Мақола ва тезислар номи


Список использованной литературы



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Список использованной литературы: 
https://russkiiyazyk.ru › morfologiya 
https://russkiiyazyk.ru › chasti-rechi › samostoyatelnye 
https://russkiiyazyk.ru › 
https://licey.net › free ›
 
 
 
“MAJOLIS UN-NAFOIS” USLUBIGA DOIR
 
Muftullayeva G.Y. 
NavDPI magistranti 
 
Har bir ibora o’quvchi uchun o’ziga xos bir ichki makon qoldirishi kerak.
123
Buning uchun 
esa asar muallifi qo’llayotgan har bir so’z, xoh u yordamchi so’z bo’lsin, xoh mustaqil, o’ziga 
yuklatilgan vazifani maromiga yetkazib berishi kerak. Uslub masalasida ish olib borayotgan har bir 
tadqiqotchi yaratilgan ijod namunalarining ham lisoniy, ham ma’naviy jihatlariga baravariga e’tibor 
qaratishi, uning til xususiyatlari aynan asar uslubiga nechog’liq aloqador ekanligini anglab yetishi 
zarur. Abdurahmon Sa’diyning “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” asarida uslub 
anglatish 
ravishi
va 
so’z uslubi
kabi ikki turga ajratiladi: …jumlalarning tuzilishi va bog’lanishlari asl 
anglatish uslubi bo’lib, so’zlarni belgili bir o’lchovga solib yoki o’lchovga solmasdan so’zlash jihati 
esa so’z (so’z tizish) uslubidir.
124
Demak, anglatish uslubi jumlalarning ma’noviy jihatdan 
bog’lanishini bildirar ekan, o’zaro qarama-qarshi fikrlarni bir vaqtning o’zida qo’llash ham shu 
uslubga aloqadordir. A. V. Chicherin “Chexov nasrida qarama-qarshi intonatsiyaning roli” 
sarlavhasi ostida adibning nasriy uslubiga xos bo’lgan jihatlarni keltirar ekan, aynan mana shu 
qarama-qarshilik uning uslubidagi o’ziga xoslikni ifodalashini ta’kidlaydi: Chexov jumlasida 
ikkilanib taxmin qilinayotgan fikr qisman bo’lsa ham inkor etiladi: “Men uni sevgan bo’lishim 
kerak, garchi buni aniq bilmasam-da…”
125
Bunday jumlalar uning asarlarida juda ko’plab uchraydi. 
Bu shunchaki noaniqlik bo’lib qolmay, balki asarni o’qish jarayonida yozuvchi fikrni to’g’ridan 
to’g’ri bayon etmasdan, kitobxonni ham fikrlashga va o’zi mustaqil tasavvur uyg’otishga undaydi. 
Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasining uslubida ham aynan mana shu qarama-
qarshilik jumlalarning aksariyatida 
ammo, lekin, garchi 
kabi birliklari mavjudligida ko’rinadi. Adib 
bunday birliklardan aynan bir maqsadni ifodalash uchun foydalangan, deya olmaymiz. U bir o’rinda 
ushbu so’zlar orqali oldin aytilgan fikrining qisman to’g’riligini ifodalagan bo’lsa, boshqa bir 
o’rinda esa bu birliklardan bir shaxsga xos bo’lgan qarama-qarshi xususiyatlarni ifodalash uchun 
istifoda etadi. Lekin barchasidan ko’zlangan maqsad bir, ya’ni har bir jumla kitobxon ko’z o’ngida, 
yuqorida aytilganidek, “o’ziga xos bir ichki makon qoldirish”idir. Asardan keltirilgan quyidagi 
jumlaga e’tibor qaratamiz: …forsiy va turkiyda naziri yo’q erdi, 
ammo
turkiyda shuhrati ko’prak 
123
А. В. Чичерин. Идеи и стиль. Москва, 1968. -С. 315. 
124
H. Boltaboyev. Sharq mumtoz poetikasi manbalari. Toshkent, 2008. 348-bet. 
125
А. В. Чичерин. Идеи и стиль. Москва, 1968. -С. 315. 


503 
erdi.
126
Mavlono Lutfiyga nisbatan berilgan bu ta’rifni boshqacha aytadigan bo’lsak, forsiydan 
ko’ra turkiyda shuhrati ko’prak edi. Biroq Navoiy dastlab har ikki tilda ham naziri yo’qligini 
ta’kidlab, keyin esa ammo birligi orqali uning turkiy tilda ko’proq shuhrat qozonganini yozadi. 
Mavlono Sayfiy zikrida ham shunday qarama-qarshi fikrlarga duch kelamiz: “…mavlono 
hushyorlig’da base odamivash, hayo va adablig’ yigitdur. 
Ammo
sarxushlikda o’zga mohiyat bo’lur 
erdi, balki rasvo nima bo’lur erdi” (40-bet). Mavlono Osafiy haqidagi fikrlarida ham aynan shu 
jihatlar ko’zga tashlanadi: …o’zining ta’bi ta’rif qilg’ucha bor va hofizasi ham bag’oyat xubdir. 
Ammo
ne ta’bin ishga buyurar, ne hofizasin” (41-bet). Navoiyning bunday jumlalar yaratish uslubi 
u yoki bu tarixiy shaxs haqidagi mulohazalarini yoritish davomida uni butunlay salbiy ham, yoki 
tamoman ijobiy shaxs sifatida ham ko’rsatmaydi, uning qanday shaxs ekanligi haqidagi xulosani 
kitobxonning o’ziga qo’yib beradi. Quyida asardan keltirilgan shu kabi jumlalarni fikrimizning 
isboti uchun keltiramiz: Pahlavon Husayn haqida “Filvoqe abdolvash va bag’oyat ichguvchi kishi 
erdi. 
Ammo
nomurodlig’i ham bor erdi.Chun holi az lutfi ta’b emas erdi, nazm ham aytur erdi” (36-
bet), Xoja Abu Said haqida esa “Nomurod kishidur. 
Ammo
she’rin o’qurda yig’lamsirab o’qur, 
dag’i o’zi mutaassir bo’lub, har dam ulug’ tinar…” (76-bet), Mir Ixtiyoriddin haqida: “…oz ishida 
ayb topsa bo’lur, ammo habislar der emishkim, dastorin bu na’v donishmandona chirmag’uncha 
ko’p zahmat ko’rar erkin” (69-bet). 
Navoiyning nasriy uslubi yuzasidan tadqiqot olib borayotgan adabiyotshunos Q.Ergashev 
“Navoiy nasri va “Boburnoma” nomli maqolasida Navoiyning nasriy asarlari, xususan, “Majolis 
un-nafois” asari bilan “Boburnoma” asari uslubini o’zaro qiyoslab, Navoiy nasri, tili va uslubi 
“Boburnoma”ga ta’sir qilganini takidlaydi: “ Navoiy tazkirasining ta’siri “Boburnoma”ning tili va 
uslubida ham seziladi. Ko’p hollarda muallif aynan Navoiy qo’llagan so’z va iboralardan 
foydalanadi.”
127
“Boburnoma” uslubi Navoiyning nasriy uslubiga birmuncha yaqin. O’xshashlik, 
asosan, tarixiy shaxslarga berilgan ta’riflarda, ularning xususiyatlarini ochib berishda foydalanilgan 
birliklarda ko’rinadi. Navoiy tazkirada shaxslarning qarama-qarshi, turli jihatlarni ochib berishda 
ammo, lekin
yordamchilaridan ko’proq foydalansa, Bobur ijodida 
garchi, agarchi
birliklari ko’proq 
uchraydi va bu ikki ijodkor uslubidagi o’ziga xoslikni ko’rsatadi. “Boburnoma” dan keltirilgan 
quyidagi misolda aynan bir shaxsga tegishli qarama-qarshi jihatlar boburona uslubda yoritib 
berilgan: “ Agarchi mardonalig’i bor edi, vale bir nima telbarak va go’l kishi erdi.”
128
Muhammad 
Burunduq Barlos haqida aytilgan bu fikrlar ham xuddi Navoiy uslubidagi kabi kishining salbiy va 
ijobiy tomonlarini bir vaqtning o’zida yoritib, u haqidagi so’nggi xulosa va tasavvurni o’quvchining 
o’z zimmasiga qo’yadi. Bunday misollar “Boburnoma”da juda ko’plab topiladi va bu Boburning 
Navoiy nasri bilan yaqindan tanish ekanligini va bu uning ijodiy uslubiga ham ta’sir etganligini 
ko’rsatadi. 
“Majolis un-nafois” va “Boburnoma” uslubidagi bir-biriga yaqin jihatlar jumlalardagi 
qisqalikda ham ko’rinadi. Navoiyning nasriy asarlari, xususan, yodnomalari, “Mahbub ul-qulub” 
kabilarda bunday qisqalikni ko’rmaymiz, ularda deyarli barcha o’rinlarda cho’ziq va jimjimador 
ohang sezilib turadi. “Mahbub ul-qulub” dagi “Odil salotin zikrida” shunday jumlalar bor: “Bukim 
odil podshoh ta’rifdin biyikroq erur, “valadat fiz-zamon as-sulton ul-odil” andin xabar berur”.
129
Ko’rinib turibdiki, uslubdagi farq aynan jumlalar qisqaligida emas, balki tazkira uslubidagi sodda 
va ravonlikda hamdir.
Yuqoridagi tahlil etilgan asarlardan keltirilgan iqtiboslar ham shuni ko’rsatadiki, Navoiyning 
nasriy asarlari orasida “Majolis un-nafois” tazkirasi o’ziga xos uslubi bilan ajralib turadi va aynan 
ana shu uslub Bobur ijodiga ham ta’sir etganligi bu ikki ijodkorning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy 
qarashlaridagi mushtaraklikda ham ko’rinadi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish