bunday bo'linishi Ukrainada kamida uchta sababga ko'ra muhim muammo tug'diradi.
421
Birinchidan, u hukumat ichida vazirlar va mahalliy hokimiyat rahbarlari o'rtasida
ziddiyatlarning davom etadigan holatni yuzaga chiqaradi. Ikkinchidan, prezident kam
ovoz oladigan hududlarda o'zi tayinlagan mahalliy amaldorlar bilan bog'liq korruptsiya
holatlariga uncha e'tibor bermasligi mumkin. Buni tushungan ushbu hududlardagi
saylovchilarning aksariyati prezidentga qarshi bo'lishi mantiqqa to'g'ri keladi. Shu
sababli bu vaziyat Ukrainadagi prezident siyosatining hududiy qutblanishining
muntazam oshishiga sabab bo'lmoqda.
Uchinchidan, mahalliy hukumatning prezident tomonidan nazorat qilinishi
saylovchilarning mahalliy hokimiyatda yangi istiqbolli milliy liderlarni aniqlash
qobiliyatini pasaytiradi. Muvaffaqiyatli demokratik mamlakatlarning ko'pchiligida
saylangan mahalliy hokimiyat vakillari milliy rahbar sifatida kuchli nomzod
ekanliklarini mahalliy homikiyatda sifatli xizmatlari orqali isbotlashlari mumkin.
Ammo Ukraina prezidenti mahalliy hokimiyat rahbarlarini tayinlab, vazifasidan ozod
qila olgani uchun, u ushbu vakolatdan unga qarshi kuchli raqobatchi nomzod bo'lishi
mumkin bo'lgan mahalliy liderlarni lavozimidan bo'shatishda foydalanishi mumkin.
Demak, Ukrainada yarim-prezidentlik tizimi demokratik raqobatni zaiflashtirishga
moyil.
Hozir Ukraina jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashishga o'zining bor kuchini
sarflashga tayyor milliy liderga muhtoj. Agar prezident va bosh vazirning ikkalasi
hokimiyatning katta qism amaldorlarini tayinlash huquqiga ega bo'lsa, ularning
ikkalasi ham yirik korruptsiya bilan bog'liq janjallardan isnodda qolishi mumkin. Agar
Ukraina xalqi jamiyatning barcha jabhalarida korruptsiyani fosh qilishga o'zini to'liq
bag'ishlagan prezidentni xohlasa, unda prezident davlat mulozimlarini tayinlash
huquqidan butunlay ozod qilinishi lozim. Bu haqiqiy parlament tizimiga o'tishga kuchli
asos bo'lib, u hukumat amaldorlarini to'liq Oliy Radaga, viloyat va tumanlardagi
mahalliy amaldorlarni esa tegishli viloyat yoki tuman kengashlariga bo'ysundiradi.
Ukraina uchun Avstriya yaxshi namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin. Avstriya
prezidenti xalq tomonidan saylanadi, lekin uning hukumatni nazorat qilish vakolati
juda cheklangan. Hukumat uchun bevosita mas'uliyatdan ozod qilingan Avstriya
prezidentlari jamiyat manfaatlarining faol himoyachilariga aylandilar. Natijada,
422
avstriyalik prezidentlar tezda mashhur bo'lib, ular odatda ko'pchilik ovoz bilan qayta
saylanadilar (hattoki prezident partiyasi boshqa saylovlarda uncha yaxshi natijalarga
erishmasa ham).
Prezident vakolatlarini cheklash va mahalliy boshqarishni detsentralizatsiya
qilish bo'yicha yuqorida keltirilgan asoslar Ukraina saylov tizimini isloh qilishga bog'liq
emas. Shunga qaramasdan, ba'zilar Oliy Radada proportsional vakillik orqali
ajratiladigan o'rinlar sonini 50 foizdan 100 foizgacha oshirish maqsadida saylov
tizimini isloh qilishni ilgari surdilar. Agar yagona ovozli saylov uchastkalari bekor
qilinsa, hududlar bo'yicha partiya nomzodlaridan qaysi biriga ovoz berish uchun
saylovchilarga imkoniyat yaratuvchi ochiq partiya ro'yxatlarini tuzish muhim bo'ladi.
Agar parlamentda 20 va undan ko'proq vakillarga ega yirik saylov uchastkalarida
proportsional vakillik tizimi joriy qilinsa, unda Oliy Radada hukumat ko'pchiligini
shakllantira oluvchi har qanday partiyalar koalitsiyasi har bir saylov uchastkasidan
hech bo'lmasa birorta nomzodni qo'shishga harakar qilardi. Ya'ni, saylov tizimidagi
islohotlar Ukraina hududiy tarqoqligini kamaytirishga ham yordam berishi mumkin.
Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish masalasi faqat Ukraina fuqarolari
tomonidan demokratik yo'l bilan hal qilinishi kerak. Amaldagi saylangan mamlakat
rahbarlari vakolatlarini cheklashga qaratilgan har qanday o'zgarishlarga qarshi
chiqishlari tabiiy. Shu sababli jamiyatning jiddiy talablarisiz konstitutsiyaviy islohotlar
kamdan-kam muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy islohotlarga bo'lgan
bunday qarshiliklarning mavjudligi har doim ham salbiy holat emas, chunki hukumat
barqarorligi muhimdir. Shuning uchun konstitutsiyalar faqat jiddiy ehtiyoj bo'lganda
o'zgartirilishi kerak. Ushbu maqolaning maqsadi Ukraina xalqiga konstitutsiyaviy
islohotlar bilan bog'liq masalalarga jiddiy e'tibor berish vaqti kelganligini ko'rsatishdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: