’ra anketa ochiq va yopiq 
turlarga bo’linadi. Ochiq anketa tekshiriluvchidan o’z fikrini erkin bayon etishni 
talab qiladi.Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan 
bo’lib tekshiriluvchi o’ziga ma’qul bo’lgan , o’zining qarashlari fikrlari bilan mos 
kelgan javobni belgilab boradi. 
Anketa tuzilishi jixatdan uch qismga bo’linadi. 
1.Kirish qism. Bu qism respondetga murojaat deb nomlanib, odatda tadqmqot 
o’tkazilayotgan tashkilot nomi, tadqiqot maqsadlari va ularning foydasi, 
tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning 
umumlashtirilgan holda ishlatilishi, anketani to’ldirish yo’llari va boshqalar 
yoziladi. 
Asosiy qism. Bunga berilayotgan savollar tartibiga e’tibor bergan xolda savollar 
kiritiladi. Chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa , bu narsa respondentni 
cho’chitib qo’yishi, xattoki, anketani to’ldirmasdan qaytarib berishga majbur 
qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham boshshida yengil savollar 
berilib,tekshiriluvchilarni qiziqtirib keyin psixologik savollarga o’tish lozim.
3.Yakuniy qism. Bunda tekshiriluvchi shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi 
va boshqalar so’raladi. 
To’plangan ma’lumotlarga statistik 
qayta ishlov 
beriladi
ular
kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.


Kontent

analiz
metodi.
Bu 
metodning ilmiy 
mohiyati shuki, 
u faoliyatning mahsulini 
tekshirishga 
imkon beradi
hamda to’plangan 
ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan 
airalib turadi.
Uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g’oya yoki tushunchalarning necha 
marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni, ma’lum mazmun miqdor ko’rinishiga 
keltiriladi. Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir 
tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan 
esa tadqiqot so’ngida qo’lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat 
formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak. 
 
 
 
 

Download 351,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish