Darsning umumiy zichligi – bu darsni umumiy davomiy-ligi uchun pedagogika nuqtai nazaridan ratsional sarflangan vaqtning nisbati deb qarash qabul qilingan. boshqachasiga aytganda darsda foydali ish uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Pedagogika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq deb hisoblangan quyidagi tadbirlar darsning umumiy zichligining komponent-lar hisoblanadi (V.F. Novoselpskiy, 1989).
1) o’quvchilarni uyushtirish, uyga vazifani tekshirish, darsga vazifa qo’yish;
2) nazariy maolumotni berish va mustahkamlash;
3) umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o’tkazish;
4) instruktani o’tkazish, boshqarish, korrektsiyalash (xatolarni tuzatish), yordam, havfsizlikni oldini olish;
5) jihozlarni tayyorlash va yig’ishtirish, o’quvchilarni darsda lozim bo’lgan darajada o’rin almashtirish;
6) jismoniy mashqlarni texnikasini o’zlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
7) o’quvchilarni usuliyatlar nuqtai nazarida tayyorlash, mustaqil shug’ullanishni uddalashga o’rgatish, tashkilotchilik malakalarini berish;
8) o’quvchilarni dalil keltirib quvvatlamoq;
9) mashqlarni ko’rsatishda ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar, mashqlarni ko’rsatib berish;
10) pedagogik nazorat;
11) darsda tarbiyaviy ish;
12) yakun yasash, muskullarni bo’shashtiradigan mashqlarni bajarish, uyga vazifa tayinlash.
Darsning umumiy zichligini (UZ) yoki uning qismlarini zichligini aniqlash uchun o’quvchilarning aktiv «faol» harakatlariga (FX)ga sarflangan vaqti umumlashtiriladi. Bunga tfx jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan vaqt, eshitish, kuzatish va darsni tashkillash, o’zini oqlamaydigan kutishlar va o’quvchilarni bekor qolishi uchun sarflangan vaqtdan boshqa hammasi kiradi. Bu vaqt 100%ga ko’paytirilib va darsning «umumiy» «vaqtiga» tu bo’linadi.
To’laqonli jismoniy darsining umumiy zichligi 100% ga yaqin bo’lishi lozim. Umumiy zichlikni kamayishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- o’zini oqlamaydigan darsdagi besamarv aqt (darsni kech boshlanishi, mashg’ulot joyini, jihozlarni tayyor emasligidan o’quvchilarni navbat kutishi va boshqalar orqali sodir bo’ladigan o’quvchilarni bo’sh qolishidan;
- o’qituvchini darsga tayyor emasligi, darsni tashkilla-nishi va mazmunini o’ylamaslik orqasidan sodir bo’ladigan pauzalar;
- darsda o’quvchilar uchun ortiqcha va samarasi oz bo’lgan so’zlar orqali beriladigan axborot;
- shug’ullanuvchilar intizomini qoniqarsizligi, buyruq va ko’rsatmalarni ko’p marotabalab takrorlashlar, o’quvchilarga beriladigan ogohlantirishlar, takroriy tushuntirishlar vaqt-dan noratsional foydalanishga sabab bo’ladi va h.k.lar.
Masalan, agar o’qituvchi aybi bilan darsda bo’sh qolish 1 min.ni tashkil etsa, unda darsning umumiy zichligi quyidagicha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |