Фойдаланилган адабиётлар:
1. Д.М.Юлдашева. Болалар фольклорида креол (уйғун) матннинг ифодаланиши. -
Молодой ученый, 2020 - elibrary.ru
2. Юлдашева Д.М.Использование зоонимов в колыбельной песне - «Алла», как аспект
этнолингвистики. Актуальные проблемы гуманитарных и …, 2013 - elibrary.ru
3. 3. Юлдашева Д.М. Синтактик такрорларнинг бадиий-эстетик имкониятлари. –Молодой
учённый. 2019-еlibrary.ru.
HUSAYN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQ-ODOBGA OID QARASHLARI VA
ULARNING AHAMIYATI
Axatova D.А.
Navoiy davlat pedagogika institut dotsenti, p.f.n.
Axatova X.А.
Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi
munosabati bilan tabrik nutqida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessans bo’lishi lozimligini
ta’kidlab, uchinchi Renessansga erishishni strategik vazifa etib qo’ydi.
Bungacha biz tariximizda ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX-XII asrlar,
ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi-XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan
Farg’oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Mahmud
Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar — Buxoriy, Termiziy hamda boshqa atoqli
dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi.
Ikkinchi Renessansda — Ulug’bek, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi,
Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk me’morlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun
ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar.
150
Ma’naviy merosimiz tarixida katta iz qoldirgan alloma, ikkinchi Renessansning yirik
vakilllaridan biri Husayn Voiz Koshifiydir.
U 1440 – 1505 yillarda yashab ijod qilgan. Koshifiy
Sabzavor shahrida tug‘iladi. Kamoliddin Husayn - allomaning ism-sharifi, voiz (notiq) - laqabi,
Koshifiy (kashf qilmoq, yaratmoq) - adabiy taxallusidir. U falsafa, axloq, tilshunoslik,
adabiyotshunoslik, geologiya, tarix, kimyo va boshqalarga oid 200 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan.
Ulardan "Axloqi Karim", "Anvari Suxayliy", "Javohirnoma", "Sonlar haqida risola", "Iskandar
oynasi", "Xotamtoy haqida risola" hamda odob - axloq haqidagi qarashlar ifodalangan "Axloqi
Muhsiniy" va "Futuvvatnomai sultoniy" asarlaridir.
Uning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar hozirgi kunimiz uchun ham o’ta dolzarb hisoblanadi.
Shuning uchun Koshifiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini keng o’rganish va yoshlar
o’rtasida targ‘ib qilish, ularning ongiga komil insonga xos bo’lgan eng muhim axloqiy fazilatlarni
singdirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
O’rta asrlarda voizlik san’at hisoblanardi, ulkan maydonlar, masjid va madrasalarning
sahnalarida odamlar yig’ilishib, donishmand allomalar, ulamo va ruhoniylarning va’zlarini
tinglaganlar. Voiz Koshifiy va’zlarini ham ming-minglab odamlar tinglaganlar. Va’z va nasihatda
Koshifiyning oldiga tushadigan bo’lmagan. Shuning uchun unga “voiz” (va’z aytuvchi) degan laqab-
unvon berilgan. U juda ko’p hikoya va rivoyatlarni, hadislarni, Qur’n suralarini yoddan bilgan.
Husayn Voiz Koshifiy Xirot madrasalarida talabalarga ta’lim-tarbiya bergan, Xuroson
shaharlarida axloq-odobdan va’z aytgan. Koshifiy o‘z asarlarida ijtimoiy-axloqiy hayot, ma’naviyat
masalalariga katta o‘rin ajratadi, siyosat, davlatni boshqarish, shoh bilan fuqarolar o‘rtasidagi
munosabat, jamoani idora etish, yetuk insonni tarbiyalash muammolari uning ijodida katta o‘rin
egallaydi.
Koshifiyning odob-axloq haqidagi qarashlari ifodalangan "Axloqi Muhsiniy" (“Yaxshi xulqlar”
yoki “Muhsinning axloqi”) asari ingliz, nemis, o’zbek, turk tillariga tarjima qilingan. Mazkur asar
sulton Husayn mirzoning o’g’li, temuriy shahzoda, Marv hukmdori Abdumuxsin mirzoga
bag’ishlangan.
Asar 40 bobdan iborat bo‘lib, boshlang‘ich boblarda ibodat, duo, ixlos kabi tushunchalar
mazmuni, keyingilarida podshoh va yuksak martabali davlat arboblarining vazifalari, axloq-odabiga
oid fikrlar bayon etilgan. Asarda inson kamolotida ta’lim - tarbiya va bilimning o‘rni ko‘rsatiladi,
komil insonga xos eng zarur xislatlar ta’riflanadi. Adib bolani tarbiyasi haqida ota - ona va
muallimlarga muhim ko‘rsatmalar beradi. Muallimlar oldiga dono, bilimli, shirinsuxan va adolatli
bo‘lish talabini qo‘yadi.
U ilmga yuksak baho berishi bilan birga uning jamiyat rivojidagi o‘rnini ham ko‘rsatadi. Asarda
inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi. Aqlni haqiqat sifatida ta’riflab, inson o’zining
faoliyatini aql yordamida amalga oshiradi, deydi. U ilm boylik va dunyo orttirish uchun emas, balki
hayot kechirish uchun zarurdir, chunki ilm — doimiy, mol-dunyo o’tkinchi deb tushuntiradi. Uning
fikricha haqiqiy dono, bilimdon kishilar o’tkinchi narsalarga e’tibor bermaydilar. Demak, Koshifiy
ilmni amaliyot bilan bog’lab tushuntiradi. Koshifiy har bir ishning muvaffaqiyatini bilimlarni amalda
qo’llanishi bilan belgilagan. Bunda u inson aqlini faoliyatning asosi sifatida talqin etib, o’z navbatida
bu faoliyat yangi bilimlarning paydo bo’lishiga asos bo’ladi, deydi va bu fikri bilan ancha ilgarilab
ketadi.
Asarda aql bilan faoliyatning o’zaro aloqasi haqida gapirar ekan, barcha kishilar aqlga ehtiyoj
sezadi, aql esa amaliy faoliyatga ehtiyoj sezadi. Harakat, faoliyat aqlning ko’zgusi sanaladi. Aql
yordamida insoniyat tajribasi, ma’naviy qadriyatlar yig’ilib boradi va kelgusi avlodlarga yetkaziladi»
deb ta’kidlaydi. Koshifiy shuning uchun ham avvalo ilm-fan, olimlarning jamiyatdagi o’rniga katta
baho beradi, ustozlarning qadriga yetish zarurligini uqtiradi. Ikkinchidan, ustozga hurmat odoblilik
namunasi sifatida ham qaraladi.
Xusayn Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqliy qobiliyatini o’stirish
mumkin, deb bilimning insonni shakllantirish mezoni sifatida talqin etadi.
U ilgari surgan axloqiy tushunchalar: yaxshilik va adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat
kabilarni ta’riflab, xar birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ularning
tarkibiy qismlarigacha ajratib, ularni ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi. Shu bilan birga asosiy
151
mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U axloqiylikning asosiy mezonlari deb: insoniylik, adolatlilik, sof
insoniy munosabatlarni biladi. Bularga teskari bo’lgan hatti-harakatlar: yolg‘onchilik, chaqimchilik,
g’araz, xasad, baxillik, pastkashlik, g’iybatchilikni qoralab, ulardan qutulish yo’llarini ham bayon
etadi.
U o’ttizdan ortiq ijtimoiy-axloqiy talablarni bayon etadi. Bu talablar mazmunida jamiyat
a’zolarida sabr-toqat, hayo, pokizalik, sobitqadamlik, kechirimlilik, saxiylik va saxovat, tavoze’
(kamtarlik), rostgo’ilik, shijoat, xushyorlik, farosat kabi insoniy fazilatlarning namoyon etilishi
borasidagi ijtimoiy ehtiyoj o‘z idfodasini topgan.
Husayin Voiz Koshifiy axloqiy g’oyalarni markazida komil inson va uning sifatlari turadi.
Koshifiyshunos R.Mahmudovning fikricha Koshifiy: «Komil inson» konsepsiyasini yanada
rivojlantirdi, ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiyani axloqni aosiy vositasi deb bildi hamda o’z axloqiy
ta’limotida mukammal inson sifatlarini ishlab chiqdi, ular:
1. Xayrli ishlarda odamlar bilan ziddiyatga bormaslik (elga teskari ish qilmaslik).
2. His tuyg’u va ehtiroslarga berilmaslik (nafsni tiyish).
3. O’zgalar aybini ochsmaslik.
4. Birovlarni baxtsizligiga hamdard bo’la olish.
5. Agar aybdor o’z aybiga iqror bo’lsa, uni avf etish.
6. Muxtojlarga yordam ko’rsatish (saxiylik).
7. Kishilar to’g’risida g’amho’rlik qilish (o’zgalara uchun mashaqqat tortish).
8. O’z nuqsonlarini ko’ra bilish.
9. Xulq-odobli bo’lish.
10. Xushmuomalali bo’lish kabi.
"Axloqi Muhsiniy"da yuqorida tilga olingan barcha axloqiy sifatlarga ta’riflar beriladi va
ularning mohiyati hadislar, mutafakkirlar asarlaridan oingan hikoyatlar bilan yoritib berilganyu
Masalan: «Sabrning ma’nosi haq taolodin kelgan baloga toqat qilmoq va ango o’zni to’xtatmoq
bo’lur»; «Hayoning ma’nisi yomon ish qilmoqdin uyalmoqlik bo’lur» kabi.
Koshifiy rostgo’ylikni muhim axloqiy fazilat deb tushunadi. Rostgo’ylik barcha insonlarda
bo’lishi zarur, u kishini baxtga yetaklovchi vosita deb biladi. Rostgo’ylar bo’lg’usi tongla uqubatdin
xalos. Jahd qilg’il umrung ichra to ulardin bo’lg’onsen. Rostgo’ylik insonning axloqiy hatti-harakatini
namoyon qiladi. Rostgo’ylik, ko’ngil ochiqlikni, dangalchilikni ko’rsatadi. Rostgo’ylikni Koshifiy bor
haqiqatni ayta olish, o’z qadr-qimmatini to’g’ri tushunish, nuqsonlarni to’g’ri ko’rsata olish, ehtiyoj
tufayli yuzaga kelgan axloqiy fazilat deb biladi. Shuning uchun ham rostgo’y odam tong kabi
beg’uborligini ta’kidlaydi.
Mutafakkir barcha kishilarni rostgo’y bo’lishiga chaqirib, bu insondagi eng muhim xislat,
axloqiy qoida ekanligini uqtiradi.
«Axloqi Muxsiniy»ning o’ttizinchi bobini shijoatga bag’ishlangan. «Shijoat fazilatlarning
onasidir, ya’ni ulug’ va yoqimli xislatlardandir”. Shijoat-botirlik, jasorat, yuraklilik ma’nolarini
anglatadi. Shijoatli odamni hamma o’ziga do’st sanaydi. Bu fazilat eng qiyin (ano), mashaqqatli
fazilatlardan biridir:
Kerak bizga shjoat birla shuhrat,
Ki aningdin kishi tobyoy sharofat.
Er uldurkim o’zin mashhur etgay,
Ki shuhrat topilib jon ketsa etgay.
Mutafakkir shijoatga dovyuraklik, kamtarlik, donolik, chidamlilik kabi xususiyatlarni ham
kiritadi. Shijoat ham insonparvarlik asosida bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Koshifiy axloqiy qarashlarida komil insonga xos bo’lgan barcha xislatlarni o’zida ifodalagan
ilm-ma’rifatli, xaqiqatparvar, adolatli, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashuvchi oliyjanob inson
qiyofasi namoyon bo’ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning ma’naviy davrasida
bo’lgan XV asr Xuroson va Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan hamda o‘z
asarlari bilan so‘nggi avlodlarga katta ta’sir ko‘rsatgan mashhur allomalardan bo‘lib tarixda qoldi. U
152
qomusiy ijodi bilan o‘z davri ma’naviy yuksalishi yo‘lida faol xizmat qildi va nafaqat Markaziy Osiyo,
balki bugun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Xusayn Voiz Koshifiyning asarlarini o’rganish yoshlarda bilimlarni chuqur egallash, ularning
ma’naviyatini shakllantirish, insonparvarlik munosabatlarini rivojlantirish, salbiy holatlarga murosasiz
bo’lish, o’rab turgan muhitga, odamlarga hurmat bilan qarash, hayotiy faolligini oshirish bilan birga
insonparvarlik vazifalarni hal etish imkoniyatini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |