- Maqsad: Talabalar axborot xavfsizligining asosiy tushunchalarini haqida tasavvurga ega bo’lish.
- MAVZU: Asosiy tushunchalar: kriptologiya, kriptografiya, kriptoanaliz. Shifr, kriptogramma, ochiq matn, yopiq matn, kalit, kriptotizim va kriptografik algoritm.
REJA: - Kriptologiya, kriptografiya, kriptoanaliz.
- Shifr, kriptogramma, ochiq matn, yopiq matn, kalit.
- kriptotizim va kriptografik algoritm
ADABIYOTLAR: - Ғаниев С.К., Каримов М.М., Ташев К.А. Ахборот хавфсизлиги. Ахборот- коммуникацион тизимлар хавфсизлиги. Тошкент, 2009,407 б.
- Гулямов С.С.«Основы информационной безопасности» Ташкент, 2004 г.
- Арипов М.. Пудовченко Ю. «Основы криптологии», Ташкент. 2003 г.
- Брюс Шнайер. «Прикладная криптография». Москва. 2012, 610 с.
- Акбаров Д. Е. Ахборог хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари ва уларнинг қўлланилиши. Тошкент, 2009, 431 бет.
- Kriptologiya (kryptos- maxfiy, logos- ilm) fani - axborotlarning muhofazasi masalalari bilan shug‘ullanadigan fandir.
- Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega: – kriptografiya va kriptoanaliz.
- Kriptografiya - ochiq ma’lumotlarni shifrlash masalalarini matematik uslublari bilan shug‘ullanadi.
- Kriptoanaliz - shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan ma’lumotni asli holatini (mos keluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini yechish bilan shug‘ullanadi.
- Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi 4 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
- Simmetrik kriptotizimlar.
- Ochiq kalit algoritmiga asoslangan kriptotizimlar.
- Elektron raqamli imzo kriptotizimlari.
- Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni boshqarish.
- Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari:
- 1. maxfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofaza qilish holda uzatish;
- 2. ularning xaqiqiyligini ta’minlash,
- 3. axborotlarni (elektron xujjatlarni, elektron ma’lumotlar jamg‘armasini) kompyuterlar tizimi xotirasida shifrlangan holda saqlash
- Alifbo - axborotni kodlash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami. Misol sifatida:
- - o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alifbosi;
- - o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti;
- - yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;
- - ikki yuz ellik oltita belgidan iborat ASCII va KOI–8 standart kompyuter kodlarining alifbosi;
- - binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alfavit;
- - sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat alfavitlarni keltirish mumkin.
- Matn - alifboning elementlaridan (belgilaridan) tashkil topgan tartiblangan tuzilma.
- Shifrlash - ochiq matn deb ataluvchi dastlabki ma’lumotni shifrlangan ma’lumot (kriptogramma) holatiga o‘tkazish jarayoni.
- Deshifrlash - shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon, ya’ni kalit yordamida shifrlangan ma’lumotni dastlabki holatga o‘tkazish.
- Kalit - dastlabki ma’lumotni bevosita shifrlash va deshifrlash uchun zarur manba.
- Kriptografik tizim - ochiq ma’lumotni shifrlash va deshifrlash jarayonini tashkil etuvchi amallar majmui bo‘lib, alfavit belgilarini almashtirish ketma-ketligidan iborat.
- Shifrlash tizimlari foydalaniladigan kalitlar soniga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi:
- 1. simmetrik
- 2. asimmetrik
- Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash uchun ham va deshifrlash uchun ham bir xil kalitdan foydalaniladi.
- Asimmetrik kriptotizimlarda ikkita kalitdan – o‘zaro matematik bog‘liq bo‘lgan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi.
- Asimmetrik kriptotizim (ochiq kalitli) da ma’lumotlar hammaga ma’lum bo‘lgan ma’lumot yuborilayotgan shaxsning ochiq kaliti bilan shifrlanadi va faqat ma’lumot yuborilayotgan shaxsning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan yopiq kalit bilan deshifrlanadi.
- ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |