863
shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan
barkamol insonlami tarbiyalash asosiy hal qiluvchi masalaga aylandi.
Boshlang‘ich sinf “Ona tili” mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr
mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Og‘zaki nutqni rivojlantirish
uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning lug‘at boyligini
izchil oshirib borish, gapning sintaktik
tuzilishiga oid bilimlarni amaliy jihatdan egallash, nutq birliklari o‘rtasidagi mantiqiy uyg‘unlikni
ta’minlashga oid malakalarni rivojlantirish, so‘zlar ma’nosini o‘quvchilar to‘liq anglashiga erishish,
rasm asosida o‘zaro bog‘langan kichik hikoyalar tuzishga o‘rgatish kerak.
Ona tili ta’limining kontseptual asoslarida uning zaruriy vositalaridan biri lug‘atlar ekanligi
ta’kidlanadi. Lug‘atlarda ona tilining bitmas-tuganmas so‘z boyligi, behisob xazinasi jamlanadi va
tavsiflanadi. Lug‘atlar o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, mustaqil fikrlash darajasi, ijodiy fikr
mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy
so‘z zahirasini vujudga keltiradi.
Lug‘atlardan tez va to‘g‘ri foydalanish uchun o‘quvchi zarur malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Bu malakalardan eng muhimi, alifbo tartibini yaxshi bilishdir. Alifboni yoddan bilmagan o‘quvchi
lug‘atdan zarur so‘zni tez topa olmaydi. Shuning uchun, boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarning
alifbo tartibini yaxshi bilishlariga erishish va izchil o‘rganish jarayonida muntazam ish olib
borishga
to‘g‘ri
keladi.
Lug‘at bilan ishlash uchun
zarur malakalardan yana biri, ulardan maqsadga muvofiq ravishda
foydalanishdir. Masalan, sinonimik qatorlar hosil qilish zarur bo‘lsa, imlo lug‘atiga murojaat
etilmaydi. Topshiriqni bajarish uchun qaysi lug‘atga murojaat etish kerakligini bilgan bola,
shubhasiz, undan samarali foydalana oladi. Lug‘atlar turli tuman bo‘lgani kabi, ular bilan ishlash
usullari ham rang-barangdir. O‘quvchilarning lug‘at bilan ishlash malakalarini shakllantirish uchun
muayyan mashq turlari talab etilsa, ularning imlo savodxonligini oshirish uchun tamoman boshqa,
so‘z boyligini rivojlantirish uchun esa o‘ziga xos maxsus mustaqil ish turlaridan foydalanish talab
qilinadi.
“Imlo lug‘ati” faqat o‘quvchilarning imlo savodxonligini emas, balki so‘z boyligini oshirishda ham
muhim qo‘llanmadir. “Imlo lug‘ati”dan ona tilining barcha bo‘limlarini o‘rganishda unumli
foydalaniladi. U o‘quvchining doimiy yo‘ldoshi, darslik materilallarini to‘ldiruvchi zarur qo‘llanma
sanaladi. Modomiki, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish ona tili mashg‘ulotlarining
asosiy
vazifalaridan biri ekan, ularni turli lug‘atlar bilan tanishtirish va bu lug‘atlardan foydalanish
malakalarini shakllantirish ayniqsa muhim masala hisoblanadi. Lug‘at imlo savodxonligini oshirish,
so‘z boyligini kengaytirishning muhim manbai, o‘quvchining asosiy maslahatchisidir. Lug‘atlardan
foydalanish malakalarini shakllantirish avvalo, ularda ehtiyojni tarbiyalashdan boshlanadi. Ma’lum
bir so‘zning imlosi, ma’nosi, ma’nodoshi, qarama-qarshi ma’nosi, uyadoshini bilish zaruriyati
ehtiyojni vujudga keltiradi. O‘quvchilarni ular faoliyatida zarur bo‘ladigan lug‘at turlari bilan
tanishtirishga alohida e’tibor berish kerak. Chunki turli lug‘atlar bilan tanishgan o‘quvchi nimani
qayerdan izlash kerakligini ham yaxshi biladi. “Ot” so‘z turkumini o‘rganishda otlarning ma’no
guruhlariga misollar tanlash,
juft shaxs otlari, qo‘shib va ajratib yoziladigan qo‘shma otlar
ro‘yxatini tuzish, “sifat +turdosh ot”, “son + turdosh ot”, “ot +fe’l + - ar” qolipli hosilalar ustida
ishlash kabi mustaqil ishlar shu lug‘at yordamida bajariladi.
Ensiklopediya ilm-fanning hamma sohalarini o‘z ichiga olagan yoki biror soha bo‘yicha keng,
to‘liq ma’lumot beradigan lug‘at tarzidagi ilmiy to‘plam yoki qomusdir. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari bu qomusdan barcha jumboqlarga javob topadi, istalgan bir tushuncha haqida keng va
atroflicha ma’lumot oladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘atini yangi tushunchalar
bilan boyitishda, bu tushunchalarni ularning iste’moliga ko‘chirishda entsiklopediya lug‘atlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili mashg‘ulotlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
ixtisoslashtirilgan “U kim – bu nima” (ikki tomlik) ensiklopediyasidan unumli foydalanishlari,
ma’lum bir sohaga taalluqli tushunchalar ro‘yxatini tuzishlari, bu tushunchalarning ma’nosini
o‘rganishlari, tushuncha va so‘z orasidagi farqni bilib olishlari, taqqoslashlari mumkin.
Izohli lug‘atlar ona tili mashg‘ulotlarida tez–tez kerak bo‘ladigan qo‘llanmalardir. Ulardan unumli
864
foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh,
uyadosh
va qarama – qarshi ma’noli so‘zlar, tasviriy ifoda va iboralar, frazeologik birikmalar bilan boyitish,
ma’nosi har xil, shakli bir-biriga yaqin so‘zlar (paroimlar)ni farqlash, so‘zlarning ma’no nozikligi
va qaysi uslubga xosligini aniqlashga yordam beradi. Ayniqsa, lug‘atdan foydalangan holda ayni bir
so‘zning ham turli ma’nolarini, ham ma’nodoshlarini, ham uyadoshlarini aniqlash maqsadga
muvofiqdir. Izohli lug‘atlardan foydalanish faqat leksikologiya doirasi bilan cheklanib qolmasdan,
tilning barcha sathlarini o‘rganishda ham qo‘llanilmog‘i lozim.
Xulosa qilib aytganimizda, ona tili mashg‘ulotlarida lug‘atlardan foydalanish o‘quvchilarning
so‘z boyligini oshirish, so‘zdan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini shakllantirishga
yoram beradi. Ayniqsa, ona tili o‘qitishning amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, mashg‘ulotlarning
foydalilik darajasini oshirishni lug‘atlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ona tili o‘qituvchisi
lug‘atlardan foydalanishni hayotiy zaruriyat, ehtiyojga aylantirish, o‘quvchilarni
ulardan
foydalanish malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirilishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar
nutqini boyitish, ular nutqida kam qo‘llaniladigan so‘zlarni alohida yozdirib borish, dars jarayonida
lug‘at daftaridagi so‘zlarning ishlatilishiga e’tibor berish bilan qo‘shib olib borilishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyati va yozma
nutqini, tafakkurni o‘stirish, ularda bilim olishga qiziqishni o‘stirish, faollik, mustaqillik,
mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini o‘stirish hisoblanadi. Bolalarning aqliy
va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli o‘stirish kelgusida fanlarni puxta o‘zlashtirishga imkoniyat
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: