Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida 
oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qarori. 
https://lex.uz/uz/docs/-3797625
  
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun 
iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan 
kengaytirilgan majlisidagi nutq
i. 
https://kun.uz/uz/95627612
  
3.
Abu 
Ali 
ibn 
Sino. 
Tib 
qonunlari 
https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/ 
34-tibbiyotga-oid-risolalar
  
4.
O’zbekiston 
Respublikasida 
2020 
yilning 
asosiy 
demografik 
ko’rsatkichlari
.
file:///C:/Users/Silvestr/Downloads/13.5%20%20%20%20Nikohdan%20ajralishlar%20
soni+++.pdf
  
5.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-
Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan. 
https://www.gazeta.uz/ 
oz/2019/12/29/divorce/
  
 
 
 
30
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda 
yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan. https://www.gazeta.uz/oz/2019/12/29/divorce/  


72 
TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI. 
 
Abdusattarova Sh. 
O’zMU talabasi

Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, bir tomondan, ma'lumot va 


bilimlarning yanada kengroq qo'llanishiga olib kelsa, boshqa tomondan, bu bolalar dunyosi va kattalar 
dunyosi o'rtasidagi chiziqlarni xiralashishi va bolalikning erta yakuniga olib keladi. Yosh avlodlarning 
ijtimoiylashuviga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan salbiy omillar - ijtimoiy va axborot muhitining yuqori 
tajovuzkorligi, ekstremizm va terrorizm tahdidining dolzarbligi kabi global hodisalar. 
Zamonaviy bolalar va o'spirinlarning rivojlanishidagi yangi ijtimoiy-madaniy vaziyat ta'lim 
tizimini psixologik qo'llab-quvvatlash uchun mutlaqo yangi vazifalarni qo'yadi. Psixologik tarbiya 
xizmatining avvalgi vazifalariga - normal, uyg'un aqliy rivojlanish uchun sharoit yaratish - ta'lim 
muhitining psixologik xavfsizligi, "xavf guruhi" bolalariga psixologik yordam berish, qiyin hayot 
sharoitida bo'lgan bolalarga yordam berish, shoshilinch psixologik yordam tizimini rivojlantirish va 
boshqalar. 
Ta’lim sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri insoniyat manfaati va ta’limning 
ustivorligidadir.
Ta’lim tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har tomonlama garmonik 
kamoloti uchun to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan 
iboratdir. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’yekti maktabgacha yoshdagi bolalar, 
maktab o’quvchilari, maxsus o’quv yurti, oliy maktab, kollej talabalari va ularning ota-onalari bo’lib 
hisoblanadi.
Ta’limga psixologik xizmatning kirib kelishi uning paydo bo’lishi bilan o’zaro uzviy jarayondir. 
Xorij mamalakatlarida psixologik xizmat xususan, AQSh da 1800-yildan boshlab rivojlana boshladi. 
AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalsh muammosini o’rgangan 
eksperemental psixologlar edi. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot “koeffisentini” aniqlash keng 
tarqalib, keyinchalik Gaydens xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bunne bo’lib, bu sohada 1894-yildan boshlab ish 
boshlagan. 1900-yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etildi. 1970-yilda Fransiyada 
psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday 
guruhlar esa maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxasisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800 –
1000 ta o’quvchiga xizmat qiladi. Bular bir maktabda joylashib, bir nechta maktabga xizmat qilishi 
mumkin.
Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat 
psixologik-pedagogik psixologik markazlar shaklida tashkil etilgan. Psixologik xizmatning asosiy 
mazmuni – sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni 
korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir. Birinchi bo’lib 1975-yilda Estoniyada psixologik 
xizmat tashkil etildi. Uning rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo’lib tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun ish 
olib bordilar.
Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo’shgan. 
Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha psixologik xizmat asarlari muallifidir.
Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o’sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy 
o’sishi va axloqiy potensialiga bog’liq bo’ladi. Bu sifatlarni shaklanishi odamlarining maktabgacha 
ta’lim muassalarida tarbiyalanish va maktabda o’qish yillariga to’g’ri keladi. Chunki bu yillar inson 
shaxsi va uning idevidual xususiyatlari bo’lmish temperamenti xarakter qobiliyatlari qiziqishlari va 
hakozolarning shakllanishi uchun eng qulay davr hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham ilgariroq ham xalq 
ta’limi tizimiga qarashli maktabgacha ta’lim muassalari, maktab, kollej, letsey va h.k.larda ta’lim 
tarbiya jarayonlarda sezilarli qiyinchilikga duch kelinar edi. Ayniqsa keyingi davrlarda bu 
muammolarda keskin tus olayotganligi sir emas. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish 
mumkini psixolog xizmatiga muhtojlik bugun yoki kecha paydo bo’lmasdan, ayrim mamlakatlarda 
allaqachonlar hayotga tadbiq etilib yaxshigina rivojlanmoqda. Jumladan, bu kasb AQShda o’tgan XX 


73 
asrning 1960-yillarida paydo bo’lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. 
AQShda 1980-yillarda maktab psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab 
psixologining markaziy vazifalarida biri o’quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali 
baholash hisoblanadi.
31
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va 
garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qishlariga tayanadidlar. Amaliyotchi psixolog o’z 
faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat 
o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam 
ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan 
munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi. 
Ta'limning amaliy psixologiyasi xizmati tarkibiga uchta asosiy blok kiradi: 
I. Amaliy blok: 
- Turli ta'lim muassasalarida ishlaydigan psixologlar; 
- psixologik, pedagogik va tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bolalar uchun muassasalar 
(Markazlar); 
II. Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'limi: 
- oliy o'quv yurtlarining psixologiya fakultetlari; 
- malaka oshirish institutlari. 
III. Ilmiy-uslubiy blok: 
- tadqiqot institutlari 
- universitetlarning ilmiy bo'limlari. 
L. S. Vigotskiy g'oyalari ajablanarli darajada zamonaviy bo'lib, ular bolaning aqliy rivojlanishi 
haqidagi asl nazariy g'oyalarni anglatadi. Uning g'oyalarining samaradorligi psixologlarning turli 
yoshdagi bolalar bilan bevosita amaliy ishlarida isbotlangan. Vigotskiy nazariyasining eng muhim 
tarkibiy qismlari sifatida quyidagi g'oyalar ajralib turadi: 
• bolaning shaxsi va dunyoqarashini bosqichma-bosqich shakllantirish sifatida uning madaniy 
rivojlanishi; 
• treningning yetakchi o'rni va "yaqin rivojlanish zonasi"; 
• "rivojlanishning ijtimoiy holati" bola va atrof-muhit o'rtasidagi har bir yosh munosabatlari 
uchun o'ziga xos xususiyat sifatida. 
L.S.Vigotskiy bola yoshi rivojlanishining umumiy yo'nalishidagi ahamiyatini tushungan: “Yosh 
muammosi nafaqat barcha bolalar psixologiyasi, balki barcha amaliy savollarning kalitidir” (1984, 4-
jild, 260-bet). Aynan u shaxsiyatni rivojlantirishning sezgir davrlari g'oyasini ilgari surgan, yoshga 
bog'liq davriylashtirishni taklif qilgan va u erda har bir yoshning qiymatini batafsil ochib bergan; u 
o'tish davri shaxsiyatining rivojlanishi uchun murakkabligi va ahamiyatini ko'rsatdi, uni inqiroz deb 
atadi; ontogenezning barcha bosqichlarining o'zaro bog'liqligini ta'kidladi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi-shaxsning har tomonlama 
garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan 
iboratdir. 
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi bolalar, 
o’quvchilar, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq 
qilish mumkin. 
Psixologik diagnostika — Ushbu diagnostik ishlar majmuasi o’quvchilarni maktabda o’qitish 
davomida psixologik-pedogogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning 
individual xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyasidagi nuqsonlarning sababini aniqlashga mo’ljallangandir. 
Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda (individual tarzda) o’tkaziladi. 
Bunday tadbirlar quyidagilarda o’z aksini topadi: 
— Yosh davr taraqqiyotining muayyan me’zonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog 
bolalar, o’quvchilarni, psixologik tekshiruvlardan o’tkazadi, kamolot darajalarini belgilaydi; 
31
M.R.Sayilxonova. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari. BMI. 
Navoiy. 2012. 9-b. 


74 
— o’rta umumta’lim va yangi tipdagi (invastion) maxsus maktablar, o’quvchilarini mazkur 
muhitga moslashish hususiyatlarini o’rganish. 
Bolalarni birinchi bosqich ta’limiga qabul qilishda qatnashish, ularni maktab ta’limiga 
psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash. 
O’quvchilarni ta’limning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tkazishning kompleks psixologik-
pedagogik tadqiqotida bevosita qatnashish; 
— Voyaga etmagan o’smirlarning o’z tengqurlari bilan muomalasi xususiyatini tekshirish, 
ularning etnoqyofasi va etnomadaniyati xususiyatini inobatga olgan holda psixofiziologik 
metodikalarni muayyan sharoitga moslashtirish va tadqiqot ishlarini olib borish; 
— Deviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulq — atvor sabablari va ularning shakllarini 
aniqlash; 
— Giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o’o‘irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik 
ildizlarini tekshirish, ularning omillarini tahlil qilish; 
— An’anaviy ta’lim-tarbiya metodlarining yutuo‘i hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, 
innovastion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab ko’rish, o’quvchilarning ularga nisbatan 
munosabatini aniqlash va ana shularga asosan o’qitishni individuallashtirish, tabaqalashtirish bo’yicha 
o’quv-uslubiy ko’rsatmalar tavsiyalar ishlab chiqish; 
— Iqtidorli o’quvchilarni tanlashda ishtirok qilish, hamda psixologik tavsiyalar ishlab chiqish; 
Psixoprofilaktik ishlar 
Umumiy o’rta ta’lim maktablari amliyotchi psixologlari o’qituvchilar bilan hamkorlikda 
psixoprofilaktika yo’nalishidagi ishlari mazmuni quyidagilarda ko’rinadi. 
Psixologik profilaktika — pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik 
taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirish bilan bola shaxsi va 
aqliy taraqqiyotida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oo‘ishlarning o’z vaqtida oldini 
olishga qaratilgan psixologik tadbirlardan iboratdir. 
Jumladan: 
-o’quvchining muayyan sharoitga moslashishi (ko’nikishi)ga oid (adaptastion) ishlarni olib 
borish; 
— Maktabgacha yoshdagi bolalarning boo‘cha sharoitiga moslashishi buning uchun ijtimoiy 
moslashish bilan bog‘liq bo’lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi 
qiyin bolalar bilan va ularning ota-onalari, tarbiyachilari bilan alohida ishlashni tashkil qilish; 
— Ota-onalarga farzandlarining bilimlaridagi uzilishlarni kamaytirish uchun maxsus uslubiy 
yo’l- yo’riq berish; 
-o’quvchining qobilyati, mayli, moyilligi, iqtidori, psixologik fazilatlari va xususiyatlarini 
to’laqonli darajada nomoyon bo’lishini ta’minlash maqsadida ularning aqliy taraqqiyotini aniqlash 
uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish; 
-o’quvchilar bilan o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; 
— o’quvchilar o’rtasida aysh- ishratga, giyohvandlikka, engil turmush kechirishga, kino‘ir yo’l 
bilan boyishga ( chayqovchilik, qizlar orasidagi engil oyoqlikka) ruju qiluvchi shaxslar bilan yakka 
tartibda ishlashni yo’lga ko’yish; 
-Oo‘ir kasalliklarga uchragan o’quvchilar, o’qituvchilar ruhiyatini tetiklashtirish yuzasidan 
tavsiyalar berish; 
-o’z–o’zini boshqarish imkoniyatini o’rta maktab jamoalari a’zolari o’rtasida aniqlash 
(bioritmika, emostiya, motivastiya,iroda, qizikish va diqqatni shaxs tomonidan idora qilinishi nazarda 
tutiladi), tuzatishlar olib borish, buzilishlarni oldini olish;
32
Psixologik ma’rifat va tashviqot — maktabning pedogogik jamoasini, o’quvchilarni va ota–
onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirish 
maqsadida turli mashg‘ulotlar, o’quvlar, ma’ruzalar uyushtirishdan iboratdir. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablari amliyotchi psixologlarini psixologik maorif va tashviqot 
yo’nalishidagi ishlari mazmuni quyidagilarni tashkil qiladi; 
32
http://manzura90.zn.uz/psixologik-xizmat/ 


75 
- O’quvchilar, o’qituvchilar, xodimlar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to’garaklar faolligini 
ko’tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratlarini 
egallash bo’yicha musobaqalar, munozaralar tashkil qilish; 
- O’quvchilar, o’qituvchilar, xodimlar o’rtasida bo’sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik 
bilan foydalanish muammosini ijtimoiy — psixologik nuqtai- nazardan tekshirish va bo’sh vaqtni 
maqsadga muvofiq tashkil qilish yo’llari hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy 
qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish; 
- O’quvchilarning talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, nuqtai nazari, maslagi, 
turmushga nisbatan munosabati to’g‘risida ma’lumotlar to’plash va ularning faolligini oshirish 
yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; 
- Tarbiya va ta’limning yangi metodlari samaradorligini tekshirish va psixologik tahlil qilish; 
-Xalq ta’limi tizimining barcha bo’g‘inlari va bosqichlarida ma’ruza o’qish, ota–onalar 
yio‘ilishida, metod birlashma kengashlarida ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning 
psixologik madaniyatini oshirishga erishish; 
Psixologik korreksiya — psixologik xizmatning mazkur yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va 
individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o’tkazishni taqoza qiladi. 
Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar dasturi, o’z ichiga psixologik va pedogogik 
muammolarni qamrab oladi. 
Korrekstion faoliyatning psixologik qismi mutaxasislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur 
ishning pedogogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o’tkaziladi va 
butun ma’suliyat uning zimmasiga tushadi. 
— Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar psixolog tomonidan har-xil shakllarda, 
vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi; 
— Bunda amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim bolalar, o’quvchilar bilan alohida 
o’tkazilishi rejalashtiriladi. 
— Psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, o’quvchilar 
guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan bo’ladi, 
— Bu kabi ishlarni ota-onalar, pedogogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida olib 
borish nazarda tutiladi, 
— Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korrekston 
ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo’nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat 
xususiyatlari o’z aksini topsin.
33
Korrekstion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi 
shart. 
Bunda emostional zo’riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual tipologik 
xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak. 
Tuzatish ishlari mashg‘ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo’lishi ta’sir o’tkazish 
samaradorligini oshiradi. Unda yapon uslublarini qo’llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni 
yo’qotish imkoniyatini yaratadi. 
Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa – bu bolalar, 
o’quvchilar o’sishida (rivojlanishida) kechikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta’limda 
o’zlashtirishning yomonlashuvi bo’lib hisoblanadi. 
Psixologik maslahat (konsultatstiya) – bunda o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilarga shaxsiy, 
kasbiy va hayotiy muammolarini hal etishga yordam beriladi, ularni o’z psixologik salomatliligini 
muhofaza qilishga o’rgatiladi. 
Psixologik maslahat individual, guruhiy tarzda o’tkaziladi, profilaktik va korrekstion xarakterga 
ega bo’ladi. 
Bu jarayonda psixolog quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: 
-Shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilarga keng ko’lamda maslahatlar 
berish; 
33
http://manzura90.zn.uz/psixologik-xizmat/ 


76 
-Bolalar, o’quvchilar, va ta’lim tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan 
ma’muriyat, o’qituvchilar murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari 
hodimlariga aniq maslahatlar berish; 
-Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, odamlarning 
o’zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan 
ilmiy amaliy ma’lumotlar berish;
34
-o’quvchilar, xodimlar, muallimlar o’rtasida sodir bo’luvchi har hil nizolarning psixologik 
ildizini o’rganish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib 
chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulotdagi vaziyatlarni engillashtirish va ularni tamoman 
bartaraf qilish yo’llari yuzasidan maslahatlar berish; 
Kasb-hunarga yo’naltirish — o’quvchilarni layoqati, qiziqishi va qobiliyatlariga mos kasb-
hunarlarni ongli tanlashga tayyorlashdan iborat tadbirlar majmuasidir. Mazkur yo’nalishlarning uzviy 
va uzluksiz bog‘liqligi psixologik xizmat mazmunining yahlitliligini ta’minlaydi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablari amaliyotchi psixologlarni kasb-hunarga yo’naltirish 
yo’nalishidagi ishlari mazmuni quyidagilar; 
Yangi tipdagi maktablarga, o’rta maxsus va kasb-hunar kollejlariga o’quvchilarni tanlash 
mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to’g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatiga 
molik konsultativ ishlarni olib borish, yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlik va layoqatlilik 
darajasi aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashadi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish