Uzun, ingichka va to’g’ri o’tkazgichdan I=20 A tok o’tmoqda. Undan r=4sm masofada joylashgan nuqtada magnit maydoni induksiyasi topilsin.
U zunligi 60 sm bolgan o’tkazgichdan I=30A tok o’tmoqda. Cheksiz uzun o’tkazgich bo’lagining chekka nuqtalaridan bir-hil masofada va markazidan d=20sm masofada joylashgan nuqtada magnit maydoni induksiyasi topilsin.
. Parallel tekislikda va bir-biridan 0.1m masofada radiusi r=0.04m bo’lgan ikki doiraviy xalqa joylashgan. Doiraviy xalqalardan I1=I2=2A tok o’tmoqda. Ikki doiraviy xalqa markazidan bir xil masofada joylasjgan nuqtada:
1)xalqalarda tok bir-xil yo’nalishda bo’lsa ;
2)xalqalarda tok yo’nalishi qarama-qarshi yo’nalishda bo’lsa magnit maydon induksiyasi aniqlansin.
52.Bir jinsli magnit maydoni kuchlanganligi 2kA/m. Bir jinsli magnit maydoni kuchlanganligi 2kA/m unda radiusi R=0.05m bo’lgan o’ram joylashgan. O’ram tekisligi magnit maydoni kuchlanganligi bilan 60º burchak xosil qiladi. O’ramdan I=4A tok o’tmoqda. O’ramga ta’sir etuvchi aylantiruvchi moment M topilsin.
0.2m radiusli o’ram magnit meridiani tekisligida zhoylashtirilgan. Er magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisi Ba=20mkTl. O’ram markazida kompas zhoylashtirilgan. Tok o’tkazilganda kompas strelkasi б =90º og’sa magnit momenti qanday.
Magnit momenti Pm=10mkA·M2 bo’lgan solenoiddan d=0.5M masofada havoda magnit maydoni kuchlanganligi aniqlansin. Solenoid o’lchami masofadan sezilarli kichik.
Proton va zarracha bir jinsli magnit maydoniga kirib keladilar, tezliklarining yo’nalishi magnit indukciyasi chiziqlari yo’nalishlariga perpendikulyar. Ularning aylanish davrlari bir-biridan necha marta farq qiladi.
Elektron bir jinsli magnit maydonida uning indukciya kuch chiziqlariga perpendikulyar ravishda harakat qilmoqda. Magnit maydon indukciyasi B=0.2 Tl va egrilik radiusi R=0.2 sm bo’lsa, magnit maydoni tomonidan elektronga tasir etuvchi kuch F topilsin.
Indukciya B=0.6 Tl ga teng magnit maydonida uzunligi l=30sm bo’lgan to’g’ri o’tkazgich tekis harakat qilmoqda. O’tkazgichdan I=4 A tok o’tmoqda, o’tkazgich tezligi =0.2m/s bo’lib, u magnit maydoni chiziqlariga perpendikulyar harakat qilmoqda, o’tkazgich t=10s davomida maydonda harakat qilgan bo’lsa, bajarilgan ish va quvvat topilsin.
O‘ramlar soni N=4000 ta va I=20A tok o‘tayotgan solenoidning induktivligi L=0.4 Gn bo‘lsa, magnit oqimi va oqim tutilishi ψ topilsin.
Induksiyasi B=1Tl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonida yuzasi S=100 sm2 ga teng doiraviy sim o‘ram joylashgan. O‘ram tekisligi magnit maydoni yo‘nalishiga perpendikulyar. Magnit maydoni Δt=0.001s davomida o‘chirib qo‘yilsa, hosil bo‘lgan induksiya E.Yu.K. ning o‘rtacha qiymati qanchaga teng bo‘ladi?
Masasi m=5g bo‘lgan ingichka mis sim qarama-qarshi uchlari biriktirilib kvadrat shakliga keltirilgan va induksiyasi B=0.2Tl bo‘lgan magnit maydonining kuch chiziqlariga perpendikulyar ravishda joylashtirilgan. Kvadratni qarama-qarshi uchlaridan tortib to‘g‘ri o‘tkazgich shakliga keltirilganda undan o‘tadigan q zaryad topilsin.
Diametri d=0.05 ga teng bo‘lgan g‘altakka kesim yuzasi bo‘lgan mis sim o‘ralgan. G‘altak ichiga magnit momenti Pm =0.02 va uzunligi l=0.2m bo‘lgan doimiy magnit kiritiladi. Magnitni harakati davomida sim o‘ramlardan qanday miqdorda elektr zaryadi oqib o‘tadi ?
Magnitlanmaydigan karkasga N=260ta o‘ram o‘ralgan. Bunday g‘altakning induktivligi L1=36mGn. O‘ramlar induktivligini L2=100mGn gacha oshirish uchun, eski o‘ramlar olib tashlanib, ingichka sim o‘raldi. Bu o‘ramlar soni nechta?
Magnitlanmaydigan karkasga N1=250ta o‘ram sim o‘ralgan bo‘lib , bu g‘altakning induktivligi L1=36mGn. G‘altak induktivligini 100mGn ga etkazish uchun qaytadan ingichka diametrli sim bilan o‘raldi. Bunda g‘altak uzunligi o‘zgarishsiz qolgan. Qayta o‘ralgan o‘ramlar soni topilsin.
Uzunligi l=0.1m va o‘ramlar soni N=300ta bo‘lgan solenoid ichiga temir o‘zak kiritilgan. Solenoiddan I=1A tok o‘tmoqda. Solenoid ichida joylashgan temir o‘zakning magnitlanish vektori P topilsin.
G‘altakda N=400ta o‘ram o‘ralgan bo‘lib, uning uzunligi l=0.2m. G‘altakning kesim yuzasi S=9 sm2 , g‘altak induktivligi qanday? Agar g‘altak ichiga magnit singdiruvchanligi bo‘lgan temir o‘zak kiritilsa, uning induktivligi qanday bo‘ladi?
Qarshilig R=20 Om bo‘lgan g‘altak tok manbai bilan ulangan. Zanjir ulangandan so‘ng t=0.1s o‘tgach I tok qiymati o‘zining maksimal qiymatini 0.95 qismiga etdi. Zanjirning induktivligi topilsin.
Akkumulyatorga qarshiligi R=1.2 Om bo‘lgan lampochka bilan drossel ketma-ket ulangan. Zanjir ulangandan so‘ng t=2.5s o‘tgach lampochka yongan bo‘lsa, drosselning induktivligi qanday?
Zanjirdagi tok I=(1-0.2t)A qonun bilan o‘zgarayotgan bo‘lsa, undagi o‘zindukciya E.Yu.K. U=0.02B bo‘lsa, zanjirni induktivligi topilsin.
Magnitlanmaydigan materialdan yasalgan o‘zakning har bir sm uzunligiga N=20 ta o‘ramdan sim o‘ralgan . Agar o‘ramlardan I=2A tok o‘tayotgan bo‘lsa, solenoid magnit majdonining hajmiy energiya zichligi topilsin.
O‘zaksiz toroidsitmon g‘altakka ustma-ust qilib har biri 1000 o‘ramdan bo‘lgan ikki qatlam sim o‘ralgan , o‘ramlar ketma-ket ulangan. Ularning magnit maydoni bir yo‘nalishiga ega. Agar xalqalardan I=5A tok o‘tayotgan bo‘lca (toroid o‘rtasi uzunligi =25 sm va kesim yuzasi S=1sm2 ), g‘altaklarning magnit maydoni energiyasi topilsin.
Radiusi R=2 sm ga teng uzun o‘zaking har bir sm uzunligiga N=10 ta o‘ram o‘ralgan . O‘ramlar kesim yuzasi S=1mm2 bo‘lgan mis simdan iborat . Qancha vaqt o‘tgach solenoid o‘ramlaridan azhralib chiqqan issiqlik miqdori o‘zakning maydoni energyasiga teng bo‘ladi? G‘altak o‘zgarmas kuchlanish manbaiga ulangan, o‘zakning magnit singdiruvchanligini =400 ga teng deb olinsin.
Egrilik radiusi 16 m ga teng sferik reflektorda olinadigan Quyoshning tasviri qayerda va qanday kattalikda bo’ladi?
Monoxromatik nur prizmaning yon sirtiga normal tushadi va undan 25° ga og’ib chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,7. Prizmaning sindirish burchagi topilsin.
Linzaning havodagi fokus masofasi 20 sm bo’lsa, linza suvga botirilgandagi fokus masofasini toping. Linza yasalgan shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,6. 46. Egrilik radiusi 30sm va sindirish kursatkichi 1,5 bo’lgan yassi-qavariq linza buyum tasvirini ikki barobar kattalashtiradi. Buyum va tasvirdan linzagacha bo’lgan masofa topilsin. Chizmasi chizilsin.
Bahorgi va kuzgi teng kunlikda tushda Quyosh ekvatorda zenitda turadi. Bu vaqt ekvatorda Er sirtining yoritilganligi Sankpetirburgdagi Er sirtining yoritilganligidan necha marta ko’p bo’ladi? Sank-Petirburgning kengligi 60°.
Yung tajribasida tirqishlar =600 nm to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilgan. Tirqishlar orasidagi masofa d=1 mm va tirqishlardan ekrangacha bo‘lgan masofa L=3 m. Birinchi 3 ta yorug‘ halqalarning o‘rni topilsin.
Nyuton 5 va 25 yorug‘lik halqalarining orasidagi masofa 9 mm. Linzaning egrilik radiusi 15 mm. Qurilmaga normal holda tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi topilsin. Kuzatish qaytgan yorug‘likda olib borilmoqda.
Frenel ko‘zgulari yordamida 80 nm to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug‘likning mavhum manbalari hosil qilingan. Ulardan ekrangacha bo‘lgan masofa l=3.2 mm. Ekran markazidan X=28 mm masofada 3-chi qorong‘u interferensiya yo‘li joylashgan. Mavhum tasvirlar orasidagi masofa topilsin.
Oq nur bilan yassi-parallel plastinka i1=45o va i2=60o burchak ostida yoritilganda u qizil bo‘lib ko‘ringan. Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5. Plastinkaning mumkin bo‘lgan eng kichik qalinligi topilsin (=750 nm).
To‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik yo‘liga qalinligi d=0.1 mm ga teng yassi-parallel shisha plastinka joylashtirilgan. Plastinkaga yorug‘lik normal ravishda tushadi. Optik yo‘l farqi ga teng bo‘lishi uchun, plastinkani qanday burchakka burish kerak?
To‘lqin uzunligi =632.8 nm li lazer nurlanishi normal ravishda ikkita tirqishi bo‘lgan to‘siqqa tushmoqda, tirqishlar orasidagi masofa d=5 mm. Ekranda interferensiya yo‘llari kuzatilmoqda. Agar tirqishlarning biriga a=10 mkm qalinlikdagi shaffof plastinka qo‘yilsa, interferensiya yo‘llari qanchaga suriladi? Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.633.
Difraksion panjara kengligi b=3 mm va davri d=3 mkm. =589.6 nm to‘lqin uzunligi uchun uning maksimal ajrata olish qobiliyati topilsin.
Difraksion panjara doimiysi d=1000 nm. Qo‘yida keltirilgan to‘lqinlar uchun birinchi tartibli spektrda burchakli dispersiya hisoblansin, a) 400 nm, b) 580 nm, v) 760 nm.
Shaffof bo‘lmagan va radiusi r=1 mm teshigi bor to‘siqqa yassi monoxromatik to‘lqin tushmoqda. To‘siqdan ekrangacha masofa b1=0.575 m bo‘lganda, difraksiya manzarasi markazida maksimum intensivlik kuzatiladi. Masofaning b2=0.802 m gacha oshirilganda markazdagi maksimum intensivlik minimumga aylanadi. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
Qutblanish tekisliklari =30° burchak tashkil etuvchi ikki nikoläan yotgan yorug‘lik necha marta susayadi? Nikolëarda yorug‘lik yo‘qolishi hisobga olinmasin.
Suv sirtidan (n=1.33) qaytgan yorug‘lik maksimal qutblangan bo‘lishi uchun quyosh gorizontga nisbatan qanday burchak ostida joylanishi kerak?
Yorug‘lik nuri glitsirindan (n1=1.47) shishaga (n2=1.5) o‘tadi. Ikki muhit chegarasidan qaytgan nur maksimal qutblangan bo‘lsa, qaytgan va singan nurlar orasidagi burchak topilsin.
Absolyut qora jismning monoxromatik nurini maksimum intensivligi 0=0.6 mkm to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi. Jismning temperaturasi va uning intensivligi topilsin.
Absolyut qora jism temperaturasi 1% ga organda uning nisbiy nurlanish qobiliyati Re/Re ni olishi topilsin.
Absolyut qora jism T1=2900 K temperaturaga ega. Jismni sovushi natijasida energetik yoritilganlik spektral zichligini maksimum to‘lqin uzunligi =9 mkm ga o‘zgaradi. Jismni T2 temperaturasi topilsin.
Vakuum fotoelementining elektrodlaridan birini =5.1014 Gs chastotali monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilganda elektronlar U=0.7 V dan kichik bo‘lmagan kuchlanishda to‘liq to‘xtatilgan. Shu elektrodni =0.52 mkm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik bilan yoritilganda fototokni yo‘qotish uchun zarur bo‘lgan eng kichik to‘xtatuvchi potensiallar ayirmasi aniqlansin.
R plastinkaga =220 nm to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug‘lik tushmoqda. Fotoelektronni maksimal tezligi aniqlansin.
Erkin elektron bilan urilgan fotonni sochilish burchagi aniqlansin, agar sochilishdagi to‘lqin uzunlikning o‘zgarishi =3.62 nm ga teng bo‘lsa.
Rentgen nurlari =60° burchak ostida kompton sochilmoqda. Tushayotgan foton energiyasi sochilgan foton va uchib chiqqan elektron orasida teng taqsimlangan. Sochilgan fotonning impulsi Р topilsin.
Monoxromatik rentgen nurlanishi dastasi sochiluvchi moddaga tushmoqda. 1=60° va 2=120° burchak ostida sochilgan nurlanishlarni to‘lqin uzunliklari bir biridan n=2 barobar farq qiladilar. Sochilish erkin elektronlarda sodir bo‘layapti deb hisoblab, tushayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligi aniqlansin.
Rentgen nurini qisqa to‘lqin uzunligini =0.210-10 m. Antikatodga urilayotgan elektronlarning De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin.
6000 m/s tezlik bilan harakat qilayotgan elektron bo‘ylama tezlashtiruvchi va kuchlanganligi 500 Vm bo‘lgan bir jinsli maydonga kirdi. Elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi 1 m ga teng bo‘lishi uchun elektron maydonda qancha masofaga boradi?
Potensiallar farqi U=40 кV bo‘lgan trubkada hosil bo‘ladigan rentgen nurlarining to‘lqin uzunligi De-Broyl to‘lqin uzunligiga teng bo‘lgan protonning kinetik energiyasi topilsin.
Qo‘zg‘atilgan atomning yashash vaqti =1 ns, to‘lqin uzunligi =0.1 nm. Nurlanish energiyasini eng katta aniqligi (Е) qanday bo‘ladi?
Zarracha asosiy holatda cheksiz chuqur, bir o‘lchamli, to‘g‘ri burchakli potensial o‘rada turibdi. O‘rani to‘rtdan birida zarrachani bo‘lishi extimolini toping?
Potensialni tushib ketish chegarasida (zinasida) protonni De-Broyl to‘lqinini sindirish ko‘rsatkichi koeffitsiyenti n topilsin. Protonlarning kinetik energiyasi Wk=16 eV potensial tushish qiymati (zina balandligi) Wр=8 eV.
To‘g‘ri burchakli potensial baryerni kengligi х=0.2 nm. Energiyalar farqi esa Wр-W=1 eV. Agarda energiyalar farqi n=10 marta ortsa, elektronni baryerdan o‘tish ehtimolligi necha marta o‘zgaradi?
Bor nazariyasidan foydalanib, deyteriy atomini uchinchi energetik sathda aylanayotgan elektronni tezligini toping.
3-energetik sathda turgan vodorod atomidan elektronni, energiya kvanti (=82.8 nm) urib chiqardi. Bu elektron yadrodan (uzoqda) qanday tezlik bilan harakatlanadi.
Bir yilda 1 garmm radonning parchalanishidan hosil bo‘lgan geliy miqdori normal sharoitda 0,043 sm3 hajmni egallaydi. Bulardan Avogadro sonini toping.