Malakani salbiy ko’chishi. Oldin shakllangan malaka yangisining shakllanishi jarayonida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu taolim jarayonining cho’zilishiga sabab bo’ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi. Masa-lan, suvga sakrovchidan, gimnastdan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og’ir jarayonni aytib o’tish mumkin.
Jismoniy tarbiya dasturlarini ishlashda, o’quv jarayonini rejalashtirishda, yo’llanma beruvchi mashqlar tizimini tan-lashda malakalarning o’zaro taosiri munosabatlari xarakterini o’rganish va hisobga olish jismoniy mashqlarni klassifika-tsiyalashda qo’l keladi. Bu bilan ijobiy ko’chishning foydali effektidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko’chish elementlaridan ogoh bo’lish malakasi shakllanishi jarayoni osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |