Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet532/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Adabiyotlar ro’yxati: 
1. Гледенко Б.В. Дакелян Э.Ф. ваб. Приоритеткые матема обслуживания , М.: Изд. 
МГУ, 1973. 
2. Джейщолн. Очеруди с приарттетами , М: Мир, 1973. 
3. Haris T.J. The remaining busy period of finite queue. Oper . Res.,v.19, 1971, 219-223. 
4. Курбонов Х. Распределиние периода занятости сестеми с приаритетом и 
ограниченной очередью, сб.т. Сам ГУ, 1991 ,51-54 . 
 
 


816 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PSIXOLOGLARI FAOLIYATIDAGI 
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLAR 
Xasanova S.G’. 
AndDU “Umumiy psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi 
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-psixologlarining funktsional vazifalari, 
ularning huquq va majburiyatlari haqida ko’plab noaniq tushunchalar mavjud. Ular faoliyatining 
predmeti va huquqiy asoslari hali aniq belgilab berilmagan. Bolalar bog’chasida ishlaydigan 
pedagog-psixologlar boshqalarga o’z mutaxassisliklari bo’yicha nimalarga javobgar ekanliklarini, 
nima qilishlarini va qilayotgan ishlari yetarli ekanligini tushuntirishlari juda qiyin bo’ladi. 
Psixologik xizmatdagi ishlarning umumiy holatini tahlil shuni ko’rsatadiki, ta’lim muassasasi 
rahbarlari psixologlarning attestatsiyasida ulardan nimani so’rashni va kasbiy malaka darajasini 
(toifasini) aniqlashda nimaga asoslanishni aniq bilmaydilar. 
Psixologik xizmat tuzilmasini takomillashtirish, uning funktsional yo’nalishini aniqlash, 
maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT)dagi barcha sub’ektlar (kattalar va bolalar) bilan 
psixologlarning barcha turdagi faoliyati, uning mazmuni, shakli, vositalarini ishlab chiqish ko’p 
jihatdan yutuq, kamchilik va xatolarini o’z vaqtida hamda xolisona baholashga bog’liq bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim psixologik xizmati faoliyatidagi nomutanosiblik va qarama-
qarshiliklarning tahlili shuni ko’rsatadiki, ta’limdagi zamonaviy psixologik amaliyotning aksariyat 
holarda uchraydigan “rivojlanish” kasalliklarining bir xilligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun 
bo’lsa kerak, hozirgi maktabgacha ta’lim psixologiyasida quyidagi “tushunmovchiliklar” mavjud: 
- pedagogik va psixologik amaliyotning funktsional majburiyatlarini farqlashda aniqlikning 
yetishmasligi; 
- bolalarning psixik rivojlanishida kattalar aralashuvining pozitsiyalaridagi noaniqlik;
- bola bilan til topishishga foydali bo’lgan, uni rivojlantirishga qaratilgan texnika va 
vositalarini amaliyotga kiritishdagi qiyinchiliklar;
- ayrim psixologlarning profilaktik funktsiya o’rniga diagnostikaga markazlashganligi;
- diagnostika qilinadigan sohaning yetarlicha sinovdan o’tmagan vositalar bilan 
“kirlashtirish”;
- ba’zi usullardan noto’g’ri foydalanish; “tez yordam” rejimida ishlash;
- bolalar bog’chasida bolalarni tarbiyalash va o’qitish hamda pedagog xodimlarning kasbiy 
mahoratini oshirish masalalari muammolarini hal qilishda psixologning hamma narsaga qodir va 
hamma ishda “yordamchi” ekanligi haqidagi noto’g’ri tushunchalarning mavjudligi;
- ba’zan bolalarni innovatsion g’oyalar foydasiga manipulyatsiya qilishda psixologdan 
foydalanish;
- ba’zi psixologlarda korrektsiya ishlari olib borilgan paytda o’ziga ishongan diletantizmining 
namoyon bo’lishi; 
- ota-onalar bilan ishlash tizimining yo’qligi va cheklangan ish turlari (vaqti-vaqti bilan 
maslahatlar bilan chegaralanish);
- MTT boshqaruvi masalalariga aralashmaslik; 
- boshqaruv xodimlari bilan ishlashda izchillikning yo’qligi. 
Aynan shuning uchun, maktabgacha ta’lim psixologik xizmat faoliyatida o’ziga xos 
nomutanosibliklar yuzaga kelgan. 
Amaliy psixologiya va maktabgacha ta’lim psixologiyasi amaliyotida psixologlar o’rtasida 
bolani maktabga tayyorlash muammolarini ishlab chiqish va maktabgacha ta’limning boshqa 
muammolarini hal qilish bo’yicha nomutanosiblik paydo bo’ldi. Albatta, bolaning maktabga 
tayyorligi muammosiga bo’lgan qiziqishning ortishi ijtimoiy buyurtma, maktabgacha va 
boshlang’ich ta’lim uzluksizligiga bo’lgan real ehtiyojdan kelib chiqadi. SHu bilan birga, bu 
muammoga ehtibor qaratish endi tadqiqot nuqtai nazaridan emas, balki psixologning bolalar 
bog’chasidagi amaliy faoliyatida ijobiy natijalardan tashqari salbiy faktlarni ham beradi, bog’cha 
psixologining boshqa funktsional majburiyatlari esa soyada qoladi. Bolalarni maktabga tayyorlash 


817 
maktabgacha yoshdagi bolalikning asosiy faoliyat turi bo’lgan o’yinlarni yo’qotilishiga, 
maktabgacha yoshdagi bolalikni qiymatini tushishiga olib keladi. 
Maktabgacha psixologik xizmat ilmiy izlanishlari va amaliyotining tahliliga ko’ra, yana bir 
nomutanosiblik, psixologlarning diagnostik ishlarga majburiyligini tahkidlanishining ustunligidir. 
O’tgan ikki yil davomida maktabgacha ta’lim psixologik xizmat mazmuni bilan bog’liq 
bo’lgan maqolalar (tezislar) va psixologlar faoliyatining tahliliga ko’ra, maqolalarning 40 %dan 
ortig’i diagnostik komponent bilan maktabga psixologik tayyorgarlik mavzusiga qaratilgan, 20 
foizdan ortig’i bolalardagi rivojlanishning psixodinamikasi muammolari hamda MTTda pedagogik 
jarayonning diagnostikasiga qaratilgan, qolgan 20 % yaqini maktabgacha ta’lim psixologiyaning 
boshqa muammolariga qaratilgan. Bundan tashqari, bolalarning hissiy sohasini rivojlantirish, 
mustaqil bilan tartibga solish, individual bilish jarayonlari, muloqot va boshqa faoliyatlarini 
muhokama qilish ham bolaning maktabga tayyorgarligini muhokama qilishga juda mos keladi. 
Ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalikning qiymatini inkor etish, yahni ta’limning keyingi bosqichi, 
maktab ta’limiga tayyorlash bosqichining ustunligidir. 
Aniqlashimizchi, birinchidan, maktabgacha ta’lim psixologik faoliyati (diagnostika) 
funktsiyasini o’lchashdek nohaq xarakat hukmron, ikkinchidan, psixologlarning boshqa faoliyati 
ixtiyorsiz inkor etiladi. Psixologning funktsiyasini o’rganishga bo’lgan ehtiyoj salbiy fikrlarga olib 
keldi: maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion jarayonlarda bolalardan foydalanilishi; maktabgacha 
ta’lim muassasasida psixologlarni o’z kasbiy faoliyatini “bilmasligini” “qurol” qilib, ularni boshqa 
“muhim” vazifalarni bajarishga majburlanishi; psixologlar tomonidan psixodiagnostik vositalaridan 
noto’g’ri foydalanishi. Diagnostika psixologik faoliyat ishida “to’siq” ekanligi isbotlandi. 
Maktabgacha ta’lim tizimida psixodiagnostikaning alohida o’rni bor, chunki u asosida ongli 
ravishda ish ko’rish ehtimoli yuqori deb hisoblaniladi. Biroq, bugungi kunda psixologik 
amaliyotning bu mas’uliyatli sohasidagi ishlarning holati ko’plab nizolar, da’volar, norozilik va 
pushaymonlikka sabab bo’ladi. (Bunday holatlarning anchasi “elita” va maxsus maktablarga 
bolalarni qabul qilinganidan keyin “psixologik markazlar”ga bo’lmoqda). Psixologlarning 
diagnostik faoliyati yaqinga qadar doimiy tanqidga uchrab kelmoqda, ko’pincha ota-onalar va 
o’qituvchilarning salbiy munosabati va shikoyatlariga sabab bo’lmoqda. 
Diagnostik funktsiyani amalga oshirish uchun amaliyotchi psixologlarni tayyorlash bilan 
bog’liq vaziyat juda achinarli ahvolda. Ular psixodiagnostikani amalga oshirish uchun yetarli kasbiy 
tayyorgarlikka ega emaslar va uni to’g’ri darajada amalga oshira olmaydilar. Masalan, Vekslerning 
aql-zakovatni rivojlanish darajasini aniqlashga qaratilgan metodikani o’rganish uchun psixolog bir 
necha oylik tayyorgarlikdan o’tishi lozim. Bu metod bilan yuzaki tanishish psixologga bolalarning 
aqliy rivojlanish darajalarini aniqlash uchun bog’chada diagnostik funktsiyani bajarishga o’zini 
tayyor deb hisoblash huquqini bermaydi. Psixologlar tashxis qo’yishda juda yuzaki qaraydilar, 
garchi ular odatda juda oddiy, proektiv metodlardan foydalansa-da, ular bilan bolaning 
psixikasining faqat muayyan xususiyatlarini ko’rishin mumkin, ammo ularning yordami bilan uning 
shaxsiy yoki intellektual rivojlanish holatini tashxislab bo’lmaydi. 
Diagnostika (yunonchadan diagnosis - tan olish, aniqlash) ikki yoqlama bilimdir: bu namoyon 
bo’lishning tashqi ko’rinishi, sababi va mohiyatidir. Bu ikkisining bir-biriga chambarchas bog’liq 
jihatlari (ko’rinishlari va sabablari) bo’lsa-da, amaliyotda juda ko’p kuzatiladigan bir-biriga 
tenglashtirish holatlari bola ruhiyatini o’rganish diagnostik talablariga shubha bilan qarash va 
keskin tanqid qilishga olib keldi. Bolalar bog’chalarida pedagogik jarayonni diagnostik asosda 
tashkil etish shaxsning psixik rivojlanishi, bolaning faolligi darajasini o’lchash uchun asosli, 
ishonchli, ilmiy asoslangan metodik majmualar hamda maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini tahlil qilish va baholash usullarini ishlab chiqishni talab etadi. 
(Hozirgi kunda bunday diagnostik vositalarga ega bo’lishni orzu qilish mumkin xolos. SHuning 
uchun bolalar bog’chalarida ishlaydigan barcha psixologlarni pedagogik jarayon samaradorligini 
shubhali, mukammal usullardan uzoq bo’lgan holda tashxislashga majbur qilib bo’lmaydi). 
MTT pedagog-psixologlari va ularning kasbiy vazifalarini tashkil etish hamda uni bajarishda 
o’ziga xos ko’nikma va malakalari kamligi haqidagi nomutanosiblik mavjudligini psixologlarning 
o’zlari, ta’limning psixologik xizmatlari uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlari 


818 
mutaxassislari, MTT boshqaruv organlar, psixologik amaliyot faoliyatini tadqiqotchilari tomonidan 
ham aytib o’tilmoqda. 
Misol uchun, o’z kasbiy kompetentligida o’zining bolalarning psixik rivojlanish 
qonuniyatlarining nazariyasini bilish, o’z faoliyatini rejalashtirishni bilish, bolalarning kognitiv 
sohasini eksperimental tarzda tadqiq qilishni bilish va ko’nikmalarga ega bo’lish, o’z ustida 
ishlashni o’rganish, bolalar muammolarini yechishda pedagoglarga ko’maklashish kabi tayyorgarlik 
darajalarini ko’rsating deyilganda, 87 foiz psixologlar amaliy bilim va ko’nikmalarini oxirgi o’ringa 
qo’ydilar. 
1.2.1-jadval 
Psixologlar tomonidan MTTda funktsional vazifalarning bajarishga kasbiy tayyorlikni 
baholash 
Tayyorlik 
darajasi 
Umumiy faoliyat turlari 
Darajaga egaligini 
tasdiqlar 
soni 

1. 
Psixologik bilim (amaliy) 
42 
84 
2. 
Diagnostik faoliyat 
40 
80 
3. 
Maslahat (konsultatsiya) berish 
38 
76 
4. 
O’qitish faoliyati 
36 
72 
5. 
Korrektsion faoliyati 
40 
80 
6. 
Profilaktik faoliyat 
41 
82 
7. 
Ekspertlik faoliyat (pedagogik faoliyatni) 

96 
1.2.1-jadval davomi 
Tayyorlik 
darajasi 
Faoliyat turlarining mazmuni 
Darajaga egaligini 
tasdiqlar 
soni 

Diagnostika qilinadigan sohalar 
1. 
Bolaning intellektual sohasi 
32 
64 
2. 
Bolaning diqqati 
40 
80 
3. 
Hissiy sohasi 
35 
70 
4. 
Bola shaxsini rivojlantirish 
38 
76 
5. 
Pedagogik muloqot 
42 
84 
6. 
Pedagogik jarayonning natijaviyligi 
44 
88 
7. 
Bolalarning psixik rivojlanishga hissasining natijasi 
43 
86 
Bolalar bilan korrektsiya ishlarini olib borishda amaliy ko’nikmalar 
1. 
Bolalarning xotirasini rivojlantirish 
42 
84 
2. 
Diqqatini rivojlantirish 
40 
80 
3. 
Tafakkurini rivojlantirish 
31 
62 
4. 
Bolaning sensorikasini rivojlantirish 
30 
60 
5. 
Emotsional rivojlanish mummolarini yechish 
43 
86 
b. 
Bolaning o’qitish muammolarini yechish 
38 
76 
7. 
O’zini rivojlantirish muammolarni yechish (motivatsion 
sohada, o’zini baholash, o’zini anglash) 
43 
86 
Mazkur ma’lumotlarni maktabgacha ta’lim tizimi psixologlari malaka oshirish kursida olindi. 
(51 nafar MTTda ishlayotganiga ikki yildan ko’p bo’lmagan maktabgacha ta’lim psixologlaridan 
olindi, ulardan 26% boshqa yo’nalish bo’yicha oliy ma’lumot olib, 7 oylik amaliyotchi psixolog 


819 
kurslarida tayyorlovdan o’tganlar). Bundan ko’rinadiki, maktabgacha ta’limdagi psixologlarni 
tayyorlashda nazariy va amaliy tayyorlovda o’zaga xos nomutanosibliklar mavjud. 
Psixologlarning nazariy va amaliy mashg’ulotlarida qadriyatlarni qayta baholash, bolalar 
psixologiyasining barcha bo’limlari bo’yicha amaliy o’quv dasturlarini ishlab chiqish, bolalar 
bog’chalarida bolalar va kattalar bilan aniq ishlashga psixologlarni tayyorlash tajribasi universitet 
didaktikasiga bag’ishlangan deyarli har bir manbaada yozilgan. Savol tug’iladi: “Nima uchun oliy 
va oliy ta’limdan keyingi ta’limda bu umuminsoniy ehtirofni amalga oshirishi juda qiyin?”. Javob 
oddiy. Biror narsani amaliy qilib ko’rmasdan, uni qanday qilish haqida eshitib yoki o’qib bu ishni 
qilib bo’lmaydi.
Oliy ta’lim va malaka oshirish muassasalarida psixologlar amaliyot (o’quv yoki ishlab 
chiqarish) o’tayotganlarida ular yechimlardan ko’ra ko’proq muammolarga duch keladilar. Bundan 
tashqari, bu faqat tashkiliy masalalar bilan bog’liq emas, bolalar bilan individual tarzda faoliyatni 
tashkil qilishdan ko’ra, katta “tinglovchilar” guruhi bilan doimiy auditoriyada darslarni tashkil 
qilish osonroq. Bu, shuningdek, bolalar guruhiga begona, yetarlicha kasbiy tayyorlikka ega 
bo’lmagan odamni olib kelib, ularga o’zlarining kasbiy rivojlanishlari uchun bolalardan 
foydalanishga ruxsat berishdek, axloqiy muammo ham bor.
SHuningdek, bolalar bilan psixologik faoliyatni ochiq darslar singari kuzatuv paytida olib 
borish juda katta muammolardan biridir. Agar talabalar auditoriyada tinglashgan bo’lsa, kuzatuvda 
ular boshqalar bolalar bilan qanday ish qilayotganini “tomosha qilishadi”. Fikrimizcha, 
mutaxassislarni tayyorlashda nazariy va amaliy nomutanosibliklar muammosi kasbiy ta’limning 
paydo bo’lganidan buyon mavjud. Maktabgacha ta’lim psixologik xizmatlar uchun mutaxassislar 
tayyorlashda, bu muammo keskin tus olishi uning axloqiy muammolarga bog’liqligidir. 
Maktabgacha ta’lim psixologik xizmat faoliyatidagi nomutanosibliklardan yana biri 
Amaliyotchi psixologning funktsional vazifalari tasdiqlangan, lekin ularning mazmunida aniqlik 
mavjud emasligidadir. Psixologlar o’z faoliyatlarining umumiy yo’nalishlarini biladilar, masalan, 
maslahat berish, psixodiagnostika, profilaktika bilan shug’ullanish kerakligi, biroq, bular qachon, 
nima uchun, kim bilan qilinishi kerakligi to’g’risida ancha tahminiy va juda boy bo’lmagan fikrga 
egadirlar.
Yil davomida funktsional sohalarning har biri bo’yicha bajaradigan faoliyatlarini sanab o’tish 
so’ralganda, qilinadigan ishlar soni ancha kam chiqdi. Amaliyotchi psixologlar ham, adabiy 
manbalar ham har doim o’z maqsad va vazifalariga aniqlik kiritavermaydi. Masalan, pedagog va 
ota-onalar uchun psixologik tarbiya ustida ishlash zarurligini hamma biladi. Ammo, ma’lum 
bo’lishicha, psixologlar tomonidan bu funktsiyani aynan nima uchun amalga oshirishi bo’yicha 
xabardorlik darajasi yetarlicha yuqori emas.
Ular o’zlarini psixologik axborot manbai deb hisoblaydilar, bola psixikaning rivojlanish 
qonuniyatlarini, ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik asoslarini biladigan manba va o’z bilimlari 
bilan pedagog va ota-onalar bilan “bo’lishishlari” mumkin ekanliklari haqida biladilar xolos. 
Psixologlar bilan bog’chada ularning tarbiyaviy vazifasi haqida suhbatlashganimizda, 
psixologlar bu muhim va yaxshi amalga oshirilgan funktsiyani amalga oshirishda vaziyatning 
paradoksi - axborotning cheksizligi, cheksiz inkluzivligini anglab yetmasliklari ayon bo’ldi. Gap 
shundaki, majburiy axborot maydonlari ajratilmaydi va bu funktsiyani amalga oshirishda maqsadlar 
belgilanmaydi.
SHunday qilib, psixolog boshqalar uchun bolalarning psixologiyasi haqidagi ma’lumotlarni 
tashuvchi va “akkumulyatori” bo’lish juda muhim, ammo o’zi bu ma’lumotlardan foydalanish 
muhimroqdir (bejiz aytilmagan, “sendagi axborotning borligi emas, undan qanday foydalanish 
muhim”). SHuning uchun amaliyotchi psixologning ta’lim funktsiyasini amalga oshirishning 
muvaffaqiyatida axborot nima uchun kerakligini tushunish muhimdir, aks holda uni chegarasiz 
kengayishi yoki zaruratsiz qisqarishiga olib kelishi mumkin. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish