2.3. Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga
yo’naltirish printsipi
Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan-ligi printsipi shug’ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lishida ularni sog’ligiga javob berish maosuliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trener-lar, davlat, xalq oldida shug’ullanuvchilarning sog’ligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shug’ullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto’g’ri foydala-nish esa shug’ullanuvchi sog’ligiga salbiy taosir etishi mumkin. SHuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sog’ligini hisobga olish, tizimli tibbiy va pedagog nazorat tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash o’ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning meoyori, bajarish intensivligi, yuklamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shug’ullanuvchi uchun o’ta qimmatga tushishi mumkin.
SHunday hollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o’sishi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro’siga salbiy taosir etadi.
SHu sababli vrach nazorati dalillarini eotirof etish bilangina cheklanmay, asosiy eotibor ularning tahliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirish bilan bog’lab olib borish printsipi vrach, pedagog va shug’ul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya printsiplari o’zaro bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liqlikni bo’lsagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi yetakchi printsiplardan biri. SHu printsipgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatining mazmunini ifodalaydi, ahamiyati, jamiyatimiz aozolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashidadir.
SHaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipi ijti-moiy hayotda - ishlab chiqarish va harbiy ishlarni amalga oshiradigan, rivojlangan shaxsga talabni oshirib, har tomonlama jismoniy, maonaviy rivojlanganlarini tarbiyalash, mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasini taominlashda muhim rolp o’ynaydi.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino «Jismoniy mashqlar haqida qisqacha so’z»ida salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan shug’ul-lanish ekanligini taokidlaydi. Ovqatlanish, uyqu, dam olish rejimining kun tartibidagi tizimida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlariga o’rin berish lozimligini takidlagan. Maromli, meoyoridagi erkin harakatlar – yaoni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish kasallikni oldini olish uchun xizmat qiladi, hech davolanishga zaruriyatning vujudga keltirmasligini aytib o’tadi. Erkin, meoyoridagi maromli harakat uzluksiz chuqur nafas olishni yo’lga qo’yadi. Bu bilan, organizm muskullarining to’qimalari kislorod bilan yetarli darajada taominlanadi. Mashq qilgan, mashq ko’rgan organizm o’zidagi “keraksiz”ni vujudga kelishiga, uning chiqarib tashlanishiga keragidan ortiqcha energiya sarflamaydi.
Taolim jarayonida mashq qilishning meoyorini topish va uning salomatlik uchun taosirini aniqlay olish, tarbiya jarayonining muhim ko’rsatmasiga, kerak bo’lsa, nizomiga ayla-nishi lozim. Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd qilingan printsiplari qatori jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga yo’naltirishning amaliy samarasi kattadir.
SHuning uchun jismoniy tarbiya tizimining umumiy printsiplariga rioya qilish jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan mutaxassisdan tortib shug’ullanuvchilargacha ularni sog’ligiga eotibor berishni muhimligini taokidlaydi.
Pedagogik jarayon davomida umumiy printsiplarga o’z vaqtida rioya qilinsa, qo’yilgan talablar mukammal bajarilsa, jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligi yuqori darajada bo’lishligi xozirgi kunda isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |