Sport yo’nalishidagi gimnastika. Sport gimnastikasi-ning vazifasi yuqori jismoniy tayyorgarlikka va sport mahoratini oshirish maqsadida qiyin harakatlar qilish sanoatini egallashdir. Sport gimnastikasiga erkin mashqlar, perekladinadagi mashqlar, bruspyadagi, xalqalarda, dastali kon (erkaklar uchun) brevno va har xil balandlikdagi bruspyadagi (qizlar uchun) va sakrash mashqlari kiradi.
Badiy gimnastika – akrobatika va sport gimnastikasidek sport xarakteriga ega. Vazifasi esa o’zining maxsus yo’llari bilan hal etiladi. Asosiy mashqlari musiqa bilan bog’liqdir. U harakat koordinatsiyasini, harakat plastikasini rivojlan-tiradi. Mashqlar raqs xarakteridagi harakatlar tarzida baja-riladi. Mashq mazmuniga barcha mashqlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |