Mantik ilmining predmeti, asosiy konunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida


Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar



Download 63,08 Kb.
bet17/23
Sana26.06.2022
Hajmi63,08 Kb.
#707210
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
3-mavzu g'arb falsafasi (11)

Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar
Obyektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi uchun ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o’zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo’lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo’lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «paxtakor» va «dehqon» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada bo’lgan, ko’p hollarda moddiy yoki ideal bo’lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo’lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «ideal gaz» va «go’zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy munosabatlar o’rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydigan bo’ladi.
Sig’ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to’laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o’rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo’ysunish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat azmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
«I.A. Karimov», «O’zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi tuzilma yordamida ko’rsatish mumkin:
A
AB
– I.A. Karimov. .
V – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti. A.V

Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:


A – Sportchi.
V – Talaba.

Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtning o’zida ham sportchi, ham talaba bo’lganlarni bildiradi.


B o’ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to’liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:

A
A – Fan.

B
V – Mantiq.
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo’ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) bo’ysunuvchi bo’lib, ular jins-tur munosabatida bo’ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy xarakterga ega. Har bir tushuncha o’zidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy g’oya, g’oya, fikr tushunchalari o’rtasida quyidagi nisbat mavjud: «g’oya» tushunchasi «fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «milliy g’oya» tushunchasiga nisbatan jins bo’ladi.
Sig’ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo’lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o’rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo’ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo’ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o’rtasida mavjuddir:

A


A
– Fan.
V – Mantiq.
S
B

C
– Fizika.
Bunda «mantiq» va «fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «fan» tushunchasining hajmiga bo’ysunadi.
Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan tushunchaning hajmini to’liq egallay olmaydi. Masalan, «baland bo’yli odam» va «past bo’yli odam» tushunchalari «odam» tushunchasining hajmini to’liq qoplay olmaydi.
A – Odam.
V
B

C
– Baland bo’yli odam. A
S – Past bo’yli odam.

Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo’lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o’laroq, bo’ysundiruvchi tushunchaning hajmini to’liq qoplaydi. Masalan:


A – Odam.
V
В

В эмас
– E’tiqodli odam.
S – E’tiqodsiz odam. A
Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni o’rnatish ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog’lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o’tishga yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari o’rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.



Download 63,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish