Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism :
II. O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni bilimi nazorat qilish va baholash
Ninachilar qanday tuzilgan? Ninachilar qanday hayot kechiradi? . To'g'riqanotlilar qanday tuzilgan? . To'g'riqanotlilar qanday ziyon yetkazadi? Nima sababdan qandalalar yarim qattiqqanotlilar deyiladi? To'shak qandalasi va hasva qanday ziyon yetkazadi?
3.O’tgan mavzuni takrorlash
:
4.Yangi mavzu bayoni: Kapalaklar juda chiroyli va xilma-xil bo'lib, ularning Yer yuzida 150 000 ga yaqin, O'rta Osiyoda bir necha mingga yaqin turlari tarqalgan (49-rasm). Kapalaklarning qanotlari mayda tan- gachalar bilan qoplangan. Shuning uchun ular tangachaqanodilar deb ataladi. Qanotlarining rangi ana shu tangachalarga bog'liq. Kapalaklar boshining ostida spiralga o'xshab o'ralgan xartumi bor. Xartum pastki jag' bilan pastki labning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Buning uchun ular xartumini to'g'rilab, gul ichiga suqadi va nektarini so'rib oladi. Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bo'g'imlarga bo'lingan bo'lib, qurt deb ataladi. Og'iz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qattiq oziqni kemirishga mos- lashgan. Qurtning ko'krak bo'limida 3 juft haqiqiy oyoqlar, qorin bo'limida 5 juft soxta oyoqlar bo'ladi. Soxta oyoqlar yo'g'on, bo'g'imlarga bo'linmaganligi va tovon qismida mayda ilmoqcha- laming bo'lishi bilan ko'krak oyoqlardan farq qiladi. Qurtlar soxta oyoqlar yordamida harakat qiladi; ko'krak oyoqlari bilan oziqni ushlab turadi.
Karam kapalagi. Karam kapalagining qurti karam, sholg'om, turp, achambiti kabi karamdoshlar oilasiga mansub o'simlik- larning bargi bilan oziqlanadi. Uning qanotlari oq rangda bo'lganidan oq kapalak ham deyiladi. Oldingi qanotlarining chetki qismida katta qora dog'i bo'ladi (47-rasmga qarang). Kapalak qo'nganida qanotlari tanasi ustida tik bo'lib taxlanadi. Qanotlarining ostki tomoni yashil-sarg'ish rangda bo'lganidan uni barglar orasida sezish qiyin. Karam kapalagi tuxumlarini o'simlik bargi ostiga qo'yadi. Tuxumlardan chiqqan yosh qurtlar dastlab sariq rangda bo'ladi, keyinchalik rivojlanib, ko'k-yashil rangga kiradi. Ularning orqa va yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog'lari bo'ladi. Qurtlar po'st tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar daraxtlar yoki devorlarga chiqib olib, g'umbakka aylanadi. G'umbakdan chiqqan kapalaklar bir necha soatdan so'ng ucha boshlaydi.
Tut ipak qurti. Odamlar qadimdan hasharotlarning hayoti bilan tanish bo'lganlar. Ularni, ayniqsa, kapalak qurtlarining pilla o'rashi qiziqtirgan. Tut ipak qurti eng qadimgi xonakilashtirilgan hasharot hisoblanadi. Uning asl vatani Himolay bo'lib, bundan 5 000 yil ilgari xitoyliklar boqa boshlashgan. Hozir ipak qurti Yaponiya, Xitoy, Braziliya, O'rta Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Yevropa va Kavkazda boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |