Мақола ва тезислар номи


YOSHLARNING TADQIQOTCHILIK VA IJODIY FAOLIYATINI



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
YOSHLARNING TADQIQOTCHILIK VA IJODIY FAOLIYATINI 
RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION USULLARI 
 
Zairov A.S. 
O’zbekiston Milliy universiteti talabasi 
 
Annotatsiya. 
Mazkur maqolada yoshlarning tadqiqotchilik va ijodiy faoliyatiga doir 
ko’nikmalarni shakllantirishning o’ziga xos usullari ko’rsatib o’tilgan. Jamiyat hayotida 
innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali yoshlarni ilm-fan bilan qamrab olishning 
muhim jihatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar: 
tadqiqot, ijodiy faoliyat, innovatsiya, jamiyat, yoshlar, yangi O’zbekiston, 
qadriyatlar, ilm-fan, taraqqiyot, algoritm.
Аннотация. 
В этой статье описаны конкретные способы, с помощью которых 
молодые люди могут развивать исследовательские и творческие навыки. В нем освещаются 
важные аспекты вовлечения молодежи в науку через инновации и внедрение новых 
технологий в общество. 
Ключевые слова: 
исследования, творческая деятельность, инновации, общество, 
молодежь, новый Узбекистан, ценности, наука, развитие, алгоритм. 
Annotation.
 This article outlines specific ways in which young people can develop research 
and creative skills. It highlights the important aspects of involving young people in science through 
innovation and the introduction of new technologies in society. 
Keywords:
research, creative activity, innovation, society, youth, new Uzbekistan, values, 
science, development, algorithm. 
Insoniyat tarixidagi eng katta avlod bo’lgan bugungi dunyo yoshlari sayyoramizning ertangi 
kuni va farovonligiga mas’uldirlar. Zotan, kelajak bunyodkoridir ular. Bugun tashabbuskor yoshlar 
ilgari surayotgan innovatsion g’oyalar, taqdim qilayotgan startaployihalarni qo’llab-quvvatlash, 
ularni jamiyatning faol qatlamiga aylantirish, har bir davlat uchun strategik darajadagi ustuvor 
vazifadir. Umuman olganda, yoshlik inson hayotining gultoji, imkoniyatlar olami orzu-umidlar 
avjiga chiqqan pallasi. O’zbekiston demografik xususiyatlariga ko’ra, yoshlar o’lkasi hisoblanadi. 
Unga ko’ra, aholining 60 %ini 30 yoshgacha bo’lgan yosh yigit-qizlar tashkil etadi. Yoshlarni 
barkamol shaxs etib tarbiyalash, ularni intellektual salohiyatini oshirish va ilmiy-ijodiy faolyatini 
qo’llab-quvvatlash zamonlar osha jamiyat oldidagi dolzarb bo’lgan masala hisoblanadi. Yoshlar 
bugunning umidi, ertaning egasi, mamlakatning strategik kuchi bo’lgan xalqning oltin fondi-yu, 
millatning yangi tafakkuridir. Ularning qadami, qalami, g’oyasi, amali yangi tarix yozishga qodir. 
Yangi O’zbekistonning yangi ovozi ular! O’zining yangi tarixiy taraqqiyoti davrida yuqori 
bosqichga intilayotgan O’zbekiston zaminida IX-XII asrlarda Birinchi Renessans, XIV-XV asrlarda 
Ikkinchi Renessans mazkur oltin davrlarni boshdan kechirgan xalqmizning buyuk siymolari jahon 


307 
ilm-fani va madaniyatiga o’zining salmoqli hissalarini qo’shishgan. Ulug’ ajdodlarimizning 
davomchisi sifatida Uchinchi Renessans ostonasida turgan bugungi yoshlar cheksiz imkoniyatlarga 
ega bo’lib, tom ma’noda ilm qilishi uchun zarur sharoitlar mavjud. Bu borada yoshlar tadqiqotchilik 
va ijodiy faoliyatini namoyon qilib, yangicha dunyoqarash va innovatsiyalarni jamiyat hayotining 
barcha sohalariga tadbiq qilishmoqda. Umuman olganda ijod va tadqiqot tushunchalari o’zaro 
bog’liq, ammo aynan bir mazmundagi tushunchalar emas. Ijod tushunchasi bir muncha kengroq 
bo’lib, ilmdan tashqari hayot, san’at, badiiy adabiyot kabi sohalardagi faoliyatni ifodalaydi. 
Tadqiqot tushunchasining turli talqinlari mavjud. Amerikalik olim M.Xill fikricha, tadqiqot 
noma’lumlikdan tashqariga muvaffaqiyatli parvozdir, Rus olimi R. Mateyko tadqiqotiy jarayoning 
taribini yangi kombinatsiyalar asosida qayta tashkil qilishda ko’radi. Y.A.A. Ponomaryov 
tadqiqotni “ rivojlanishga olib boradigan o’zaro ta’sir” da ko’radi. M. Genli tabiat bilan qay bir 
jihatdan garmonik uy’gunlikni ifodalovchi yangi holatni tadqiqot deb baholaydi.
94
Har qanday 
tadqiqotchilik va ijod faoliyati avvallo go’ya bilan bog’liqdir. G’oya va uning ro’yobi natija, 
harakatlar zanjiri, ya’ni bosqichlar mantig’i kundek ravshan. Matematiklar buni algoritm deb 
atashadi. Biz esa, unga hayotimizning har kuni, har soniyasida duch kelamiz. Eng oddiy, eng 
murakkab vaziyatlarda ham, hatto. Ya’ni raqamlar ilmining noyob ixtirochisi, aniq hisob ilmining 
dahosi Muhammad al-Xorazmiy qoldirgan meros kabi bardavom hayotning o’ziga o’xshaydi. 
Dunyoga hisob ilmidan, jug’rofiy bilimlardan, ilmi-nujumdan saboq bergan buyuk qomusiy 
allomalar merosi bilan qariyb ming yillardir-ki faxr-iftixordamiz. Ammo buyuk ajdodning avlodi 
o’laroq biz munosib ishlar qila oldikmi? Ushbu savolga bugun javob topgandekmiz. Buyuklar 
avlodining tafakkur kuchi, ijodiy quvvati hamisha katta bo’lgan. Ilmlar istagida yongan yuraklar 
hamisha ham ko’p bo’lgan. Biroq avvallari imkoniyat va sharoitlar, o’zini ko’rsatish uchun maydon 
yetarli bo’lmagan. Hozir esa yangilanayotgan O’zbekiston taraqqiyotida bamisoli cheksiz ummon 
kabi imkoniyatlar hozir-u nozir. 
Insonni ulug‘laydigan, uning sha'nini ko‘taradigan omillar bu, — asrlar osha yashab 
kelayotgan o'lmas qadriyatlar sanaladi. Ular hayotga mazmun baxsh etadi, ma'naviyatni yuksaltiradi 
va jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shadi. Albatta, davrlar silsilasida qadriyatlar shakli, xillari 
ma'lum bir ma'noda o'zgarib turishi mumkin. Lekin shaklu-shamoyilini ham, mazmun-mohiyati va 
qadr-qimmatini o‘zgartirmaydigan qadriyatlar borki, ular mangulikka daxldordir. Ta‘lim, bilim va 
umuman ilm-fan insoniyat uchun eng zarur qadriyatlar sirasiga kiradi. 
Bilim hech bir boylikka sotib olinmaydigan, faqat o‘rganish, intilish orqasidan keladigan katta 
xazina. Axborot va texnika asrida ta‘lim, ilm-fan taraqqiyoti yanada katta qiymat kasb etmoqda. 
Endilikda bilim, ta'lim qiymati "inson kapitali" atamasi bilan atalib kelinadi. Shu vaqtga qadar 
adabiyotlarda inson kapitali tushunchasi asosan biryoqlama, ya'ni inson kapitali insonning o'ziga 
bevosita keladigan foyda yoki shaxsni ijtimoiy himoyalash imkoniyati sifatida tushinib kelindi. 
Inson birgina insonning o'ziga emas, balki boshqalarga ham naf keltirishi mumkin. Bu esa, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshirilishi zarur.
95
Kelajak avlod vaqtini mazmunli o’tkazishi, hayotning har jabhalarida samaradorlikni 
oshirishi muhim masalalardandir. Ma’lumki, yoshlik inson hayotining poydevoridir. Uning 
mustahkamligi, tog’ri qo’yilganligi hayot yo’li va umr mazmunini belgilab beradi. Uning to’g’ri 
qo’yilishi oz emas, ko’p emas butun bir boshli mamlakat kelajagini ifodalaydi.
Holbuki, vaqtning qadriga yetish hayotiy maqsadga muvofiqdir, bema’ni hayollarga berilish 
esa ko‘p kuchni, vaqtni oladi. Hayotiy maqsadga intilib, doimo uni nazarda tutib yashashga 
o‘rganish esa kishini muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Maktab o‘quvchisida ham, talabada ham, o‘rta 
yoshlilarda ham, keksalarda ham, ishlilarda va ishsizlarda ham vaqt yo‘q. Vaqt qayergadir ketyapti, 
u bilan birga umr ham daryo misoli o‘tmoqda.
96

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish