chuchityapman. (T.Murod). 3.U yozlik kiyimini kiyib, to‘ppa-to‘g‘ri birinchi klass nomerga bordi va o‘zi uchun ajratilgan kichkinagina chigiling (bejirim) va soz uyiga o‘rnashdi. (Cho‘lpon). 4.Tok osti so‘ri olachalpoq ko‘laga bo‘ldi. (T.Murod)
Muayyan sheva tarqalgan hududda yashovchi kishilarning o‘zlariga xos bo‘lgan urf-odatlarining nomlari etnografik dialektizmlar deb yuritiladi. Bunday so‘zlar tasvirning realligini ta’minlaydi: U eshikdan kirar – kirmas to‘y to‘qqizini xotiniga uzatib: - Qizing qani? – deya so‘radi.(Cho‘lpon) Biror so‘z adabiy tilda ham, shevada ham mavjud bo‘lib, shevada adabiy tilda bo‘lmagan ma’nosi bilan qo‘llana oladigan so‘zlar semantik dialektizmlar deb yuritiladi. Masalan, Men buvimdan (onamdan – M.Y.) beruxsat mehmon chaqirmayman. (Cho‘lpon) Grammatik dialektizmlarning ham morfologik va sintaktik deb ataluvchi ichki guruhlari mavjudligini qayd etish mumkin. Masalan: Qurvonbibi bu haqiqatni o‘zi-o‘z ko‘nglida necha marta takrorlagan bo‘lsaykin. Bilamiz, taqsir, yangi uylangan odamdi gapga tutib bo‘lmaydi.
Shevaga xoslik iboralarda ham mavjud bo‘lib badiiy matn qahramonlarining ma’lum bir hududga mansubligini va voqea-hodisalar bo‘lib o‘tayotgan o‘rinni ta’kidlashga xizmat qiladi. Masalan, Tog‘ay Murod asarlarida Surxondaryo shevasiga xos frazeologizmlar ko‘p qo‘llanilgan: Eson xizmatkorni bolasi Botir qo‘shchi tumandan aynib keldi. Xolilatib-xolilatib oyoq ildi. SHahodat barmog‘ini boshi uzra nish etdi.
Chet va haqorat so‘zlari nima maqsadda badiiy matnga olib kiriladi?
Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o‘zga tilga oid so‘z va iboralar qo‘llanishi kuzatiladi. Tilning lug‘at tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og‘zaki nutqda mavjud bo‘lgan bunday chet so‘zlaridan badiiy nutqda qahramon xarakteri, milliy mansubligi va ichki dunyosi tasvirida hamda voqea-hodisaga xorijga xoslik ta’kidini berish maqsadida ishlatiladi. SHuningdek, voqealar bo‘lib o‘tayotgan o‘ringa ishora qilish yoki nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi haqida ma’lumot berish istagi bilan ham kiritilishi mumkin. Bunday birliklar varvarizm (ayrim adabiyotlarda ekzotizm)lar deb yuritiladi. Masalan, quyidagi parchada tatar millatiga mansub Fatxullin ismli amaldor nutqida keltirilgan varvarizmlar qahramon xarakterini to‘liq ochib berishga xizmat qilgan:- O‘xu, tolkoviy malay shul. Bundan otlichniy kommunist chiqa. Ul partiya uchun atisidan kechdi. Dinsiz ekanini dokazat etish uchun kolbasa yib kursatdi. Buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Tolko patriot kommunistgina kolbasani shulay eyishi mumkin. Bravo, bravo! (S.Ahmad)
Tilshunoslikda vulgarizmlar deb ataluvchi haqorat so‘zlarida o‘ta salbiy munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq ko‘rinib turgan bo‘ladi. Bunday so‘zlar ko‘proq nominativ ma’nolariga ko‘ra emas, ayni shu konnotativ ma’nolariga ko‘ra nutqda yashaydi. Haqorat so‘zlari badiiy asarlarda asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, mavqei, yoshi kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va nima sababdan qo‘llanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Misollar: –Hey! Baqqa tush, enag‘ar!, Momo qo-oldi... YUraging sovudimi, haromi? Endi yaylov keng bo‘ldi senga! Bog‘da javlon urasan, silkasal! (Sh.Xolmirzayev) - Ahmoq! – dedi kampir. – Qayoqlarda sanqib yurganding? (S.Ahmad) – Nima, nima? Menga til tegizdi? Nimalar deydi xotintaloq? (Cho‘lpon) -O‘bbo, bachchataloq... (A.Qodiriy). G‘animat g‘arniki, deydilar, -dedi Botir firqa. (T.Murod)
Barqaror birikmalar deb nimaga aytiladi?
«Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi.»10 Iboralar, maqol-matallar va hikmatli so‘zlar barqaror birikmalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |