17.7. Jismoniy tarbiya va sport kunlarini, sport konkurslarini uyushtirish va o’tkazish
Umid nihollari, Barkamol avlod musobaqalari dasturidagi sport turlari bo’yicha umumiy o’rta taolim tizimida bolalar o’quvchi-yoshlarning I bosqich musobaqalarini o’tkazish o’quv choraklarini alohida ajratilgan kunlarida-yaoni jismoniy tarbiya va sport kunlarida o’tkazish (yuguruvchilar kuni, sakrovchilar kuni, uloqtiruvchilar kuni, suzuvchilar kuni, voleybolchilar kun iva h.k.tarzida) anoanaga aylangan.
Eski anoanalar-har o’quv choragida bir kun, har o’quv yilida darsdan xoli qilib bo’shatilgan kunda o’tkaziladigan «salomatlik kuni» biz qayd qilgan jismoniy tarbiya vas port kunlarining o’zlari bo’lib, xalq taolimi vazirligi tomonidan buyruq asosida o’tkazilar edi. Lekin bu bayramlar mustaqillik yillari davriga kelib sport turlari kunlari bilan almashtiriladi. Jismoniy tarbiya va sport kunlari maktab o’quv rejasiga kiritilishi lozim bo’ladi. Unga tayyorlanish davomida o’qituvchilar va maktab jismoniy madaniyat jamoasi kengashi bayram kunini nizomini, uni dasturi va tayyorgarlik ishlari rejasini ishlab chiqadi. Tayyorgarlik va o’tkazish bilan tashkiliy qo’mita shug’ullanadi. Ularni maktab direktorii tanlab tayinlaydi yoki komissiya tuzilib komissiya raxbarlik va nazorat qiladi. Tashkiliy qo’mitaga pedagoglar jamoasi o’quvchilar, ota-onalar kengashi, sheflar jalb qilinadi.
Salomatlik kuni yoki jismoniy tarbiya va sport kunlariga maktabning barcha o’quvchilari safarbar qilinishlari shart.
Bayram I-IV, V-IX sinflar uchun alohida o’tkazilishi amaliyotda kerakli Samara berganligi isbotlangan. Bayramlarni davom etish muddati I-IV sinfdar uchun 3-4 soatdan, V-IX sinflar uchun 4-5 soatdan oshmasligi lozim.
Bayramning mazmuni jismoniy tarbiya darsi materiallari bilan uzviy bog’langan, uni takrorlash, mustahkamlashga yo’naltirilishi, turlicha qilib o’rin almashtirishlar bilan o’tkaziladi. Turli xil harakatli o’yinlar, soddalashtirilgan o’yin qoidalari bilan sport o’yinlari musobaqalari. Ekskursiya va poxodlar ham tashkillanishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport kunlari uchun o’yin qoidalariga to’la asoslanib o’tkaziladigan klessifikatsion musobaqalar kiritilishi maqsadga muvofiq emas. Bunda yana tor doiradagi sportchilar ishtirok etishdek lozim bo’lmagan, samarasiz vaziyat yuzaga keladi. Musobaqalar qoidasi yengillashtirilishi, iloji boricha ko’pchilikni ishtirok etishi taominlanishi lozim.
1.Jismoniy tarbiya va sport kunlarining mazmuni.
I kun (sentyabr yoki oktyabrda o’tkaziladi).
Mazmuniga I turistik poxodlar va yeletlar, turli xil harakatli va sport o’yinlari turistik estafetalar, cho’milish, suzish kiritilishi mumkin.
Masalan, I-IV sinflar uchun shahar istirohat bog’iga piyoda borib trli xil harakatli o’yinlar: I-II sinf uchun «K svoim flashkam, Kto idet, Sovushka, Zaets bez logova, Volk vo rvu; III-IV sinf o’quvchilari uchun esa Oq ayiqlar, Karasi i shuki, udochka, Den i nochp va boshqalar.
V-VI, VII-VIII sinflar uchun o’yinlar qiyinlashtirilad, yuklama sezilarli ko’paytiriladi, turistik estafetalar, bir-biriga qarshi yugurish bilan estafetalar, qoidasi osonlashtirilgan o’yinlar dasturga kiritilishi mumkin.
Bunday kunlar bizni iqlim sharoitimizda velosipeda, piyoda yurish, yugurish mashqlaridan foydalanib, kross, kombinatsiyalashtirilgan estafeta, masofani butun sinf o’quvchilari bilan bosib o’tish.
Ayrim xollarda jismoniy tarbiya va sport kunlariga klassifikatsion musobaqalarni kiritilishi ham uchrab turadi. Lekin bu yo’l qo’yib bo’lmaydigan hol.
Jismoniy tarbiya va sport kunining mazmuni. Birinchi kuni-sentyabr, oktyabr oylarida, ikkinchi kuni-noyabr, dekabr oylarida, uchinchi kuni-yanvar, fevral, to’rtinchi kuni-mert, aprel, may oylarida o’tkazilishi amaliyotda yetarli samara bergan.
Bayramni tayyorlash va o’tkazish rejalari stsenariysini yozish seminar va amaliyot darslarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |