Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet549/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб ҳалқимиз билан бирга 
қурамиз. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. 
2. Амонашвили Ш.А.Обучение.Оценка.Отметка. – М., 1980.
3. Ананьев Б.Г. Избранные психологические труды.: В 2 т. – М. 1980.Т
4. Давлетшин М.Г. ва бошқалар “Ёш даврлар ва ва педагогик психология” Т.ТДПУ. 
2009. 
5. Давлетшин М.Г. Замонавий мактаб ўқитувчисининг психологияси. “Педагогика ва 
психология” (илмий оммабоп серия). Т., Низомий номидаги ТДПУ, 1999/1. 
MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA 
TARIX FANINI O‘QITISH METODIKASI 
Hakimov N. 
O‘zMU Tarix fakulteti o‘qituvchisi 
Annotatsiya. 
Maqolada zamonaviy ta’limda bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda 
o‘quvchilarga sifatli va samarali masofaviy ta’lim berish metodologiyasi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
 masofaviy ta’lim, kompetensiyalar, Youtube, Whatsapp, sinxron, asinxron.
Keywords:
 distance learning, competences, Youtube, Whatsapp, synchronous, asynchronous. 
Annotation.
 The article gives an idea of the methodology of providing quality and effective 
distance learning to students based on today's demand in modern education. 
Masofaviy ta’lim internet texnologiyaga asoslangan bo‘lib, bu o‘qitish yakka tartibdagi, 
an’anaviy ta’lim sharoitida ishtirok etmagan ya’ni sinf xonasida shaxsan bo‘lmagan o‘quvchilarga 
qaratilgan. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi – bu inson va texnik resurslarini, ularning o‘zaro 
aloqasini, hisobga olgan holda, ta’lim xizmatining butun jarayonini yaratish, qo‘llash va 
ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bo‘lib, bilvosita individuallashgan ta’lim tizimida o‘qitish 
shakllarini maqbullashtirishni o‘ziga vazifa qilib qo‘yadi. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ta’lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi; ta’lim axborotlarini 
uzatish texnologiyasi; ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Ta’lim axboroti: 
muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda qo‘llashi uchun, o‘quvchiga berish kerak 
bo‘lgan bilimlardir. Bugungi kunda zamonaviy o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning 
an’anaviy va noan’anaviy shakllarini qo‘llash, o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida shiddat 
bilan o‘zgarib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda ta’lim sifatini oshirish talab etilmoqda. 
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi ya’ni, 
internet turli sohalarga tadbiq qilindi. Internet texnologiyalari: masofadan o‘qitish, elektron 
kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va 
boshqalar. Shuningdek, masofaviy o‘qitish tizimida yangi elektron kitoblarga alohida talablar 
qo‘yiladi. XXI asrda maktab ta’limi maqsadlari o‘zgarib, o‘quvchilarda savodxonlik, 


851 
kompetensiyalar va shaxsiy sifatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda. 
Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va 
tarmoq texnologiyalari yotadi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari o‘ziga xos afzalliklarga ega. 
Masofadan o‘qitish asosida ta’lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini 
ta’lim muassasasi joylashgan joyga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi 
tomonidan ortiqcha sarf-xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta’lim turiga jalb 
qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. Bugungi kunda masofaviy 
o‘qitishning eng qulay ko‘rinishlaridan biri bu-sinxron tarmoq texnologiyalaridir. Sinxron tarmoq 
texnologiyalari zamonaviy masofaviy ta’lim texnologiyasi bo‘lib, bunda ta’lim ishtirokchilari o‘quv 
jarayonida bir-biridan uzoq hududda joylashgan bo‘ladi. Sinxron texnologiyalar videokonferensiya 
vositalari va birgalikda ishlash qo‘shimcha jihozlaridan foydalangan holda virtual sinflar yaratishga 
asoslangan. Sinxron texnologiyalar bir vaqtning o‘zida virtual sinfdagi barcha o‘quvchilarning 
qatnashishlarini talab qiladi va bir mashg‘ulot davomida o‘qitishning turli modellarini birga qo‘shib 
olib borish imkoniyatini yaratadi. Ushbu jarayonda virtual seminarlar, prezentatsiyalar va 
ma’ruzalar o‘tkazishni misol tariqasida keltirish mumkin. Shu o‘rinda aytish mumkinki, 
umumta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun tarix o‘qitishni masofaviy ravishda tashkil etishning 
bir qancha afzalliklari mavjud. Chunonchi, o‘quvchiga qulay sharoit va muhitda ta’lim olish, 
mustaqil dars qilish vaqti va yo‘nalishini tanlash (videodarslarni takror ko‘rish mumkin) imkonini 
beradi. Masalan, u kun bo‘yi turli fanlarni yoki bittasini, masalan, tarix fanining bir davrini 
o‘rganishi, darslikdagi ma’lumotlarni o‘qishi, biror mavzu bo‘yicha video taqdimotlarni tomosha 
qilishi, topshiriqlarni bajarishi mumkin. O‘quvchilar tarix darslarini qilishda ota-ona/oila a’zolari 
ko‘magidan foydalanish, o‘zini erkin (noto‘g‘ri javob berib yoki vazifani noto‘g‘ri bajarib qo‘yish 
xavotiri bo‘lmaydi) his qilishi mumkin. 
Internet yordamida tarix ta’limining resurslaridan cheklanmagan holatda online va mustaqil 
foydalanishda o‘zi uchun zarur sur’atni tanlaydi, yoki ota-onasi bolaning shaxsiy xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda amalga oshiradi. 
Masalan, tarix fanidan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan sekin 
harakatlanadigan bolalar maktabda umuman hech narsa qila olmasliklari mumkin, ammo tarix 
fanidan tashkil etilgan masofaviy ta’limda ular to‘liq namoyon bo‘ladi. Ya’ni, bu jarayonda 
darsning tez tugashidan qo‘rqib, darslikdan yoki partadoshidan ko‘chirishga hojat qolmaydi, 
aksincha eng katta yordamchi resurs-internet resursidan foydalanishi vaqtida mustaqil bilim olish 
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu tariqa o‘quvchi mustaqil ta’lim olishda o‘zini o‘zi boshqarish va 
o‘zini tarbiyalash ko‘nikmalari rivojlanadi, bunday muvaffaqiyat nafaqat maktab davrida, balki 
keyingi kasbiy faoliyatida va hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi. Masofaviy ta’lim jarayoni 
ishtirokchilarining AKTdan foydalanish ko‘nikmalari rivojlanadi, axborot makoni, ijtimoiy 
tarmoqlarda ishlash madaniyati oshadi.
Masofadan o‘qitish davrida ham o‘quvchilar o‘zlarining o‘qituvchilari bilan quyidagi 
vositalarda aloqa o‘rnatishlari mumkin: 
- Tarix o‘qitishning masofaviy shakllaridan biri bu o‘qituvchining Zoom orqali jonli 
mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yishidir. Zoom an’anaviy sinf tajribasini jonli video oqimi, ekranni 
almashish, guruhlararo muloqot va munozaralar uyushtirishga almashish imkonini beradi. Bu 
jarayonda Zoom vositasida ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida jonli muloqot, 
ma’lumot yetkazish, topshiriqlar berish, tezkor xabarlashish, video qo‘ng‘iroq va ichki ekran 
almashish kabi jarayonlarni amalga oshirishi mumkin; 
- Masofadan o‘qitish jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni 
bajarib, elektron pochta orqali xabar jo‘natishlari orqali o‘zaro axborot almashish jarayonini olib 
borishi mumkin;
- O‘quvchi o‘qituvchisi bilan video chat boshlashlari uchun o‘qituvchi Google Hangoutsda 
bo‘lishi va o‘zining onlayn ish soatlarini o‘rnatishi lozim. O‘qituvchi hatto butun soat davomida 
video-konferensiya kanaliga ega bo‘lishi va o‘quvchilar so‘rovi hal qilingandan keyin qo‘ng‘iroqqa 
qo‘shilishlari va chiqishlari mumkin; 


852 
- Tarix ta’limida sinxron qo‘llab-quvvatlashning yana bir usuli - ijtimoiy tarmoqlardagi jonli 
savol-javobni yo‘lga qo‘yishdir. Twitter o‘quv dizayni va Internetda o‘qitish bo‘yicha 
foydalanuvchilarga cheklovsiz kirish imkoniyatini beradi. O‘qituvchi onlayn darsini sinfining 
ehtiyojlari 
atrofida 
loyihalashni 
qo‘llab-quvvatlash 
uchun 
#onlineteaching 
va 
#instructionalcontinuity kabi hashtaglarini e’lon qilish orqali tashkil etishi mumkin;
“Video topishmoq” metodi. So‘nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari 
yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar alohida 
ta’lim jarayonida turli axborot vositalarida o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi 
turibdi. Chunonchi tarix o‘qitish jarayonida Videotopishmoq metodini qo‘llanilishidir. Ma’lumki, 
videokonferensiya uyushtirilgan vaqtda shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko‘radi va eshitadi, 
ma’lumotlar bilan almashinadi. Huddi shu jarayonda qo‘llanilgan videotopishmoq metodi 
o‘qitishning samaradorligiga yordam beradi. Videotopishmoq metodida foydalanishda quyidagi 
harakatlar amalga oshiriladi: 
- o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam 
beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
- o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar; 
- jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar; 
-o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar. Videotopishmoq metodidan 
mavzuga oid video tasvirlar mavjud bo‘lgan O‘zbekiston va Jahon tarixining ko‘p mavzularida 
foydalanish mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari tarix darsliklarining qariyib barchasida 
foydalanish imkoniyati bor. Hohlagan sinfning masalan, 6-sinf tarix darsligidagi “Qadimgi Misrda 
din”, “Piramidalar va daxmalar”, “Qadimgi Misr madaniyati”, “Qadimgi Yunoniston madaniyati”, 
“Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari”, “Qadimgi Yunoniston afsonalari”, “Buyuk Ipak 
yo‘li” mavzulari bo‘lsa, 10-sinf Jahon tarixining “1918 – 1939-yillarda Buyuk Britaniya”, “1918 – 
1939-yillarda Germaniya”, “1918 – 1939-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari”, “1918 – 1939-
yillarda SSSR”, “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzularini o‘qitishda videotopishmoq 
metodidan foydalanish samarali natija beradi. 
Nazariy jihatdan, umumiy o‘rta ta’limdagi texnologiyalar o‘qituvchilarga onlayn kurslarni 
yanada qiziqarli tashkil etish talabini qo‘yadi. Bu jarayonda yana bir muhim jihat ta’lim 
oluvchilarning haqiqiy bilimini tekshirish va baholash jarayonidir. Tarix o‘qitishning masofaviy 
ta’lim shaklida o‘quvchilarni baholashning bir nechta variantini taklif etish mumkin: 
-Aralashtirilgan ta’lim uchun mo‘ljallangan ta’limda o‘quvchilar fanning bir qismi shaxsan va 
boshqa qismi onlayn rejimida o‘qiydi - yozma ma’ruzalar, amaliy topshiriqlar yoki bir nechta tanlov 
testlari kabi muayyan topshiriq turlarini ma’qullaydi;
-O‘quvchilar munozara forumida yoki yozma topshirishning o‘rniga, kichik guruhlariga yoki 
butun sinf bo‘lib vebinar o‘tkazishlari mumkin. YouTube Live bilan videokonferensiyalar va veb-
seminar davomida o‘quvchilarga kompyuter ekranini baham ko‘rish, o‘zlari yoki boshqa 
ishtirokchilarining ovozi yoki videolarini sozlash va suhbat panelidagi javoblarga yoki havolalarni 
joylashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, YouTube Live sessiyani sakkiz soatgacha yozib 
oladi va keyin ularni talabalarning YouTube kanallariga saqlaydi, ular tayyor bo‘lganda 
tahrirlashlari yoki joylashishlari mumkin. 
-oldindan nazorat ishida tushadigan savollarning taxminiy variantlari beriladi (masalan, 400-
500 ga yaqin tarixga oid tushunchalar oldindan berilib, bu savollar nazorat ishida tushadigan 
topshiriqlarning 70% ini tashkil etishi lozim. Bu variant o‘quvchilarni mustaqil tayyorgarlik ko‘rish 
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.)
- tushadigan savollarning variantlari oldindan tashlab berilishi ortidan muayyayan 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta’lim oluvchining nazorat ishi belgilangan paytda onlayn nazorat 
ishining cheklangan vaqt doirasida o‘tkazilishi o‘quvchining boshqa resurslardan foydalanishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, masofaviy ta’lim muhiti zamonaviy axborot, 
telekommunikatsiya va vebtexnologiyalar imkoniyatlariga ko‘ra rang-barangligi, kontentning 
barcha yoshdagi iste’molchilarga moslashtirilganligi bilan o‘ziga jalb etadi. Natijada, o‘quvchilarga 


853 
karantin sharoitida mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashish, elektron ta’lim resurslaridan samarali 
foydalanish, ularga yangiliklarni tezkor ravishda yetkazish imkonini berishi jarayon 
ishtirokchilarida qiziqishni kuchaytiradi. Foydalanishning oson va oddiyligi, yoshidan qat’iy nazar 
barcha o‘quvchilar va ota-onalarga masofadan turib yordam berish imkonini ta’minlaydi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish