Manuel de français Ikkinchi chet tili



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/297
Sana20.04.2022
Hajmi3,64 Mb.
#566028
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   297
Bog'liq
Manuel Исматов Сарвар

Olmosh (le pronom) 
Olmosh mustaqil ma’noli so`zlar – ot, sifat, son, ravish kabi shaxs, predmet, 
belgi yoki miqdor bildirmay, ular o`rnida almashinib qo`llanuvchi, ularga ishora 
qiluvchi, ularning o`rinbosari hisoblanuvchi so`z turkumidir. Olmoshlar ot o`rnida 
ba’zan esa butun bir gap o`rnida keladi. Masalan, Tu m’as dit cette nouvelle – sen 
menga bu yangilikni aytting. Bu gapda tu olmoshi tinglovchini – so`zlavchi murojaat 
qilayotgan suhbatdoshni ko`rsatadi. Ton frère est entré à l’université de Tachkent. Je 
le sais. 
Olmoshlar konkret ma’no bilan umum-mavhum (abstrakt) ma’noning 
almashinib qo’llanishini xarakterlovchi so`zlardir. Demak, olmoshlar predmet, shaxs, 
belgi yoki miqdorni u yoki bu munosabatga kirishgan holda ifodalaydi. Olmoshning 
konkret ma’nosi konkret, situatsiya, nutq jarayonida ishtirok etuvchilarning 
munosabatiga qarab aniqlik kasb etadi. 
Ko`pgina olmoshlarning mustaqil so`z turkumlari orasida ekvivalenti-prototini 
bo`ladi, ba’zi olmoshlarning prototipi yo’q. masalan, qui, quel, moi, toi kabi 
olmoshlarni biror ot yoki sifat bilan almashtirib bo`lmaydi. 
Fransuz tilida olmoshlar o`zlarining anglatgan ma’nolariga ko`ra quyidagi 
turlarga bo`linadi:
1.
Kishilik olmoshlari (pronoms personnels) 
2.
O`zlik olmoshlari (pronoms réfléchis) 
3.
Ko`rsatish olmoshlari (pronoms démonstratifs) 
4.
Egalik olmoshlari (pronoms possessifs) 
5.
Noaqniq olmoshlari (pronoms indéfini) 
6.
So`roq olmoshlari (pronoms interrogatifs) 
7.
Nisbiy olmoshlar (pronoms relatifs) 
«Y» va «en» ravishli olmoshlari
 (Les pronoms adverbiaux «Y» et «en») 
«
Y
» va «
en
»olmoshlari bajargan funksiyalariga ko`ra, ravishlik va 
olmoshlik xususiyatlariga ega. Ravish bo’lib qo`llanganda «
y
» olmoshi – u yerda, - u 
yerga deb, «en» olmoshi esa – u yerdan deb tarjima qilinadi. Masalan, nous allons à 
l’école. Y allez-vous? Mes amis sont à l’institut. Chokir y est aussi. Mon pére est 
à Boukhara. Il en reviendra dans une semaine.


~ 89 ~ 
«
Y
» va «
en
» so`zlari ravishli olmoshlar deb nomlangan. «Y» olmoshi «a» 
predlogi bilan kelgan ot oldida qo`llanadi. Masalan, Pense-t-elle à ses examens ? Oui, 
elle y pense. Ton ami consent-il à ta proposition ? Oui, il y consent. «Y» olmoshi 
faqat predmetni ifodolovchi, ot o`rnida qo`llanadi. Shaxsni ifodalovchi ot o`rnida esa 
mustaqil kishilik olmoshlari qo`llanadi. Masalan, Pense-t-il à ses parents ? Oui il 
pense à eux. A-t-il dédié cet articl à son camarade ? Oui, il a dédié cet article à lui. 
Ba’zan «y» olmoshi butun bir gap o`rnida ishlatilishi ham mumkin. Bu 
holda «y» olmoshi «a cela» so`ziga mos keladi. Masalan, Il faut répéter tout avant 
l’examen. Nous y avons déjà pensé. (j’ai pensé à cela ma’nosida). 
«A» predlogini talab qiladigan fe’llarni esda tuting : 
consacrer à qch. 
- ... biror narsaga bag`ishlamoq 
consentir à ...
- ko`nmoq 
penser à ... 
- ... to`g`risida o`ylamoq 
réfléchir à ...
- ... haqida o`ylamoq 
répondre à ...
- javob bermoq 
songer à ...
- o`ylamoq, o`yga botmoq 
s’intéresser à ... 
- qiziqmoq, havas qilmoq 
s’habituer à ...
- odatlanmoq 
prendre part à ... 
- qatnashmoq, ishtirok etmoq 
se préparer à ... 
- tayyorlanmoq, hozirlik ko`rmoq. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish