Harakatlarning tavsifi. Jismoniy madaniyat o’qituvchi-lari, mutaxassis trenerlar, fizkulptura faollarigina emas, balki mavjud jamiyat aozolaring barchasi o’z harakati va harakat faoliyatlarini tahlil qilibgina qolmay, kasbdoshi, tengdoshi, farzandi va boshqalarning harakatlarini ham tahlil eta olishi malakasiga ega bo’lishi zarur.
Harakatlar tananing fazodagi (bo’shliqdagi) holatiga qarab; harakat traektoriyasi (yo’liga); harakatning yo’nalishiga; harakat amplitudasi (og’ishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti; harakatni tezligi; harakatni davomiyligi (uzunliligi); tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi.
Yuqorida qayd qilingan harakat holatlarini tahlil qila olsakgina harakatlarni tavsiflay olishimiz mumkin.
Amaliyotda tananing fazodagi holatini, harakatning troektoriyasi (yo’li)ga qarab tavsiflaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |