ELEMENT 2.6
Agar daromadlarining kattaroq qismi o'zlarida qolsa, odamlar ko'proq ishlab
chiqaradilar.
113
to'lovchining marjinal soliq stavkasi 25 foizni tashkil qilgan. Marjinal soliq stavkasi
Ruminiyada 16 foizga, Polshada 32 foizga (agar soliq to'lovchining daromadi 20 000
yevrodan oshsa), Frantsiyada 45 foizga (152 260 yevrodan yuqori daromad qismiga)
teng.
Marjinal soliq stavkasi oshishi bilan odamlarda ular ixtiyorida qoladigan
qo'shimcha daromad ulushi kamayadi. Masalan, marjinal soliq stavkasi 25 foiz
bo'lganda, odamlar qo'shimcha 100 yevro daromaddan 75 yevrosini o'zlarida
qoldirishlari mumkin. Biroq, marjinal soliq stavkasi 40 foizga ko'tarilsa, soliq to'lovchi
100 yevro qo'shimcha daromaddan bor-yo'g'i 60 yevrosini o'zida qoldiradi.
Yuqori marjinal soliq stavkasi mahsulot ishlab chiqarish hajmini va daromadni
kamaytirishiga uch sabab mavjud. Birinchidan, yuqori marjinal soliq stavkasi ishlashga
rag'batni kamaytirib, mehnat unumdorligini pasaytiradi. Agar marjinal soliq stavkasi
55 yoki 60 foizgacha ko'tarilib ketsa, aholida qo'shimcha daromadning yarmidan kami
qo'ladi. Agar aholi ishlab topgan daromadlarining ko'proq qismi ular ixtiyorida
qolmasa, ular ko'p daromad topishga harakat qilmaydi. Ba'zilar, masalan, turmush
o'rtog'i ishlaydigan shaxslar, ishchi kuchi safidan chiqib ketadi. Boshqalar esa
shunchaki ish soatini kamaytiradi, pensiyaga tezroq chiqadi, ta'tili uzunroq yoki
qulayroq manzilda joylashgan ishda ishlaydilar. Undan tashqari, ishsiz odamlar ish
tanlashda talabchanroq bo'ladi, odamlar ishga joylashish yoki kattaroq ish haqi uchun
boshqa joyga ko'chishni rad etadi yoki istiqbolli, lekin riskli biznes faoliyatini
boshlashni unutadi. Yuqori soliq stavkalari hatto mamlakatning eng unumdor
fuqarolarini soliqlar pastroq bo'lgan mamlakatlarga ko'chishiga olib kelishi mumkin.
Bunday migratsiya ish kuchi hajmini va unumdorligini pasaytirib, ishlab chiqarishning
kamayishiga sabab bo'ladi.
Video:
Portugaliya nol stavka soliq taklifi bilan pensionerlar uchun
jannatmakon joyga aylanishga umid qilyapti
114
Shubhasiz, marjinal soliq stavkasining ko'tarilishiga javoban odamlarning ko'pi
darhol ishdan bo'shamaydi yoki kamroq g'ayrat bilan ishlamaydi. Ma'lum bir sohani
o'rganish uchun yillar sarflagan shaxs, ishlashni davom etishi va hatto ga'yrat bilan
ishlashi mumkin, ayniqsa, agar u hayotining eng yuqori daromadli yillarida bo'lsa.
Biroq, yuqori marjinal soliq stavkasi maxsus ko'nikmalar olish uchun hali qimmatli
investitsiya qilib ulgurmagan ko'plab yoshlarni shunday qilishdan qaytaradi. Demak,
yuqori soliq stavkasining ishlashga bo'lgan ba'zi salbiy oqibatlari kelajakda ko'p yillar
davomida unumdorlikning pasayishi shaklida yuzaga chiqadi.
Yuqori soliq stavkalari ba'zi ishchilar ular unumsizroq bo'lgan faoliyatlarga
o'tishiga sabab bo'ladi, chunki bu faoliyatlarda ular soliq to'lashi kerak bo'lmaydi.
Masalan, yuqori soliqlar malakali bo'yoqchilarning narxini oshirib yuboradi va shu
sababli sizda unumli ishlash uchun tajriba bo'lmasa ham, uyingizni o'zingiz
bo'yashingizga to'g'ri kelishi mumkin. Yuqori bo'lmagan soliq stavkasida malakali
bo'yoqchi qurbingiz yetadigan narxda ishni bajarishi, siz esa vaqtingizni unumli
faoliyatga bag'ishlashingiz mumkin bo'ladi. Soliq tufayli o'zgargan rag'batlar behuda
isrofgarchilikka va iqtisodiy samarasizlikka olib keladi.
Ikkinchidan, yuqori marjinal soliq stavkasi ham kapital shakllanishi darajasini,
ham uning unumdorligini pasaytiradi. Yuqori soliq stavkalari xorijiy
investitsiyalarga
(?)
to'sqinlik qiladi, mahalliy investorlar esa soliqlar va ishlab
chiqarish xarajatlari pastroq bo'lgan mamlakatlarda investitsiya loyihalarini izlashiga
sabab bo'ladi. Bu iqtisodiy o'sish uchun zarur investitsiya hajmini va ishlab chiqarish
asbob-uskunalari mavjudligini kamaytiradi. Mahalliy investorlar joriy daromadlarni
soliqlardan himoya qiluvchi loyihalarni tanlaydi hamda rentabellik darajasi
(?)
yuqori,
lekin soliqdan qochish imkoniyatlari kam loyihalardan uzoqda turadi. Bu kabi soliq
boshpanalari resurslar qiymatini oshirmaydigan loyihalardan shaxsiy manfaat yo'lida
foydalanishga imkoniyat yaratadi. Yana bir bor, taqchil kapital bekorga sarflanadi,
resurslar esa eng unumli faoliyatdan olinib, unumsiz faoliyatlarga yo'naltiriladi.
Uchinchidan, yuqori marjinal soliq stavkasi shaxslarni soliqqa imtiyozli
(?)
bo'lmagan, lekin iste'molchi istagan xususiyatlarga ega bo'lgan mahsulotlar o'rniga,
soliq nuqtai nazaridan imtiyozli bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilishga rag'batlantiradi.
115
Agar xaridlar soliq imtiyoziga ega bo'lsa, xaridorlar ularning jami bahosini to'lamaydi,
chunki ushbu xaridlar xaridorlar aks holda to'lashi kerak bo'lgan soliqlarni
kamaytiradi. Marjinal soliq stavkasi yuqori bo'lganda, soliq imityozi berilgan xaridlar
nisbatan arzonlashadi.
Ushbu nuqtai nazarga 1970-yillarda Britaniyada ishlab chiqarilgan «Rolls-
Royce» lyuks avtomobillari savdosi yaqqol misol bo'ladi. O'sha davrda Buyuk
Britaniyada yuqori daromad uchun marjinal daromad soliq stavkasi 98 foizgacha
yetgan. Ushbu soliq stavkasini to'lovchi tadbirkor mashina sotib olsa, uni biznes xarajati
sifatida soliqdan chegirishi mumkin edi. Shunday ekan, nega u ekzotik, qimmatroq
mashina sotib olmasin? Xarid avtomobil egasining foydasini avtomobil narxiga teng
miqdorga — deylik, 100 ming funt sterlingga — kamaytirar edi — aks holda, unda
foydasidan atigi 2 ming funt sterling qolar edi xolos, chunki 98 foizlik marjinal soliq
stavkasida 100 ming funt sterlingdan 2 ming funt sterling qoladi. Aslida, avtomobil
bahosining 98 foizini davlat to'ladi (soliq daromadini yo'qotish orqali). Buyuk Britaniya
marjinal soliq stavkasini 70 foizgacha pasaytirganda, «Rolls-Royce» avtomobillari
savdosi keskin qisqardi. Soliq stavkasi pasaytirilgandan so'ng, 100 ming funtlik
avtomobil tadbirkorga endi 2 ming funtga emas, balki 30 ming funtga tushar edi.
Marjinal soliq stavkasining pasaytirilishi badavlat Britaniyaliklar uchun «Rolls- Royce»
avtomobillari bahosini qimmatlashtirdi va ular ushbu avtomobil xaridlarini kamaytirdi.
Yuqori marjinal soliq stavkalari soliq imtiyozi mavjud yoki biznes xarajatlari deb
qarash mumkin bo'lgan tovarlar uchun shaxsiy xarajatlarni sun'iy ravishda
qisqartiradi, lekin jamiyat xarajatlarini qisqartirmaydi. Kutilganidek, yuqori marjinal
soliq stavkasiga duch kelgan soliq to'lovchilar soliq imtiyoziga ega narsalarga, xususan,
serhasham idoralarga, Gavayi orolida biznes konferentsiyalariga, korporativ
bayramlarga va korxona mashinalariga ko'proq pul sarflaydilar. Soliq imtiyozi bo'lgan
bu kabi xarajatlar ularning soliqlarini pasaytirgani uchun odamlar odatda to'liq narxini
to'laganda xarid qilmaydigan narsalarni sotib oladilar. Yuqori marjinal soliq stavkalari
va ular natijasida yuzaga keladigan noto'g'ri rag'batlar isrofgarchilik va samarasizlik
kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
116
Soliq stavkalarini, ayniqsa, yuqori stavkalarni pasaytirish odatda daromad
topishga va resurslardan samarali foydalanishga bo'lgan rag'batni oshiradi. 2005–2008-
yillarda Gruziya hukumati soliq qonunchiligiga tub o'zgartirishlar kiritdi. 2004-yilda
amal qilgan 21 turdagi soliq stavkalari 2005-yilga 6 tagacha kamaytirildi. 2009-yildan
boshlab, ijtimoiy soliqni bekor qilish va shaxsiy daromad
(?)
solig'ini joriy etish orqali
jami soliqlar (daromad solig'i va ijtimoiy soliq birgalikda) pasaytirildi. Marjinal
daromad solig'i 32 foizdan 20 foizgacha pasaytirildi.
Yuqorida muhokama qilingan salbiy rag'batlar tufayli ko'p iqtisodchilar «qat'iy
soliq stavkasi»ni tavsiya qiladi. Unga ko'ra, ma'lum minimal summadan oshgan barcha
daromadga bir xil marjinal soliq stavkasi qo'llaniladi. Agar soliqqa tortilmaydigan
minimal daromad yetarlicha yuqori belgilansa, oilalarning daromadi ko'payishi bilan
haqiqatda to'langan soliqning daromaddagi ulushi oshishi mumkin. Ko'p sobiq
kommunist mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Gruziya, Slovakiya va Serbiya «qat'iy soliq
stavkasi»ga o'tishda peshqadamlik qildilar. Kutilganidek, tadqiqotlarga ko'ra, bunday
siyosat qora bozor yoki xufiyona iqtisodiyot deb ataluvchi norasmiy iqtisodiy faoliyat
ulushini kamaytiradi.
Soliqlarni katta miqdorda oshirish esa, aksincha, iqtisodiyot uchun halokatli
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qo'shma Shtatlarining Buyuk depressiya davridagi
soliq siyosati bunga yaqqol misol bo'ladi. 1932-yilda federal byudjet defitsitini
kamaytirish maqsadida Guver respublikachilar ma'muriyati demokratlar
boshchiligidagi Kongress bilan hamkorlikda Qo'shma Shtatlari tarixida tinchlik
davridagi eng katta soliq stavkalarini oshirish bo'yicha qarorni qabul qildi. Shaxsiy
daromadga eng past marjinal soliq stavkasi 1,5 foizdan 4 foizgacha oshirildi.
Daromadning tepa shkalasida esa, eng yuqori marjinal soliq stavkasi 25 foizdan 63
foizgacha oshirilgan edi. Umuman olganda, jismoniy shaxslar uchun daromad solig'i bir
yilda ikki barobardan ko'proqqa ko'tarildi! Soliqning bu darajada katta oshirilishi uy-
xo'jaliklarining soliq to'lashdan keyin qolgan daromadlarini kamaytirdi va daromad
ishlab topishga, iste'mol qilishga, jamg'arishga hamda investitsiya qilishga rag'batni
pasaytirdi. Buning oqibatlari halokatli yakunlandi. 1932-yilda real ishlab chiqarish
117
hajmi 13 foizga qisqarib, bu Buyuk depressiya davridagi eng katta yillik qisqarish edi.
Ishsizlik darajasi 1931-yilda 15,9 foizdan 1932-yilda 23,6 foizgacha ko'tarildi.
Atigi to'rt yildan so'ng, Ruzvelt ma'muriyati soliqlarni yana oshirdi va 1936-yilda
eng yuqori marjinal stavka 79 foizni tashkil qildi. Demak, 1930-yillarning ikkinchi
yarmida yuqori daromadli aholi uchun har bir qo'shimcha dollar daromaddan bor-yo'g'i
21 tsenti ular ixtiyorida qolar edi. (Izoh: Prezidentlikka nomzod Ruzveltning ushbu
element boshida keltirilgan so'zlarini uning prezidentlik davridagi soliq siyosati bilan
solishtirish juda qiziq.) Buyuk depressiyaning jiddiyligi va davomiyligiga boshqa
omillar, jumladan, pul massasining keskin qisqarishi va tarif stavkalarining katta
miqdorda oshirilishi hissa qo'shdi. Shunisi aniqki, ham Guver, ham Ruzvelt
ma'muriyatlari davrida soliqlarning oshirilishi Amerika tarixining ushbu musibatli
sahifasida katta rol o'ynagan.
Yuqori marjinal soliq stavkasining salbiy rag'batlantiruvchi ta'sirlari nafaqat
yuqori daromadli aholi uchun muammo yaratdi. Nisbatan kam daromadli ko'p odamlar
ham qo'shimcha soliq to'lash bilan birga daromad darajasiga bog'liq transfert
manfaatlarini yo'qotishlari sababli bilvosita yuqori marjinal soliq stavkasiga duch
keladilar. Misol uchun, jismoniy shaxsning daromadi 20 000 yevrodan 30 000 yevroga
oshib, natijada, daromad va ish haqidan olinadigan soliq qo'shimcha daromadning 30
foizini tashkil etadi, deb faraz qiling. Undan tashqari, daromadning bu kabi oshishi
tufayli jismoniy shaxs amaldagi ijtimoiy himoya dasturidan 5000 yevrolik manfaatdan
ayriladi. Demak, ushbu shaxs 80 foizga teng bilvosita marjinal soliq stavkasiga duch
keladi! Ushbu raqamning 30 foizi yuqori soliq majburiyatidan va yana 50 foizi
yo'qotilgan transfert to'lovidan iborat.
Bunday vaziyatda qo'shimcha 10 000 yevro daromad ishlab topuvchi shaxslarda
uning atigi 20 foizi ular ixtiyorida qoladi. Shunisi ravshanki, bu ularning ishlab
daromad topishlariga rag'batni ancha pasaytirib, daromad pog'onasida tepaga
ko'tarilishlarini qiyinlashtiradi. Biz bu masalaga 3-bob, 8-elementda transfert to'lovlari
bo'yicha dasturlarning qashshoqlik darajasiga ta'sirini tahlil qilganda yana qaytamiz.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, yuqori soliq
stavkalari, jumladan, transfert manfaatlarini yo'qotishni aks ettiruvchi bilvosita soliq
118
stavkalari, ishlab chiqarish faoliyatini qisqartiradi, bandlik va investitsiyaga to'sqinlik
qiladi hamda resurslardan isrofgarchilik bilan foydalanishga olib keladi. Ular
rivojlanishga va daromadlarning o'sishiga g'ovdir. Undan tashqari, iqtisodiy turg'unlik
davrida soliq stavkalarining keskin oshirilishi iqtisodiyotda halokatli oqibatlarga olib
kelishi mumkin.
Video:
Soliq islohoti iqtisodiyoti: Ponchik do'konidan saboqlar
Albatta, past soliq stavkalari soliq to'lanmaydi degani emas. Quyida 3-bobda
muhokama qilinganidek, bozorlar yetkazishi qiyin bo'lgan ba'zi mahsulot va
xizmatlarni davlat tomonidan ta'minlashga qonuniy asoslar mavjud. Rag'batlar va
kutilmagan oqibatlar ta'siri inobatga olingandan keyin halq soliqlar va davlat
xarajatlarini daromad taqsimoti uchun ishlatilishini hal qilishga ham erkin. Nihoyat, 3-
bobda ham muhokama qilinganidek, iqtisodchilarning ko'pi soliqlar va davlat
xarajatining (fiskal siyosat deb nomlanadi) iqtisodiy faoliyatdagi tabiiy
o'zgaruvchanligini kamaytirishda ahamiyati borligiga ishonadilar.
Albatta, soliqlarning salbiy oqibatlari soliq uchun yig'ilgan mablag' miqdori
ta'siridan kattaroq (ayniqsa, agar ushbu mablag'lar unumdorlikni oshiradigan jamiyat
investitsiyasi uchun ishlatilsa). Yuqori soliq yuki korxonalarni qora bozorda ishlab
chiqarishga rag'batlantirsa ham, ular soliq organlari nazariga tushish ehtimolini
kamaytirish uchun unumdorligi past bo'lgan kichik korxona bo'lib qolishga moyil.
Buning ustiga, soliq tizimi qanchalik keng ko'lamli va murakkab bo'lsa, korxonalar
soliqni to'lash uchun shuncha ko'p vaqt va mablag' sarflaydilar.
Murakkab masalalar bo'yicha indeks yaratish doimo qiyin va natijalari
munozarali bo'lsa ham, «Biznesni yuritish qulayligi» indeksining (unda ham soliq
stavkalari, hamda uning murakkabligi inobatga olingan) bir qismi sifatida Jahon
bankining hisoblagan soliq yuklari reytingi intuitiv nuqtai nazaridan to'g'riga
o'xshaydi
(39)
. 2019-yilda soliq tizimi eng qulay bo'lgan davlatlar qatoriga, kutilgandek,
119
Gongkong
(40)
, Singapur, Yangi Zellandiya, Irlandiya va Finlandiya (va ne daromari
tufayli korxona solig'i deyarli yo'q bo'lgan Fors ko'rfazidagi ba'zi kichik davlatlar)
kiradi. Ko'rsatkichi eng past bo'lganlarga ham, kutilgandek, Venesuela, Somali,
Boliviya, Chad va Markaziy Afrika Respublikasi kiradi. Post-kommunist davlatlar
ichida soliq tizimi eng qulay bo'lganlar qatoriga Estoniya (12-o'rinda), Gruziya (14),
Latviya (16) va Litva(18) kiradi. O'rtaxol o'tish davri mamlakati 67-o'rinda, ya'ni taqlid
qilishga loyiq bo'lmagan Gretsiya qatorida turadi. Agar post-kommunist davlatlar soliq
yuklarini Baltika yetakchilari va Gruziya darajalarigacha pasaytira olsalar, ularning
o'sish darajalari ko'tarilishi aniq.
120
Do'stlaringiz bilan baham: |